V. Jabrlanuvchilarning mol-mulkiga zarar yetkazilganda sug‘urta to‘lovi miqdorini aniqlash
39. Jabrlanuvchining mol-mulkiga zarar yetkazilganda sug‘urta to‘lovi sug‘urta pulining 35
foizidan oshishi mumkin emas.
40. Mol-mulkka zarar yetkazilganda jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi)
shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini zarar yetkazilishi holatlarini aniqlash va o‘rni
qoplanishi lozim bo‘lgan zararning miqdorini belgilash maqsadida sug‘urtalovchiga ko‘zdan
kechirish va mustaqil ekspertizani (baholashni) tashkil etish uchun o‘z tashabbusi bilan yoki
sug‘urtalovchining so‘roviga binoan taqdim qilishi shart.
41. Jabrlanuvchi (uning merosxo‘rlari yoki huquqiy vorislari) yozma ravishda murojaat etgan
kundan e’tiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda, agar ular o‘rtasida yozma shaklda
boshqa muddat kelishilmagan bo‘lsa, sug‘urtalovchi shikastlangan mol-mulkni yoki uning
qoldiqlarini ko‘zdan kechirishi va uning mustaqil ekspertizasini (baholanishini) tashkil etishi
shart.
Sug‘urtalovchi jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) bilan, sug‘urtalovchining,
ekspertning ish jadvalini hisobga olgan holda, ko‘zdan kechirish vaqti va joyini va (yoki)
shikastlangan mol-mulkni mustaqil ekspertizadan (baholashdan) o‘tkazadigan tashkilotni
hamda ushbu bandning
birinchi xatboshida
ko‘rsatilgan shikastlangan mol-mulkni ko‘zdan
kechirishni o‘tkazish muddatini kelishib olishi, jabrlanuvchi (uning merosxo‘rlari yoki huquqiy
vorislari) esa sug‘urtalovchi bilan kelishilgan vaqtda shikastlangan mol-mulkni ko‘rsatishi shart.
42. Agar shikastlanishlarning xususiyati yoki shikastlangan mol-mulkning yoxud uning
qoldiqlarining o‘ziga xos xususiyatlari mol-mulkni sug‘urtalovchi va (yoki) ekspert joylashgan
yerda ko‘zdan kechirish hamda mustaqil ekspertizani (baholashni) tashkil etish uchun taqdim
etilishini istisno etsa (transport vositasining yo‘l harakatida ishtirok etishini istisno etadigan
tarzda shikastlanganligi va boshqa hollarda), ko‘zdan kechirish va mustaqil ekspertiza (baholash)
shikastlangan mol-mulk yoki uning qoldiqlari turgan yerda ushbu Qoidalar 41-bandi
birinchi
xatboshida
ko‘rsatilgan muddatda o‘tkaziladi.
43. Agar jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) tomonidan taqdim etilgan
shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ko‘zdan kechirish va mustaqil ekspertizadan
(baholashdan) o‘tkazish sug‘urta hodisasi mavjudligini va majburiy sug‘urta shartnomasi
bo‘yicha o‘rni qoplanishi kerak bo‘lgan zararlar miqdorini haqqoniy aniqlash imkonini bermasa,
sug‘urtalovchi ko‘rsatib o‘tilgan holatlarni aniqlash uchun sug‘urta qilinuvchining foydalanish
vaqtida jabrlanuvchiga zarar yetkazilgan transport vositasini ko‘zdan kechirishga va (yoki) ushbu
transport vositasiga yoki uning qoldiqlariga nisbatan takroriy mustaqil ekspertiza (baholash)
tashkil etishga haqlidir. Sug‘urta qildiruvchi ushbu transport vositasini yoki uning qoldiqlarini
sug‘urtalovchining talabiga ko‘ra majburiy sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan tartibda
taqdim etishi shart.
44. Agar sug‘urtalovchi shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ushbu
Qoidalarning 41-bandi
birinchi xatboshida
belgilangan muddatda ko‘zdan kechirmagan va (yoki)
mustaqil ekspertizasini (baholanishini) tashkil etmagan bo‘lsa, u holda jabrlanuvchi (uning
merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi) shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini
sug‘urtalovchiga ko‘zdan kechirish uchun taqdim etmagan holda shunday ekspertiza (baholash)
tashkil etilishi uchun mustaqil tarzda yozma shaklda murojaat qilishga haqli. Bu holda
sug‘urtalovchi mustaqil ekspertiza (baholash) natijalari yuzasidan nizolashishga haqli emas.
45. Bir nechta jabrlanuvchilarning mol-mulkiga zarar yetkazilganda har bir
jabrlanuvchining (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisining sug‘urta qoplovchi miqdori har bir
jabrlanuvchining mol-mulkiga yetkazilgan zarur darajasiga mutanosib ravishda, ushbu
Qoidalarning
39-bandida
belgilangan summa doirasida aniqlanadi.
46. Agar shikastlangan mol-mulkni yoxud uning qoldiqlarini ko‘zdan kechirish va mustaqil
ekspertiza qilishga (baholashga) qadar ushbu modda talablariga muvofiq amalga oshirilgan shu
mol-mulkni ta’mirlash yoki uning qoldiqlarini utilizatsiya qilish sug‘urta hodisasining
mavjudligini va majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan
zararlarning miqdorini to‘g‘ri aniqlash imkonini bermasa, sug‘urtalovchi jabrlanuvchiga (uning
merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) sug‘urta to‘lovini yoki uning bir qismini to‘lashni rad etishga
haqli.
Oldingi
tahrirga qarang.
47. Sug‘urta to‘lovi amalga oshirilishiga asos bo‘lgan mustaqil ekspertiza (baholash) hamda
haydovchilarning mastlik holatini tekshiruvdan o‘tkazish qiymati majburiy sug‘urta shartnomasi
bo‘yicha sug‘urtalovchi tomonidan o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan zararlar tarkibiga kiritiladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-sentabrdagi 609-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2021-y., 09/21/609/0916-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |