NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha
to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda “Jamg‘arma” deb yuritiladi) transport
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish (keyingi o‘rinlarda
“majburiy sug‘urta qilish” deb yuritiladi) bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash maqsadida tashkil etiladi.
2. Jamg‘arma o‘z faoliyatida “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga
, boshqa qonun
hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
3. Jamg‘arma notijorat tashkilot hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi
banklarida hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga, O‘zbekiston
Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan dumaloq muhrga,
shtamplarga va blankalarga ega bo‘ladi.
Jamg‘arma moliyaviy yordam berish va xayriya faoliyati bilan shug‘ullanishga, shuningdek
yuridik shaxslarning muassisi (qatnashchisi) bo‘lishga va sug‘urta tashkilotlarining ustav
sarmoyasida qatnashishga haqli emas.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-
iyundagi 163-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 234-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
3 . Jamg‘armaning nomi:
davlat tilida:
to‘liq nomi — “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi”;
qisqartirilgan nomi — “Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasi”;
ingliz tilida:
to‘liq nomi — “The Fund of guaranteeing payments on compulsory insurance of civil
liability of vehicle owners”;
qisqartirilgan nomi — “Fund of guaranteeing insurance payments”;
rus tilida:
to‘liq nomi — “Fond garantirovaniya viplat po obyazatelnomu straxovaniyu grajdanskoy
otvetstvennosti vladelsev transportnix sredstv”;
qisqartirilgan nomi — “Fond garantirovaniya straxovix viplat”;
(3 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi 222-sonli
qaroriga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 09/19/222/2772-son — 2019-
yil 17-iyundan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
4. Jamg‘arma o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘zining barcha mol-mulki bilan javob beradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi 222-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 09/19/222/2772-son — 2019-yil 17-
iyundan kuchga kiradi)
Do'stlaringiz bilan baham: