Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy


IV. Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda shaxslarning harakatlari



Download 433,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/59
Sana25.01.2022
Hajmi433,47 Kb.
#409169
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59
Bog'liq
141-сон 24.06.2008. “Transport vositalari egalarining fuqarolik

IV. Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda shaxslarning harakatlari

34.  Jabrlanuvchilarga  zarar  yetkazilishiga  olib  kelgan  yo‘l-transport  hodisasi  ishtirokchisi

bo‘lgan  sug‘urta  qildiruvchi  (fuqarolik  javobgarligi  majburiy  sug‘urta  shartnomasi  bo‘yicha

sug‘urtalangan  boshqa  shaxs)  mazkur  hodisaning  boshqa  ishtirokchilari  talabiga  ko‘ra  ularga

ushbu  transport  vositasi  egalarining  fuqarolik  javobgarligi  sug‘urtalangan  majburiy  sug‘urta

shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilishi shart.

Sug‘urta  qildiruvchi  (fuqarolik  javobgarligi  majburiy  sug‘urta  shartnomasi  bo‘yicha

sug‘urtalangan boshqa shaxs) yoki uning vakolatli vakili sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda:

jabrlanuvchiga  (uning  merosxo‘rlariga  yoki  huquqiy  vorislariga)  yo‘l-transport  hodisasi

kunidan boshlab uch kalendar kundan kechiktirmay sug‘urta polisining nusxasini topshirishi;




davlat  yo‘l  harakati  xavfsizligi  xizmati  xodimlarining  yetib  kelishini  kutishi,  imkoni  boricha

yo‘l-transport hodisasi guvohlarining familiyasi va manzilini yozib olishi;

darhol,  yo‘l-transport  hodisasidan  keyin  72  soatdan  kechiktirmay,  sodir  bo‘lgan  hodisa

haqida  ushbu  Qoidalarga 

6-ilovaga

  muvofiq  yozma  shaklda,  sug‘urta  polisining  nusxasini  ilova

qilgan  holda  sug‘urtalovchiga  (uning  filialiga)  yo‘l-transport  hodisasi  sodir  bo‘lgan  joydagi  va

transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga bildirishi

kerak.  Bildirishnomada  hodisaning  xususiyati,  sodir  bo‘lgan  payti,  ko‘rilishi  taxmin  qilingan

zararning miqdori, yo‘l-transport hodisasiga aloqador barcha shaxslarning, shu jumladan taxmin

qilingan  da’vogarlarning  nomlari  va  manzillariga  taalluqli  axborot  imkon  qadar  to‘liq  hajmda,

shuningdek  sug‘urta  qildiruvchi  hodisa  haqida  ilk  marotaba  qay  tarzda  xabardor  bo‘lganligi  va

sug‘urta  qildiruvchining  nega  hodisani  talabnoma  bildirishga  sabab  bo‘lishi  mumkin  deb

hisoblashiga oid tafsilotlar majburiy tartibda ko‘rsatilishi kerak;

sug‘urtalovchiga  sug‘urta  hodisasi  munosabati  bilan  unga  nisbatan  qo‘yilayotgan  barcha

talablar  yoki  unga  qarshi  boshlangan  sud  muhokamasi  to‘g‘risida  darhol  xabar  qilishi,  zarar

yetkazilishi holatlari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni va vakolatli organlardan olingan, sug‘urta

hodisasining  sabablari  hamda  oqibatlarini,  zararning  xususiyati  va  miqdorini  belgilash  uchun

zarur bo‘lgan hujjatlarni sug‘urtalovchiga taqdim etishi;

zararning  oldini  olish  va  (yoki)  kamaytirish  yuzasidan  mumkin  bo‘lgan  barcha  choralarni

ko‘rishi kerak.

35.  Sug‘urtalovchi  (uning  filiali)  xodimlari  yo‘l-transport  hodisasi  holatlarini  va  sug‘urta

qildiruvchi yoki jabrlanuvchining xabariga ko‘ra yetkazilgan zararni aniqlash uchun yo‘l-transport

hodisasi  to‘g‘risidagi  hujjatlarni  rasmiylashtirishda  qatnashishlari  mumkin.  O‘zining  sug‘urta

to‘lovi huquqidan foydalanish niyatida bo‘lgan jabrlanuvchi (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisi)

sug‘urtalovchiga o‘z hayotiga, sog‘lig‘iga va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar o‘rnini sug‘urta

puli doirasida qoplash to‘g‘risidagi talab bilan yozma arizani jo‘natishi shart.

Oldingi

 tahrirga qarang.

36.  Jabrlanuvchi  sug‘urta  to‘lovi  to‘g‘risidagi  arizani  sug‘urtalovchiga  yoki  uning  filialiga

yuboradi.

(36-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2019-yil  16-martdagi  222-sonli 

qarori

tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  16.03.2019-y.,  09/19/222/2772-son  —  2019-yil  17-

iyundan kuchga kiradi)

Oldingi

 tahrirga qarang.

37.  Jabrlanuvchi  yoki  uning  merosxo‘ri  (agar  jabrlanuvchining  ahvoli  mustaqil  ravishda

murojaat  qilishga  imkon  bermasa,  qarindoshlari  yoki  boshqa  vakolatli  vakillar)  yoxud  uning

huquqiy  vorisi  sug‘urta  to‘lovi  to‘g‘risidagi  talab  ko‘rsatilgan  arizani  quyidagilarning  asli  yoki

nusxalari ilova qilingan holda sug‘urtalovchiga yoki uning filialiga yuboradi:

(37-bandning  birinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2019-yil  16-

martdagi  222-sonli 

qarori 

tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  16.03.2019-y.,

09/19/222/2772-son — 2019-yil 17-iyundan kuchga kiradi)

sug‘urta polisi (agar bo‘lsa);

zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yo‘l-transport hodisasi

to‘g‘risidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasasi ma’lumotnomasi yoxud hayotga yoki sog‘liqqa

zarar  yetkazilganligini  tasdiqlovchi  boshqa  hujjatlar,  o‘lim  haqidagi  dalolatnoma  yoxud

guvohnoma);

mol-mulkka  zarar  yetkazilganligi  faktini  va  zarar  miqdorini  tasdiqlovchi  hujjatlar  (tijorat

dalolatnomalari,  yuk  xatlari,  asosiy  vositalar  daftaridan  ko‘chirmalar,  to‘lov  hujjatlari,  xizmatlar

ko‘rsatish  va  ishlar  bajarish  uchun  tuzilgan  shartnomalar,  mol-mulkni  mustaqil  baholash

dalolatnomalari va boshqa shu kabilar);

jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

meros  huquqini  yoki  huquqiy  vorislikni  olganliklarini,  shuningdek  merosxo‘rlarning

shaxsini yoki huquqiy vorislarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar

sug‘urta  tovoni  jabrlanuvchining  merosxo‘rlariga  yoxud  huquqiy  vorislariga  to‘lanishi  kerak

bo‘lsa).



38.  Agar  jabrlanuvchi  ayni  bir  vaqtda  sug‘urta  qildiruvchi  (fuqarolik  javobgarligi  majburiy

sug‘urta  shartnomasi  bo‘yicha  sug‘urtalangan  boshqa  shaxs)  hisoblansa,  u  holda  sug‘urta

hodisasini to‘g‘ridan to‘g‘ri hal etish qo‘llanishi mumkin.

Sug‘urta  hodisasini  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  hal  etishda  sug‘urta  qildiruvchi  (fuqarolik  javobgarligi

majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) bo‘lgan jabrlanuvchi o‘zi

bilan  majburiy  sug‘urta  shartnomasini  tuzgan  sug‘urtalovchiga  hayoti,  sog‘lig‘i  va  (yoki)  mol-

mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun yozma shaklda murojaat qilishga haqli.

Sug‘urta  hodisasini  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  hal  etish  qo‘llanilganda  aybdor  tarafning

sug‘urtalovchisi  jabrlanuvchining  sug‘urtalovchisiga  jabrlanuvchiga  sug‘urta  tovonini  to‘lash

bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplaydi.




Download 433,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish