«FSMU» texnologiyasi Trening haqida tushuncha.
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs- munozaralar
o‘tkazishda yoki o‘quv - seminari yakunida (tinglovchilarning o‘quv -
seminari haqidagi fikrlarini bilish maqsadida) yoki o‘quv rejasi asosida biron
bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya
tinglovchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga
o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda o‘quvchi -
talabalarni, o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada
egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga
o‘rgatadi.
MAQSAD.
Ushbu texnologiya tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va
qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon
etishga yordam beradi.
O‘TKAZISH TEXNOLOGIYASI.
Ushbutexnologiya bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
1 - bosqich.
- trener tinglovchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak
bo‘lgan muammoni yoki o‘rganilgan bo‘limni belgilab oladi;
- trener o‘quv mashg‘ulotida avval har bir tinglovchi yakka tartibda ishlashi, keyin
esa kichik guruxlarda ish olib borilishi va nihoyatda dars oxirida jamoa bo‘lib
ishlanishi haqida tinglovchilarga ma’lumot beradi;
- mashg‘ulot davomida har bir tinglovchi o‘z fikrini erkin holda to‘liq bayon etishi
mumkin ekanligini eslatib o‘tiladi.
35
2 - bosqich.
Har bir tinglovchiga FSMU texnologiyasini 4 bosqichli yozilgan qog‘ozlar
tarqatilad
F - fikringizni bayon eting.
S - fikringizni bayoniga sabab ko‘rsatining.
M - ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring.
U - fikringizni umumlashtiring.
-Har bir tinglovchi yakka tartibda tarqatilgan qog‘ozdagi FSMU ning
4 bosqichini o‘z fikrlarini yozma bayon etgan holda to‘latiladi.
3 - bosqich.
- Har bir tinglovchi o‘z qog‘ozlarini to‘latib bo‘lgach, trener ularni kichik
guruhlarga bo‘linishlarini iltimos qiladi yoki o‘zi turli guruhlarga bo‘lish
usullaridanfoydalangan holda tinglovchilarni kichik guruhlarga bo‘lib yuboradi.;
- trener har bir guruhga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta
formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi;
- trener kichik guruhlarga har biri yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillarni katta
formatda umumlashtirilgan holda 4 bosqich bo‘yicha yozishlarini taklif etadi.
4 - bosqich.
- kichik guruhlarda avval har bir tinglovchi o‘zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari
bilan guruh a’zolarini tanishtirib o‘tadi. Guruh a’zolarining barcha fikrlari
o‘rganilgach, kichik guruh a’zolari ularni umumlashtirishga kirishadi;
- guruh a’zolari FSMU 4 bosqichining har biri bo‘yicha umumlashtirib, uni himoya
qilishga tayyorgarlik ko‘radilar;
36
- fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir tinglovchi o‘z fikrlarini himoya
etishi, isbotlashi mumkin.
5 - bosqich.
- kichik guruhlar umumlashtirilgan fikrlarini himoya qiladilar: guruh vakili har bir
bosqichni
alohida
o‘qiydi
iloji
boricha
izoh
bermagan
holda.
Ba’zi bo‘limlarni isbotlashi, ya’ni guruhning aynan nima uchun shu fikrga
kelganini aytib o‘tishi mumkin.
6 - bosqich.
-trener mashg‘ulotga yakun yasaydi, bildirilgan fikrlarga o‘z munosabatini
bildiradi;
- quyidagi savollar bilan tinglovchilarga murojat qiladi:
- ushbu trening yordamida nimalarni bilib oldingiz va nimalarga o‘rgandingiz?
Ushbu texnologiyani o‘quv jarayonida qo‘llanilishi qanday samara berdi?
- ushbu texnologiyaning qo‘llanilishi o‘quvchi-talabalarda qanday xislatlarni
tarbiyalaydi, nimalarni shakllantiradi. Ularning qanday fazilatlarini rivojlantiradi?
- ushbu texnologiyaning o‘quv jarayoning qaysi bosqichida qo‘llanilgani ma’qul va
nima uchun?
- ushbu texnologiyani dars jarayonida qo‘llanilishi o‘quvchi-talabalarga nima
beradi va nimaga o‘rgatadi?
- ushbu texnologiyani yana qanday tartibda yoki qanday shaklda o‘tkazish
mumkin?
Ushbu treningda trenerning asosiy vazifasi nimadan iborat.
37
IZOH: Yuqorida keltirilgan savollar har bir treningning mazmuni, maqsadidan
kelib chiqib trener tomonidan tinglovchilarga yoki o‘quvchi-talabalarga
berilishi mumkin.
Bugungi kunda bunday metodlar Milliy g’oya targ’ibotida ham qo’llanilib
kelmoqda. Targ`ibot olib borishda sanab o`tilgan tamoyillarning muayyan
auditoriya xususiyatlariga mosligini ta'minlash targ`ibot samaradorligini
ta'minlaydigan eng muhim omildir.
Milliy g’oya targ’ibotida quyida sanab o’tilgan metodlardan foydalanish
bilan cheklanib qolmasdan, o’zimizni tafakkurimizdan foydalanib bu metodlarga
yangicha o’zgarishlar, qo’shimchalar kiritishimiz lozim.
Bizning bu xarakatlarimiz shunday natija ko’rsatsinki, bizning xalqimizga
hech bir yovuz g’oyalar, mafkuralar tahdid qila olmasin. Yurtimizda har xil millat
vakillarining jipislikda, tinch-totu yashayotganiga havas ila qarasinlar.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Milliy g’oya targ’iboti birinchi navbatda
yosh avlodimizni vatanparvarlik, el – yurtga sadoqat ruhida tarbiyalsh, ularning
qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob
ishlarimizda madadkor bo’lishi zarur”
2
. Yuqoridagi fikrdan ko’rinib turibdiki,
Vatanparvarlik milliy g’oyamizning eng muhim tamoyillaridan biridir.
Yoshlarimizda Vatanparvarlik hissini uyg’otishda eng ta’sirli tadbirlardan
biri esa bu, yurtimiz bo’ylab milliy qadamjolarni, urf odatlarimiz dasturlarimizni
targ’ib qilib, o’rganib va bu o’rganganlarimizni o’quvchi yoshlarga yangi uslubi
metodlar orqali etkazishdir.
2
Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. (Prezident Islom
Karimovning “Tafakkur” jurnali bosh muharririning savollariga bergan javoblari). -T.: O’zbekiston, 1998 yil.
38
Xulosa:
Xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki Milliy g’oya targ’iboti yo’lida shuncha
qilayotgan harakatlarimizdan birgina maqsad, ya’ni Prezidentimiz Islom Karimov
ta’kidlaganidek “Har qaysi inson Alloh taolo ato etgan noyob qobiliyat va
iste’dodini avvalo o’zi uchun, oilasining, millati va xalqining, davlatining
farovonligi, baxt – saodati, manfaati uchun to’liq bahshida etsa, bunday jamiyat
shu qadar kuchli taraqqitotga erishadiki, uning sur’at va samarasini hatto
tasavvur qilish ham oson emas. Oldimizda to’rgan buyuk maqsadlarga erishishda
jamiyatimizning har bir a’zosi qo’shadigan hissa shu hisobdan beqiyos bo’lishi
muqarrar”
3
,
Yurtboshimiz bu gapi bilan nima demoqchi; ya’ni bizning bu xarakatlarimiz
yurtimiz kelajagi uchundir. Shu kelajagimiz uchun har birimiz o’z
iste’dodlarimizni ko’rsatsak biz orzu qilgan davlat va jamiyatni qura olamiz deya
bemalol aytishimiz mumkun.
Bu ishlar uchun yurtimizda asosan ikki yo`nalishda: Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi doirasida va milliy istiqlol g`oyasini singdirish vositasida amalga
oshirilmoqda.
Xulosa qiladigan bo’lsak, bugungi kunda O’zbekistonda milliy g’oyalarni
omma ongiga singdirishning samarali yo’llaridan biri “milliy istiqlol g’oyasi”
fanini o’qitish ekanligi hammaga ma’lum bo’ldi. Ammo, ushbu fan o’quv
muassasida ro’y berishi tabiiy ya’ni fan o’quvchi-talabalarga 40 soat davomida
o’rgatib boriladi. Ammo buning boshqa o’ylantiradigan nozik tomonlari mavjud.
Ular:
3
Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. (Prezident Islom
Karimovning “Tafakkur” jurnali bosh muharririning savollariga bergan javoblari). -T.: O’zbekiston, 1998 yil.
39
Birinchidan, yoshlarimizning talaba-o’quvchi bo’lmagan boshqa qatlami
nazardan chetda qolmoqda. Harakatning ahamiyatli jihati Boshlang’ich tashkilotlar
nafaqat o’quv muassasasida balki, ishlab chiqarish korxonalarida va harbiy
qismlarda ham faoliyat ko’rsatmoqda hamda o’z faoliyati davomida o’quvchi-
talaba bo’lmagan boshqa qatlamga mlliy g’oyani singdirmoqda;
Ikkinchidan, fanni o’qitishda o’quv muassasasida odatdagi 40 soat dars
milliy g’oyaning tub mohiyatini to’liq tushuntirib yetish uchun o’quvchi yoshga
kamlik qiladi.Shu sababli, umumiy o’rta, o’rta maxsus kasb-hunar hamda ooliy
ta’lim muassasalarida ham Vatan tarixini o’rganish, yoshlar ongiga milliy g’oyani
singdirishning asosiy vositalaridan biridir.
Uchinchidan, milliy g’oyani singdiradigan fanlar yoshlarimizni odatda
faqatgina nazariy bilimlarini oshirmoqda, berilayotgan bilim yoshlarni ongiga
singdirilmoqda, ammo milliy g’oyani harakat faoliyati yordamida hayotga joriy
etish uchun uning bosh tamoyillarini yoshlarning nafaqat ongiga singdirish balki,
uni yoshlar qalbiga singdirish kerak;
To’rtinchidan,o’qituvchi bergan bilimlarini, o’quvchilarning faqatgina
so’zida emas, balki, amalda ko’rishi yoki ushbu bilimlarning hayotga, jamoaga,
o’zining o’quv muassasasiga qo’llanilishini ham nazorat qilishi kerak.
Beshinchidan,zamonaviylikka tayangan holda, o’qtuvchi faolligi emas balki
oquvchilar faolligini oshirish, o’yinlar har xil meto’dlar orqali dars otishni
tashkillashtirish kerak.
40
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Prezidentimiz asarlari.
1.1. Karimov I.A.O’zbekiston:milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.1-jild.-
T.: O’zbekiston,1996 yil.
1.2. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild.-T.: O’zbekiston,
1996 yil.
1.3. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild.-T.: O’zbekiston,
1996 yil.
1.4. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. 4-jild.-T.: O’zbekiston, 1996 yil.
1.5. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat”,
2008 yil.
O’zbekiston Respublikasi qonunlari.
2.1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy g’oya targ’iboti va
ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida” gi qarori. // “Xalq
so’zi”, 2006 yil 26 avgust.
2.2. Mamlakatimizda milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning
samaradorligini, ularning hayotiyligi va ta’sirchanligini yanada oshirish maqsadida
hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig’ilishi.
2.3.“O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari
to’g’risida”gi Qonun. 1991 yil.
41
Foydalanilgan maxsus adabiyotlar.
3.1.Nazarov K. Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.
T.: 2001y.
3.2. Bakirov P. Milliy g`oya targ`ibotida o`zbеk xalq maqollaridan
foydalanish. T. “Ma'naviyat”, 2007y.
3.3. Milliy istiqlol g`oyasi. Darslik. T.: “Akadеmiya”, 2005y.
3.4. Milliy g`oya: targ`ibot tеxnologiyalari va atamalar lug`ati. T.:
“Akadеmiya”, 2007y.
3.5.Abilov O’. “Milliy g’oya, ma’naviy omillar”.-T.: Ma’naviyat. 1999 yil.
3.6.Tolipov O‘. Talabalarning umum mehnat va kasbiy malakalarini
rivojlantirish jarayonida ta’lim vositalaridan foydalanish texnologiyasi. \\
«Iste’dod» j. №4. 1998.3-5.
3.7.Xo‘jaevN. va boshqalar. «Ta’lim texnologiyalari» -T. «Fan» 2002.
3.8. Xo‘jaev, I. Mamajonov. Ta’lim texnologiyalari. Ma’ruzalar matni. –
T.:TDIU, 2005.
3.9.XoshimovaM.K. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat fanidan
ma’ruzalar matni. -T.:TDIU, 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |