Aim.uz
Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar haqida
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot
almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshka
kompyuterlar bilan umumiy ulanish kerak bo'ladi. Kompyuterlarning o'zaro
axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter
tarmoqlari deyiladi.Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan
kompyuterlar va axborot ashyolariga bog'liq.Axborot ashyolari deganda arxiv,
kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshka axborot tizimlaridagi hujjatlar
yig'indisi tushuniladi.
Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa
ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Jamiyatning hozirgi
bosqichda axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmog'isiz
tasavvur qilib bo'lmaydi.Kompyuter tarmog'i - bu aloqa kanallari orqali yagona
tizimga bog'langan kompyuter va terminallar majmuidir. Tarmoq axborotni ishlab
chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'ektlar tarmoq ob'ektlari deyiladi. Tarmoq
ob'ektlari alohida kompyuter, kompyuter kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va
boshqalar bo'lishi mumkin. Axborotni territorial joylashuviga qarab kompyuter
tarmoqlarini 3 ta asosiy sinfga ajratish mumkin:
1. Global tarmoqlar.
2. Regional (mintaqaviy) tarmoqlar.
3. Lokal (mahalliy) tarmoqlar
.
Aim.uz
Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda turli qit'alarda joylashgan
obonentlarni birlashtiradi. Obonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon
aloqa liniyalarida, radio aloqa, sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror bir
mintaqaga tegishli obonentlarni birlashtiradi. Misol: biror shahar ichidagi yoki
iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan obonentlarni
birlashtiruvchi tarmoq.Lokal tarmoq kichik bir hududda joylashgan obonentlarni
birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog'langan bo'ladi. Misol: biror
korxona yoki tashkilotga mahallliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklash
mumkin.Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan, telefon
tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa
ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va
ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa
qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi.Shuning uchun,
bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z kompyuterlarini lokal
tarmoqqa birlashtiradi.
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon
kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.Lokal
tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va selektsiyalash lozim
buladi.Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo'lini aniqlash
jarayonidir.Selektsiyalash - tegishli manzildagi axboroni saralash demakdir.
Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va selektsiyalash usuli buyicha ikki
sinfga ajratiladi
.
Lokal tarmoqlar selektsiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshka
tizimga uzatishni ta'minlaydi.
Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash, murakkab
hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta'minotni rivojlantirishga xizmat kiladi
.
Ma'muriyat tizimlari
—
tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent
tizimlar orasidagi axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni
kommutatsiya kilish vazifasini bajaradi.
Global, mintaqaviy va lokal tarmoqlarning birlashmasi ko'p tarmoqli iyerarxiyani
tashkil etish imkonini beradi. Misol: INTERNET kompyuter tarmoqlari keng
tarqalgan ommaviylashgan kompyuter tarmog'idir. Uning tarkibiga erkin ravishda
birlashgan tarmoq kiradi. Uning nomini o'zi "tarmoqlar orasida" ma'nosini
bildiradi. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. Internet alohida tarmoqlarni
Aim.uz
birlashtirgan. Internetning asosiy yacheykasini maxalliy kompyuter tarmoqlari
tashkil etadi.
Kompyuterning mahalliy tarmoqqa ulashning 3 turi mavjud.
1. Xalqasimon.
2. Shinali.
3. Yulduzsimon.
Xalqasimon
bog'lanishda kompyuterlar yopiq chiziq bo'yicha bog'langan bo'ladi.
Tarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo'ladi. Axborot xalqa
bo'yicha kompyuterdan kompyuterga o'tadi.
Shinali
bog'lanishda esa ma'lumotlar uzatuvchi kompyuterdan shina bo'yicha har
ikki tomonga uzatiladi
.
Aim.uz
Yulduzsimon
bog'lanishda markaziy kompyuter mavjud bo'lib, unga qolgan
barcha kompyuterlar bog'langan bo'ladi.
Axborot texnologiyasi shu jumladan kompyuterlar keng qo'llanilib kelayotgan
ayrim sohalarni ko'rib chiqamiz.
1. Biznes sohasi - biznes reja tuzishda va kutilayotgan daromad va chiqimlarni
hisoblashda;
• mijoz haqida ma'lumotlar ro'yhatini saqlash va u bilanishlashda va hok.
2. Bank sohasi-yil davomida sutkasiga 24 soat mijozlarga aloqa uchun va tegishli
ma'lumotlarni olish, balansni tekshirish, hisobni to'lash imkoniyatini yaratish.
• mijozlarga xizmat ko'rsatish madaniyatini oshirish;
• kredit kartochkalari yordamida telefon yoki Internet orqali xizmatni yo'lga
qo'yish va h.k.
3. Robototexnika sohasida. Kompyuter asri boshlanishi bilan inson og'ir va zararli
mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo'ldi. Ular odam qiyofasida bo'lmasa
ham ko'plab funktsiyalarni bajara oladilar. Misol: UZDAEWOO avto O'zbekiston-
Koreya qo'shma avtomobil korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng
qo'llanilmoqda.
4. Marketing sohasi. Marketingda eng asosiy bozorni haridorlar talab ehtiyojlarini
chuqur va har taraflama o'rganish va ishlab chiqarishni shuning asosida qurish,
ikkinchi tomondan esa mavjud talab va ehtiyojga faol ta'sir ko'rsatish haridorlarni
muayyan omillarga bo'lgan talablarni shakllantirishdan iborat.
5. Ishlab chiqarish sohasida. Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida
kompyuterlar qo'llanilib kelinmoqda. Kompyuterlar ko'pgina texnologik
jarayonlarni boshqarmoqda. Maxsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy
kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga yetkaziladi. U yerda axborotni qabul
qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni
Aim.uz
yig'a boshlaydi. Tayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib omborlarga
jo'natiladi.
“O’zbekiston Temir yo’llari” DATK
Toshkent temir yo’l muhandislari instituti
Informatika va kompyuter
grafikasi kafedrasi
Mavzu: Internet
Bajardi: AB-190 gurux talabasi
Abdusalomov M.
Qabul qildi: Xolboev O’