Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar haqida



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
Sana23.02.2020
Hajmi0,65 Mb.
#40615
Bog'liq
TARMOQ


Aim.uz 

Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar haqida 

 

Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot 



almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshka 

kompyuterlar bilan umumiy ulanish kerak bo'ladi. Kompyuterlarning o'zaro 

axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter 

tarmoqlari deyiladi.Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan 

kompyuterlar va axborot ashyolariga bog'liq.Axborot ashyolari deganda arxiv

kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshka axborot tizimlaridagi hujjatlar 

yig'indisi tushuniladi. 

Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa 

ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Jamiyatning hozirgi 

bosqichda axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmog'isiz 

tasavvur qilib bo'lmaydi.Kompyuter tarmog'i - bu aloqa kanallari orqali yagona 

tizimga bog'langan kompyuter va terminallar majmuidir. Tarmoq axborotni ishlab 

chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'ektlar tarmoq ob'ektlari deyiladi. Tarmoq 

ob'ektlari alohida kompyuter, kompyuter kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va 

boshqalar bo'lishi mumkin. Axborotni territorial joylashuviga qarab kompyuter 

tarmoqlarini 3 ta asosiy sinfga ajratish mumkin: 



1. Global tarmoqlar. 

 2. Regional (mintaqaviy) tarmoqlar. 

 3. Lokal (mahalliy) tarmoqlar

 



Aim.uz 

Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda turli qit'alarda joylashgan 

obonentlarni birlashtiradi. Obonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon 

aloqa liniyalarida, radio aloqa, sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi. 

Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror bir 

mintaqaga tegishli obonentlarni birlashtiradi. Misol: biror shahar ichidagi yoki 

iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan obonentlarni 

birlashtiruvchi tarmoq.Lokal tarmoq kichik bir hududda joylashgan obonentlarni 

birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog'langan bo'ladi. Misol: biror 

korxona yoki tashkilotga mahallliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklash 

mumkin.Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan, telefon 

tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa 

ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va 

ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa 

qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi.Shuning uchun, 

bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z kompyuterlarini lokal 

tarmoqqa birlashtiradi. 

 Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon 

kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.Lokal 

tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va selektsiyalash lozim 

buladi.Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo'lini aniqlash 

jarayonidir.Selektsiyalash - tegishli manzildagi axboroni saralash demakdir. 



Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va selektsiyalash usuli buyicha ikki 

sinfga ajratiladi

. 

Lokal tarmoqlar selektsiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshka 

tizimga uzatishni ta'minlaydi. 

Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash, murakkab 

hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta'minotni rivojlantirishga xizmat kiladi



Ma'muriyat tizimlari

tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent 



tizimlar orasidagi axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni 

kommutatsiya kilish vazifasini bajaradi. 

 Global, mintaqaviy va lokal tarmoqlarning birlashmasi ko'p tarmoqli iyerarxiyani 

tashkil etish imkonini beradi. Misol: INTERNET kompyuter tarmoqlari keng 

tarqalgan ommaviylashgan kompyuter tarmog'idir. Uning tarkibiga erkin ravishda 

birlashgan tarmoq kiradi. Uning nomini o'zi "tarmoqlar orasida" ma'nosini 

bildiradi. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. Internet alohida tarmoqlarni 


Aim.uz 

birlashtirgan. Internetning asosiy yacheykasini maxalliy kompyuter tarmoqlari 

tashkil etadi. 

 Kompyuterning mahalliy tarmoqqa ulashning 3 turi mavjud. 



 

1. Xalqasimon. 

 2. Shinali

 3. Yulduzsimon.

 

Xalqasimon

 

bog'lanishda kompyuterlar yopiq chiziq bo'yicha bog'langan bo'ladi. 



Tarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo'ladi. Axborot xalqa 

bo'yicha kompyuterdan kompyuterga o'tadi. 

 

 

 



 

Shinali

 

bog'lanishda esa ma'lumotlar uzatuvchi kompyuterdan shina bo'yicha har 



ikki tomonga uzatiladi

 



 

 

 

Aim.uz 

Yulduzsimon

 

bog'lanishda markaziy kompyuter mavjud bo'lib, unga qolgan 



barcha kompyuterlar bog'langan bo'ladi.

 

 



 

Axborot texnologiyasi shu jumladan kompyuterlar keng qo'llanilib kelayotgan 

ayrim sohalarni ko'rib chiqamiz. 

 1. Biznes sohasi - biznes reja tuzishda va kutilayotgan daromad va chiqimlarni 

hisoblashda; 

 • mijoz haqida ma'lumotlar ro'yhatini saqlash va u bilanishlashda va hok. 

2. Bank sohasi-yil davomida sutkasiga 24 soat mijozlarga aloqa uchun va tegishli 

ma'lumotlarni olish, balansni tekshirish, hisobni to'lash imkoniyatini yaratish. 

 • mijozlarga xizmat ko'rsatish madaniyatini oshirish; 

 • kredit kartochkalari yordamida telefon yoki Internet orqali xizmatni yo'lga 

qo'yish va h.k. 

3. Robototexnika sohasida. Kompyuter asri boshlanishi bilan inson og'ir va zararli 

mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo'ldi. Ular odam qiyofasida bo'lmasa 

ham ko'plab funktsiyalarni bajara oladilar. Misol: UZDAEWOO avto O'zbekiston-

Koreya qo'shma avtomobil korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng 

qo'llanilmoqda. 

 4. Marketing sohasi. Marketingda eng asosiy bozorni haridorlar talab ehtiyojlarini 

chuqur va har taraflama o'rganish va ishlab chiqarishni shuning asosida qurish, 

ikkinchi tomondan esa mavjud talab va ehtiyojga faol ta'sir ko'rsatish haridorlarni 

muayyan omillarga bo'lgan talablarni shakllantirishdan iborat. 

 5. Ishlab chiqarish sohasida. Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida 

kompyuterlar qo'llanilib kelinmoqda. Kompyuterlar ko'pgina texnologik 

jarayonlarni boshqarmoqda. Maxsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy 

kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga yetkaziladi. U yerda axborotni qabul 

qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni 


Aim.uz 

yig'a boshlaydi. Tayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib omborlarga 

jo'natiladi. 

O’zbekiston Temir yo’llari” DATK 



Toshkent temir yo’l muhandislari instituti 

 

 

Informatika va kompyuter 

grafikasi kafedrasi 

 

 



 

 

              Mavzu: Internet 



 

 

Bajardi:  AB-190 gurux talabasi 

 Abdusalomov M. 

Qabul qildi:   Xolboev O’ 

 

 

 

 

 

 

Aim.uz 

Toshkent   2012 y 

 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish