Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   165
Bog'liq
Etiket

 
Uy. 
O‘zbek xalqida “O‘z uyim, o‘lan to‘shagim!” degan maqol bejiz emas, 
albatta,.  Butun  umrimizni  yashash  joymizni  chiroyli  va  qulay  qilishga  intilamiz. 


114 
 
Shuning  uchun  ishlaymiz,  tejaymiz.  Zero  o‘zbek  xalqi  mehmondo‘st  xalq.  Birov 
kelasa,  uyat  bo‘lmasin  qabilida  tirishib-tirmashadi.  Chunki  uyga  kelgan  mehmon 
mezbonning  uy  tutishidan  uning  kimligini  bilib  oladi.  Ammo  eng  katta  muammo 
uyga kelin kelganda boshlanadi. O‘zining hayot tarzi va tartib-qoidalari bilan kelar 
ekan,  bu  bilan  bevosita  paydo  bo‘lgan  mayda  ziddiyatlar,  tushunmovchiliklarni 
chetlab o‘tish juda qiyin. 
Xo‘sh qanday qilib bu masalani hal qilish mumkin? 
Buning  uchun,  avvalambor,  uyning  o‘zi  toza  va  batartib  bo‘lishi  lozim. 
Barcha  narsalarning  o‘z  joyida  turishi  va  hamma  bu  tartibga  amal  qilishi  lozim. 
Ertalab  har  joyda  yoyilib  yotgan  narsalar  kayfiyatni  ko‘tarmasligini  o‘zingiz  ham 
yaxshi bilasiz. Yaxshi osilmagan yoki taxlanmagan ko‘ylak er-xotini asabini buzsa, 
joyiga  qo‘yilmagan  narsalar  qaynona-qaynotani  sizdan  norozi  bo‘lishiga  sabab 
bo‘lishi mumkin. 
Uydagi tartib faqat ayolga bog‘liqmi? 
Ham  to‘g‘ri  ham  noto‘g‘ri.  Qadimdan  erkak  oilasini  boqish  uchun 
ko‘chaga chiqar, ayol esa – uyga, bolalar tarbiyasi bilan shug’ullanar edi. Hozirgi 
davrga  kelib  esa

  Halol  oila  ro‘zg‘orini  tebratish  uchun  bir  erkakning  ishlashi 
yetarli  emas.  Talablar  o‘zgargan.  Hozirda  bir  farzandning  o‘zini  kelajagini  qurish 
uchun faqat to‘qqiz yillik o‘qishnining o‘zi yetarli emas.  
Uyimizning  ichki  ko‘rinishi,  tabiiyki  bizning  odatimiz  va  didimizga 
bog‘liq. Asosiysi, biz va oila a’zolarimiz o‘zini qulay va shinam joyda his qilishni 
ko‘zda tutish lozim. Shunga qaramay, siz e’tiborga oladigan bir qancha  masalalar 
bor.  Aytaylik,  uyni  narsalar  bilan  to‘ldirib  tashlab,  uni  magazinga  o‘xshatib 
qo‘ymaslik lozim. 
Uyni  yasatish  va  saranjomlashda  derazalarga  alohida  e’tibor  berish  kerak. 
Hohishga  qarab  ular  orqali  xonani  kengaytirish  yoki,  aksincha,  kichraytirish 
mumkin.  Derazalarni  jonli  rasmga  aylantirish  mumkin.  Yoki  ularni  musavvirlik 
bilan drapirovka bilan berkitish mumkin... Har qanday holatda ham derazalar sizni 
butun olam bilan  bog‘lab tursin  va  uyga  imkoni boricha ko‘proq toza  havo kiritib 
turish kerak.  
Agar  farzandlar  bo‘lsa  (ayniqsa,  go‘daklar),  bolalar  yashayotgan  joyda 
mebel  jihozlari  va  uyning  umumiy  saranjomligi,  kichik  odamchalarning  erkin 
harakatlanishi  va  tabiiy  o‘sishiga  halaqit  bermasligi  lozim.  Diqqat  qiling:  agar  siz 
bolalarga haddan ziyod tanbeh berayotgan bo‘lsangiz, (Tegma! Chiqma! Yugurma! 
va  h.k.)  aybdor  bola  emas,  mebel  joylashuvining  uquvsizligi  (yoki  sizning 
qobiliyatsizligingizdir).  Har  qanday  uyda  asosiysi  har  holda  narsa  emas  (qanday 
qiymatga  ega  bo‘lishidan  qat’i  nazar)  –  inson.  Shu  bilan  birga  o‘zingiz, 
yaqinlaringiz,  qariyalaringiz,  farzandlaringiz  ham.  Buni  yoddan  chiqarmaslik 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tanishlarni  uyni  boylik  va  qimmatli  jihozlar  bilan  to‘ldirib  hayratga 
solishga  intilmagan  ma’qul.  Qimmatbaho  va  zamonaviy  jihozlar  uyda  doimo 
shinamlikni yaratmaydi. Ba’zida buning aksi bo‘lishi ham mumkin. 
Boshqa  tomondan  esa,  uyni  eski  narsalar  bilan  to‘ldirib  tashlamaslik  ham 
lozim.  Ayniqsa,  agar  ulardan  anchandan  beri  foydalanilmayotgan  bo‘lsa.  Hech 


115 
 
bo‘lmaganda  bir  yilda  bir  marotaba  uyni  eski  kerakmas  narsalardan  bo‘shatib 
turish maqsadga muvofiq. 
Oshxona, vannaxona va hojatxonani alohida tozalikda saqlash lozim. 
Har  qanday  uyni  gullar  go‘zallashtiradi.  Ayniqsa,  yangi  uzilgan,  chiroyli 
tanlangan  guldastalar,  quruq  o‘t  va  gullar  majmuasi,  turli  xonadon  gullari  bo‘lsa 
nur  ustiga  a’lo  nur.  Bu  yerda  hayolotingizning  imkoniyatlari  cheksizdir.  Ammo 
gullar  boshqa  barcha  narsalar  kabi  uyda  ozodalik,  e’tibor  va  parvarishni  talab 
qiladi.  Faqatgina  ulardan  haqiqiy  xayolot  va  san’at  asari  darajasiga  ko‘tarila 
oladiganigina xonangizni yasatishi mumkin. Lekin oshirib yubormaslik ham joiz. 
Uy hayvonlari – akvarium baliqlari, mushuk, qushlar va h.k. – nafaqat uyni 
o‘zgartirib  yuboradi,  iliqlik  va  jon  bag‘ishlaydi,  balki  o‘ziga  xos  tarzda  uyga  oro 
beradi  (gullar  kabi).  Ammo  jonzotlar  bo‘lgan  uyda  yoqimsiz  hidlarning  bo‘lishi 
yomondir.  Uy  hayvonlari  va  uning  egalarining  doimiy  ifloslik  va  betartiblikda 
bo‘lishi undan ham yomonroq.  
Ko‘pchilik  erkaklar  ayollar  “yaxshi  pul  topa  boshlasalar”  oila 
boshqaruvining  o‘z  qo‘llariga  oladilar  degan  hadik  mavjud.  Bo‘lmagan  gap.  Bu 
erkakka  bog‘liq.  Mamlakatimizda  ayol  kishining  daromadi  qanchaligidan  qat’i 
nazar  uning  buromadi  bilan  erkak  shug‘ullanadi.  Boshliq  ham-u.  Lekin  bu  degan 
ayolning  ishga  “sho‘ng‘ib”  ketishi  degani  emas.  Ayolning  ishi  oilaga  halaqit 
bermasligi  lozim.  Bolalarni  ozoda  bo‘lishi,  batartib  ish  yuritishi,  munosabatlar  – 
bularni  rivojlantirishning  barchasi  ayolning  zimmasida.  Erkaklar  esa  “ishlab 
keldim”  deb,  faqat  shoir  iborasi  bilan  aytganda  “tirik  hamyon”  vazifasini  o‘tashi 
yaxshi  emas.  Bu  ayolni  ham  jismonan,  ham  ruhan  toliqtiradi.  Uydagi  og‘ir  ishlar, 
bozor-o‘char  ko‘proq  erkakning  zimmasida.  Agar  bunga  imkon  topa  olmasa,  ayol 
uchun  sharoit  yaratib  berish  lozim.  Texnik  masalalarda  –  issiq  va  sovuq  suv, 
ayolga yordamchi mashinalar – go‘sht maydalagich, kir yuvadigan mashina va h.k. 
Zero  ular  ketadigan  vaqt  hamda  mehnatni  tejaydi.  Ammo  ularning  yo‘qligi 
ozodalik  va  tartiblilikning  bo‘lmasligi  degani  emas.  Har  qanday  sharoitda 
yashayotgan ayolning  uyiga kirib borgan kishi  uning sharoitiga emas, uy tutishiga 
baho  beradi.  Barcha  narsalar  va  shroit  mavjud  bo‘lgan  uydan  ko‘ra,  kichkina 
xonalar  bo‘lsa  ham  odmigina  sharoitsiz  uy  ham  chiroyliroq  ko‘rinish  kasb  etishi 
mumkin. Shu sababdan, ba’zida uyingizga kirgan mehmonlar “uyingiz shinamgina 
ekan

a?!”  deyishlari  bejiz  emas.  Ammo  faqat  “Odamlarning  ko‘ziga”  uyni  tutish 
yaxshi  emas.  U  yerda  siz  yashaysiz.  Hurmat,  avvalambor,  o‘zidan  boshlanadi. 
Avvalambor, o‘ziga va oilasiga qulaylik tug‘dirgan odamdan oqil odam yo‘q. 
Batartib  oilada  yashagan  bola  ham  ozoda  bo‘ladi.  U  ota-onasidan  qanday 
qilib kelishuv asosida oila boshqarishni o‘rganadi.  

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish