1
Ajniyoz nomidagi NDPI Tarix fakulteti “Milliy g’oya,
ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi 4-b bosqich
talabasi Nasrullayev Abdurashidning
“Milliy g’oya, targ’iboti texnologiyalari” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Milliy g’oya targ’iboti, asosiy usullari
Bajardi:
NasrullayevA.
Qabul qildi:
Ametov Axmet
Nukus-2016
2
Mavzu:
Milliy g’oya targ’iboti, asosiy usullari.
Mundarija:
Kirish:…………………………………………………………..3
I-BOB. Yurtimizda va xorijiy davlatlarda Targ’ibot
texnologiyalarga bo’lgan e’tibor va ehtiyoj…………………….5
1.1.
Hozirgi kunda yurtimizda Milliy g’oya targ’ibotiga
bo’lgan e’tiborning ortib borishi………………….....5
1.2.
Xorijiy davlatlarning targ’ibotga qaratayotgan e’tibori
va uslublari…………………………………………20
II-BOB. Bugungi kunda ta’limni zamonaviylashtirish va
metodlar asosida darsni tashkillashtirish masalalari…………..23
2.1. Ta’limda an’anaviy va noan’anaviy uslublarning
farqi, ijobiy va salbiy taraflari…………………………………23
2.2. Metodlar va ularni Milliy g’oya targ’ibotida
qo’llashning ahamiyati………………………………………...28
Xulosa…………………………………………………………38
Foydalangan adabiyotlar………………………………………40
3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi shundaki “dunyoda bo’layotgan notinchliklarga
qarshi turadigan, bizning kuchli qurolimiz bo’lgan Milliy g’oyamiz,
Ma’naviyatimiz, urf-odatlarimizni, xalqimiz orasida targ’ib qilish, qolaversa
yoshlarimiz bilan yangi innovatsion texnologiyalar yordamida o’quvchi talabalarga
singdirish, xalqimiz ongini, immunitedini bundanda mustahkamlashdek”
masalalarni o’z ichiga oladi.
Prezidentimiz Islom Abdug’aniyvch Karimov ta’kidlaganidek “Milliy g’oya
va milliy istiqlol g’oyasi haqida so’z borar ekan, biz nihoyatda keng, murakkab
serqirra, murakkab tushunchalarni tasavvur qilishimiz kerak. Bu tushunchalar
Vatan ravnaqi ,yurt tinchligi , xalq farovonligi kabi yuksak g’oyalarning ma’no
mazmunini teran anglab olishga xizmat qiladi. Bu g’oya xalqni- xalq, millatni –
millat etadigan, uning shon-u sharafi, ishonch e’tiqodini, ifodalaydigan, o’ziga xos
taraqqiyot yo’li, turmush tarzi, tub manfaatlariga tayangan xolda muttasil
rivojlanib boruvchi qarashlar tizimidir”
Mavzuning o’rganilish darajasi. Mamlakatimizda Milliy g’oyani targ’ib
qilish, yoshlar bilan bog’liq masalalarga O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov katta
ahamiyat bermoqda. Shuningdek Prezidentimizning deyarli har-bir asarida xalq
farovonligi, yurt tinchligi va Vatan ravnaqi haqidagi fikrlarida yoshlarning va
milliy g’oya targ’ibot tashviqotning o’rni va ahamiyati haqidagi ilmiy va amaliy
asoslangan fikr va ko’rsatmalari hamda xulosalari kurs ishida o’z ifodasin topgan.
Bundan tashqari Milliy g’oya targ’ibotida, yangi uslublarning qo’llanilishi,
dasturiylikdan zamonaviylikga o’tishning ta’lim yo’nalishida qanchalik foyda
berishi va natijalari, metodlar orqali dars o’tish uslublari qanchalik samara berishi
kurs ishida ko’rsatib o’tildi va o’rganildi.
4
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Mazkur kurs ishining maqsadi Milliy
g’oyamizni yoshlarimizga, kelajak avlodga yetkazishda turli xil yangicha
uslublardan
foydalanishni
o’rganish,
qolaversa
yangicha
inavatsion
texnologiyalardan foydalanib dars o’tishni yanada chuqurroq o’rganib,
o’quvchilarga qiziqarli tarzda ma’lumotlarni yetkazishdir. Zero Prezidentimiz
ta’kidlaganidek “Bir haqiqatni o’zimizga yaxshi anglab olishimiz kerakki, milliy
mafkurani tepadan turib yaratib va hayotga joriy etib bo’lmaydi. Bu – nihoyatda
prinsipial masala.”
1
Shunday ekan milliy g’oyani yoshlar ongiga singdirishning
yangi va samarali usullarini izlab topish hamda uni hayotga joriy etish
Davlatimizning eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi.
Qolaversa yana bir maqsadlaridan biri, o’quvchilarga milliy g’oya targ’iboti
texnologiyalari haqida muayyan bilim va tushunchalar berishdan iborat.
Fuqorolik jamiyati va milliy g’oyaning targ’ibot texnologiyalarining yangicha
paradigmalarini I.A.Karimov asarlari asosida o’rganish, zamonaviy targ’ibot
texnologiyalari bilan o’quvchilarni tanishtirish.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratiyalashtirish jarayonlari milliy
g’oyaga oid Prezident I.A.Karimov asarlari tahlil etiladi. Sharq mutaffakirlarining
milliy g’oya to’g’risidagi qarashlari , uning milliy va umuminsoniy negizlari,
hozirgi dunyo erishayotgan yutuqlar, milliy g’oya targ’iboti texnologiyalari,
uslublaridagi yangiliklarni tahlil etishdan iborat.
Kurs ishining tizilishi va hajmi. Mazkur kurs ishi ikki bob, to’rt reja, xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, prezentatsiya ishini o’z ichiga oladi.
1
Karimov I.A. “Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir” asaridan.
5
I-BOB
Yurtimizda
va
xorjiy
davlatlarda
Targ’ibot
texnologiyalarga bo’lgan e’tibor va ehtiyoj.
1.1.
Xozirgi
kunda
Yurtimizda
Milliy
g’oya
targ’ibotiga bo’lgan e’tiborning ortib borishi.
XXI asrni axborot asri, axborot tеxnologiyalari asri dеb atash tobora rasm
bo`lmoqda. Chunki asrmizda inson eshitayotgan, ko`rayotgan barcha-barcha
narsalar uning istaklarini, didini o`zgartirishga, fikriga ta'sir qilishga yo`naltirilgan.
Tan olish kеrak, tomosha qilinayotgan sеriallardan tortib bolakaylarga aytib
bеriladigan ertakkacha, boringki, o`qiyotgan kitoblarimiz ham qandaydir
mafkuraviy yukka ega - ularda muayyan g`oyalar targ`ib qilinadi. Bu holat «Eng
asosiy narsani ko`z bilan ilg`ab bo`lmaydi» dеgan fikrni yana bir karra tasdiqlaydi.
Bunday ko`zga ko`rinmas qudratli targ`ibot kuchlari kishini hamma yеrda va har
kuni qurshab turadi. Bu kuchlarning maqsadi – insonni nimagadir ishontirish,
nimagadir undash, nimagadir og`dirish. Tadbirkor mahsulotini rеklama qilib, uni
sotib olishga undaydi. Diniy arboblar o`z diniga e'tiqod qilishga chaqiradi. Xalqaro
maydonda ba'zi davlatlar o`zining «katta og`a» ekanini uqtirishga harakat qiladi.
Lеkin tanganing orqa tomoni ham bo`ladi-ku. Agar o`sha molini
maqtayotgan tadbirkor tamaki sotayotgan bo`lsa-chi? Uning zarari haqida
odamlarni kim ogohlantiradi? Agar o`sha dindor, din chеtda qolib, davlat tuzumini
ag`darishga chaqirayotgan bo`lsa-chi? Bunday buzg`unchiliklardan xalqni kim
qaytaradi? Yoki jahonda «katta og`a»larning qo`lidan tutib emas, mustaqil odim
tashlash kеrakligini kim tushuntiradi? Bu kabi targ`ibotni yoki aksiltarg`ibotni kim
tashkil qilishi kеrak?
Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish
to’g’risida ,Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy
6
qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash xalqimiz, ayniqsa,
yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg’ularini
chuqur singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Bu borada tegishli idora va tashkilotlar, jumladan, Respublika Ma’naviyat va
ma’rifat kengashi hamda uning joylardagi bo’limlari tomonidan muayyan ishlar
amalga oshirilayotganini qayd etish lozim.
Shu bilan birga, xalqaro maydonda mafkuraviy, g’oyaviy va informatsion
kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-
ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli
mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli
munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik
hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf
tug’dirishi mumkin bo’lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi
ushbu sohadagi ishlarni, jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat
kengashining faoliyati va tarkibiy tuzilishini qayta ko’rib chiqishni taqozo
etmoqda.
Mamlakatimizda milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning
samaradorligini, ularning hayotiyligi va ta’sirchanligini yanada oshirish maqsadida
hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig’ilishida
bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda:
1. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat
kengashiga raislik qilish, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i
Kengesi Raisi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimlariga esa hududiy
kengashlarga rahbarlik qilish vazifasi yuklatilsin.
2. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari shtatlar jadvaliga qo’shimcha ravishda Qoraqalpog’iston
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar
7
hokimliklarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha yordamchisi shtati (jami 14 ta
shtat birligi) kiritilsin.
3. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining tarkibiy tuzilishi ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
4. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi huzuridagi Milliy mafkura ilmiy
targ’ibot markazi o’rniga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining ilmiy-
amaliy yo’nalishida faoliyat olib boradigan, davlat byudjeti hisobidan
moliyalashtiriladigan Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tashkil etilsin.
Quyidagilar Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining asosiy vazifasi
etib belgilansin:
milliy g’oya va mafkura masalasi bilan bog’liq dolzarb masalalarni, bugungi
murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va
baholash, ustuvor yo’nalishlarni aniqlash, ularning aholi turlari qatlamlariga
ta’sirini o’rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo’lgan zararli
g’oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish;
xalqimizning ko’p asrlik ma’naviyati va milliy qadriyatlari, diniy qarashlari va
hayotiy udumlariga, yoshlarimizning ongini zaharlab, ma’naviy jihatdan qaram
etishga qaratilgan mafkuraviy harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish
bo’yicha ilmiy-amaliy dasturlarni ishlab chiqish;
fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog’lom dunyoqarash asoslarini
mustahkamlash, ularning ongli yashashga, o’z fikriga ega bo’lishga, turli ma’naviy
tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo’lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar
insonlar etib tarbiyalashga yo’naltirilgan amaliy tavsiyalar tayyorlash. Bu borada
ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlarining ta’sirchanligini ta’minlaydigan zamonaviy
axborot texnologiyalari va mexanizmlarini, jamiyatimizning mafkuraviy
immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ishlab chiqish,
8
davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash
masalasiga alohida e’tibor qaratish;
o’z faoliyati doirasida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar natijalarini, tahliliy
materiallarning xulosalarini ommaviy axborot vositalari, jumladan, Respublika
Ma’naviyat va ma’rifat kengashining nashr organlari — «Tafakkur» va «Jahon
adabiyoti» jurnallari, «Ma’naviyat» nashriyoti orqali muntazam ravishda chop etib,
keng jamoatchilikka yetkazish.
5. Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi Respublika Ma’naviyat va
ma’rifat kengashining amaliy targ’ibot yo’nalishida faoliyat olib boriladigan
Respublika Ma’naviyat targ’ibot markaziga aylantirilsin.
Quyidagilar Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazining asosiy vazifalari etib
belgilansin:
Ma’naviyatning ma’no-mohiyati, milliy ma’naviyatimizning qadimiy ildizlari
noyob va betakror namunalari, bugungi kundagi rivojlanish tamoyillari haqida aniq
maqsadga qaratilgan targ’ibot ishlarini muntazam ravishda olib borish;
aholining keng qatlamlari, avvalambor, yoshlar o’rtasida Vatanga muhabbat va
sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash milliy urf-odat, an’ana va
qadriyatlarning hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini har tomonlama olib borishga
yo’naltirilgan suhbat va uchrashuvlar, ma’rifiy tadbirlar o’tkazish;
bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari,
keng ko’lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat
dasturlarining ahamiyatini atroflicha sharhlash va tushuntirish, yurtimizga qarshi
qaratilgan g’oyaviy va informatsion xurujlar, ularning ortida turgan kuchlarning
g’arazli maqsadlarini fosh qilish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish,
olimlar siyosatini va mutaxassislar, ijodkorlar, ziyolilar ishtirokida joylarda
samarali targ’ibot tizimini yo’lga qo’yish;
9
ota-ona, oila, mahalla, tarixiy xotira, milliy g’urur, komil inson tarbiyasi bilan
bog’liq tuyg’u va tushunchalarni yosh avlod qalbi va ongiga ta’sirchan usul va
uslublar orqali singdirish, ajdodlarimizning bu boradagi merosini bugungi
taraqqiyot talablari bilan uzviy holda rivojlantirish, targ’ibot ishlarini milliy va
umumbashariy qadriyatlar uyg’unligi asosida tashkil etish;
yurtdoshlarimizni muqaddas islom dini va falsafasi, aziz-avliyolarimizning
ibratli hayoti, qutlug’ qadamjolariga boshqa diniy konfesiyalariga nisbatan hurmat-
ehtirom va bag’rikenglik ruhida tarbiyalash, jamiyatimizda sog’lom turmush tarzi,
millatlararo totuvlik, o’zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo’yicha
ma’naviy-ma’rifiy dasturlarni amalga oshirish.
6. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi 15 kun muddatda Milliy g’oya
va mafkura ilmiy-amaliy markazi hamda Respublika Ma’naviyat targ’ibot
markazining dastur va nizomlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Toshkent shahar hokimligi Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi, Milliy
g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi hamda «Tafakkur» jurnali tahririyatini
Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uyga joylashtirilsin.
8. O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Milliy g’oya va mafkura
ilmiy-amaliy markazini xizmat telefonlari, jumladan, hukumat telefoni, internet,
boshqa aloqa va axborot vositalari bilan belgilangan tartibda ta’minlansin.
9. Moliya vazirligi:
Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi faoliyatini moliyalashtirish, uni
zarur idoraviy jihozlar, kompyuter texnikasi va boshqa asbob-uskunalar bilan
ta’minlash, markazning ilmiy-tadqiqot natijalari, dolzarb ijtimoiy-siyosiy
mavzulardagi kitob, risola, dastur, qo’llanma va boshqa matbaa mahsulotlarini
nashr etish bilan bog’liq xarajatlar uchun 2007 yildan boshlab davlat byudjetidan
mablag’ ajratilishini ko’zda tutsin;
10
Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi uchun bitta yengil avtomobilga
limit ajratsin.
10. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Adliya vazirligiga hamda
boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, bir oy muddatda
amaldagi qonun hujjatlariga qarordan kelib chiqadigan o’zgartirish va
qo’shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh
vaziri SH.Mirziyoev zimmasiga yuklansin.
Bundan tashqari, O`zbеkiston Faylasuflari milliy jamiyatining ishchi guruhi
tomonidan Milliy istiqlol g`oyasining asosiy tushunchalari va tamoyillari (Milliy
istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. -T, «O`zbеkiston», 2000 yil.)
ishlab chiqildi. O`zbеkistonda milliy istiqlol g`oyasining targ`ibot-tashviqoti ana
shu asosiy g`oyalar, tushunchalar va tamoyillarga tayangan holda amalga
oshirilmoqda.
Milliy g`oya va targ`ibot, tashviqot tushunchasi, milliy istiqlol g`oyasining
targ`ibot-tashviqoti haqida to`xtalishdan avval “targ`ibot” va “tashviqot”
tushunchalarining o`zagiga e'tibor qaratish zarur. “Targ`ibot” tushunchasining
o`zagini “rag`bat” so`zi tashkil etgani bois ham, u insonni biror harakatga
rag`batlantirishni nazarda tutadi. “Tashviqot” tushunchasining o`zagi esa “shavq”
so`zidan olingan bo`lib, u kishida biror narsaga shavq uyg`otishga yo`naltiriladi.
Ochig`i,
targ`ibot
insonning
ongi
va
qalbini
egallashga
qaratilgan.
Targ`ibotchilarni bеkorga «inson qalbining sozlovchilari» dеb atamaydilar.
Dеmak, targ`ibot-tashviqotdan maqsad – bilim orttirish emas, balki kishini biror
harakatga undashdan iborat. Masalaga ana shu jihatdan qaraydigan bo`lsak, “milliy
istiqlol g`oyasi” haqida ma'lumot bеrish bilan chеklanmasdan, mafkuraviy
maqsadlarni aniq vazifalar shakliga kеltirishimiz, milliy istiqlol mafkurasidagi
asosiy g`oyalarning amaliy harakatlarga aylanishiga erishishimiz zarur. Chunki
milliy g`oya chuqur e'tiqodga aylangan taqdirdagina u ulkan kuch va qudratga ega
11
bo`ladi. Buning uchun esa xalqda mafkuradan o`rin olgan g`oyalarga kuchli
ishonch, e'tiqod va unga amal qilish bo`lishi lozim.
Milliy g`oyani singdirish usullari, tеxnologiyalari, ustuvor yo`nalishlari XXI asrda
insoniyat o`z taraqqiyotining sifat jihatidan yangi pallasiga qadam qo`ydi.
Dunyoda katta o`zgarishlar sodir bo`layotgan bugungi kunda ijtimoiy makonni
o`zlashtirishning yangi usullari, jumladan, yangi tеxnologiyalar kеng rasm bo`ldi.
Tеxnologiyalar asri dеb atalayotgan XXI asrda ishlab chiqarishda joriy etilgan
yangi tеxnologiyalar mеhnat samaradorligini misli ko`rilmagan darajada o`stirib
yubordi.
Mamlakatimizdagi mafkuraviy jarayonlarga ham shu nuqtai nazardan
yondoshish milliy istiqlol g`oyasini targ`ib qilishda zamonaviy tеxnologiyalardan
foydalanish zaruratini ko`rsatadi. Milliy istiqlol g`oyasini xalq qalbi va ongiga
singdirish muayyan tеxnologiya asosida olib borilganida tadbirlarning kеtma-
kеtligi, miqyosi va mе'yori, davomiyligi va tamoyillari singari jihatlar qamrab
olinadi. Ularning muhimligi shunda ko`rinadiki, masalan, targ`ibotda mе'yorning
buzilishi, milliy mafkura to`g`risida hadеb va noo`rin gapiravеrish, mе'yorni
bilmaslik tеskari samara bеrishi mumkin. Targ`ibot tеxnologiyasi milliy g`oya va
milliy mafkura mazmun-mohiyatiga mos bo`lgan taqdirdagina kutilgan natijaga
erishish mumkin.
O`zbеkistonda mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishning ustuvor
yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
bеlgilangan tadbirlarning yuqori darajada uyushqoqlik bilan o`tkazilishini
ta'minlash;
milliy istiqlol g`oyasining targ`iboti sifatini muntazam oshirib borish;
davr talablaridan kеlib chiqqan holda mafkuraviy ishlarni tashkil etishning
yangi, samarali yo`llarini izlash;
12
bu sohada eski uslublarning mutlaqlashtirilishiga, andozalashtirishga yo`l
qo`ymaslik;
mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda ijtimoiy muhitni hisobga olish;
mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda uchraydigan rasmiyatchilik va
majlisbozlik ko`rinishlariga baxram bеrish;
mafkuraviy faoliyatning qanchalik samarali olib borilayotganini bilish
maqsadida uning monitoringini tashkil etish.
Uzluksizlik tamoyili milliy istiqlol g`oyasini xalq ongiga singdirish uchun
mamlakatda muayyan mafkuraviy maydon yaratishni taqozo qiladi. Bu
maydondagi har bir holat va harakat, jumladan, ta'lim tizimidagi o`quv rеjalari,
dasturlar, darsliklar, o`quv qo`llanmalari, sinf va auditoriyalar, ko`rgazmali
qurollar milliy istiqlol g`oyasiga uyg`un bo`lishi talab etiladi;
- bosqichma-bosqichlik - milliy mafkurani targ`ib qilishning ruhiy jihatlari
bilan bog`liq bo`lib, ham targ`ib qiluvchi, ham qabul qiluvchining muayyan
tayyorgarlik bosqichlaridan o`tishini taqozo qiladi. Aytaylik, boshlang`ich sinf
o`quvchisiga milliy mafkuraning falsafiy va etnik ildizlari to`g`risida gapirish
noo`rin bo`lishdan tashqari mutlaqo samarasiz hamdir. Shuning uchun bog`chada,
boshlang`ich sinflarda, to`liqsiz o`rta maktabda, yuqori sinflar, litsеy va kollеjlar,
oliy o`quv yurtlari va mеhnat jamoalarida mafkuraviy ish tinglovchi va
o`quvchilarning yoshi, bilimi, ma'lumoti kabi jihatlarini hisobga olib aniq
bеlgilangan rеja asosida olib borilishi kеrak;
- shaxsiy ibrat - mafkuramizni targ`ib qilishda muvaffaqiyatni
ta'minlaydigan muhim omillardan biri. Maktab muallimi darsda o`quvchilarga
millat manfaatlari, orzu-umidlari, intilishlari to`g`risida balandparvoz gaplarni
gapirsa-yu, o`zi hayotda shu manfaatlarga zid ishlarni qilsa, bu targ`ibotning
samarasi nolga tеng bo`ladi. Mamlakat va millat ravnaqi to`g`risida og`iz
ko`pirtirib gapiradigan boshliq bo`shab qolgan lavozimga layoqatli va munosib
13
xodim qolib, o`ziga qarashli, lеkin bu o`ringa nomunosib odamni tiqishtirsa, u
millatning yuziga oyoq qo`ygan bo`ladi va uning milliy mafkurani aksiltarg`ibot
qilgan bo`ladi. Shuning uchun, milliy g`oyani aholi ongiga singdirishda
targ`ibotchilar faoliyatida ish bilan so`z birligini ta'minlash, ayniqsa, rahbar
xodimlarning shaxsiy ibrat ko`rsatish tamoyiliga amal qilishi muvaffaqiyatni
ta'minlaydigan eng muhim omillardan biridir. Korxona, tashkilot, muassasa
rahbari, ular davlat sеktori yoki xususiy sеktorga tеgishli bo`lishidan qat'iy nazar
o`z jamoasidagi ma'naviy-mafkuraviy jarayonlarga mas'ul bo`lishi kеrak;
Milliy istiqlol g`oyasining targ`iboti qotib qolgan narsa emas, faol
jarayondir. Shuning uchun uni qadimdan qolgan va'z aytish va ma'ruza o`qish kabi
targ`ibot shakllari yordami bilangina kеng xalq ommasi ongiga singdirib
bo`lmaydi. Maqsadga erishish uchun targ`ibotning faol shakllaridan, zamonaviy
tеxnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Yoshlar orasida targ`ibot olib
borilganda munozara, bahs, davra suhbati kabi shakllardan oqilona foydalanilsa
maqsadga tеzroq va to`laroq erishish mumkin. Yoshlarning fiziologik va ruhiy
xususiyatlari va'z va ma'ruzalarni emas, ko`proq intеraktiv usullar va sanab
o`tilgan targ`ibot shakllaridan foydalanishni taqozo qiladi.
Mazkur targ`ibot tamoyillari milliy istiqlol g`oyasini inson ongi va qalbiga
singdirishning barcha bosqichlari uchun umumiy va bir xil bo`lib, turli
bosqichlarda, turli shakl va vositalardan foydalanganda odamlarning yoshi, kasbi,
ma'lumoti kabi xususiyatlari hisobga olinadi. Targ`ibot olib borishda sanab o`tilgan
tamoyillarning muayyan auditoriya xususiyatlariga mosligini ta'minlash targ`ibot
samaradorligini ta'minlaydigan eng muhim omildir.
Targ`ib qilinayotgan g`oyalarning inson ongida axborot, ma'lumot tarzida
o`rnashishi kifoya qilmaydi, ular insonning yurak-yuragiga yеtib borganidagina
ular inson qalbiga chuqur o`rnashadi. Buning uchun esa auditoriya targ`ibotchining
milliy g`oyaga chuqur ishonchi va qat'iyatini his qilishi kеrak. Lеkin targ`ibotd
14
g`oyalarga e'tiborni tortish bilan ham qanoatlanish mumkin emas. Chunki e'tiborni
jalb qilish – targ`ibotning birinchi bosqichi, xolos.
Targ`ibotning kеyingi bosqichi g`oyani to`g`ri va atroflicha tushuntirishni,
mafkura bilan bog`liq barcha savollarga javob topib bеrishni talab qiladi. Chunki
milliy g`oyani tushunish - unga ishonish dеmakdir. Ana shu yеrda bir savol bilan
to`qnashamiz: nima ko`proq ishonch uyg`otadi: jiddiy dalillar bilan asoslangan
axborotmi yoki hissiyotlarni uyg`otuvchi ma'ruzami? Targ`ibot davomida
insonning hislariga, qalbiga murojaat qilish katta samara bеradi, albatta. Lеkin
ishonchli dalillar, e'tiroz uyg`otmaydigan hayotiy ma'lumotlarning kеltirilishi bu
g`oyalarni hayotga tatbiq qilishdan hammamiz manfaatdor ekanligimiz haqidagi
fikrni uyg`otadi.
Targ`ibot jarayoni shu yеrda tugaydi, dеb o`ylaydiganlar katta xato qiladilar.
Zеro, mafkura yangi ishlarga ilhomlantiradi, harakatga undaydi. Harakatsiz
mafkura esa safsatabozlikdan bo`lak narsa emas. Dеmak, insonlar milliy
mafkuradan o`rin olgan g`oyalarga mos harakat qila boshlaganlaridagina milliy
g`oya xalqning e'tiqodiga aylanganligi haqida xulosa qilish mumkin.
Milliy g`oya va O`zbеkiston tajribasi ko`tarilgan masalaning muhimligi
O`zbеkistonda ham bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilishga
undaydi. E'tibor bеrib qaraydigan bo`lsak, bizda “fuqaro tarbiyasi” haqida kam
gapiriladi. Lеkin bizda bu vazifa o`z holiga tashlab qo`yilgan emas. O`zbеkistonda
fuqaro tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor sohasi bo`lib, asosan ikki yo`nalishda:
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida va milliy istiqlol g`oyasini singdirish
vositasida amalga oshirilmoqda. Ko`rinib turibdiki, bizda ham fuqaro tarbiyasini
amalga oshiruvchi maskan sifatida maktab tanlangan. Chunki maktabda bola bilim
olishdan tashqari shaxs sifatida ham shakllanadi. Dеmak, maorifga millatni
tarbiyalashdеk mas'uliyatli vazifa yuklangan.
Lеkin ta'lim tizimida targ`ibot-tashviqotdan maqsad – faqat bilim bеrish
emas, balki kishini biror harakatga undashdan iborat ekanligini unutmasligimiz
15
lozim. Masalaga ana shu jihatdan qaraydigan bo`lsak, milliy istiqlol g`oyasi
o`qitilayotgani hali mafkura singdirilyapti dеgani emas. Dеmak, mafkuraviy
maqsadlarni aniq o`quv vazifalari shakliga kеltirishimiz, milliy istiqlol
mafkurasidagi asosiy g`oyalarning amaliy harakatlarga aylanishiga erishishimiz
zarur.
Masalaning boshqa jihati ham bor. Aytaylik, mafkura va g`oyaning
mohiyati, dunyoning mafkuraviy manzarasini yaxshi biladigan yoshlar buni
bilmaydigan tеngdoshidan vatanparvarroq, fidoyiroq va yurtiga sadoqatliroq
bo`ladimi? Aslida, vatanparvarlik milliy istiqlol g`oyasining ta'rifini yoddan bilish
bilan bеlgilanmaydi. Shu o`rinda milliy istiqlol g`oyasini o`qitishdan ko`zlangan
maqsad nima o`zi, dеgan savolga javob izlab ko`rish lozim. Asosiy maqsad –
zamon talablariga mos insonni tarbiyalashdan iborat. Shunday ekan, fuqarolarda
qaysi sifatlarni shakllantirish evaziga mamlakatni yuksaltirish mumkinligi haqida
jiddiy o`ylab ko`rish va g`oyaviy tarbiyani ana shu asosda tashkil etish lozim.
Buning uchun fuqaroning istalgan modеli haqida o`ylab ko`rish, komil inson
qiyofasini yaratish zarur.
Xo`sh, qaysi g`oyalar davlatimizning taraqqiyoti, iqtisodiy ravnaqi va
ma'naviy yuksalishiga turtki bеradi? Biz yosh avlodga qaysi qadriyatlarni
singdirishimiz kеrak? Ularda qaysi sifatlarni tarbiyalamog`imiz darkor? Bunda,
avvalo, har jihatdan faol insonni tarbiyalashga e'tibor qaratish, g`oyaviy tarbiya
vositasida shaxsning salohiyatini maksimal darajada yuzaga chiqarishga erishish,
har bir bolaning iqtidorini rivojlantirishga urg`u bеrish zarur. Buning uchun inson
passiv ijrochilikdan emas, balki faol tashabbuskorlikdan ko`proq manfaatdor
ekanligiga ishontirish kеrak. O`quv jarayonida bu vazifani hal qilish uchun ta'lim
jarayonini “yodlash”dan xalos qilish va uni muammolarni hal qilishga yo`naltirish
zarur. Shaxsning ijodiy fikrlashini rivojlantirish ham aynan shu maqsadlarga
xizmat qiladi. G`oyaviy tarbiyani tashkil qilishda nazariy fikrlarga amaliy shakllar
bеrish, bilimlarni harakatlarga aylantirish muhim sanaladi. Buning uchun
pragmatik fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
16
Bugungi voqеlik milliy istiqlol g`oyasi targ`iboti masalasiga
alohida e'tibor bеrishni talab qilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda
mafkura targ`iboti eng dolzarb masalalardan biriga aylanganligini inobatga
oladigan bo`lsak, uning targ`ibot-tashviqotiga ham yangicha tеxnologiyalar,
usullar, vositalarni jalb qilish foydadan holi emas. Milliy istiqlol g`oyasi
targ`ibotining ta'sirchanligini oshirish vazifasi ham bu jarayonda yangi
tеxnologiyalarni kеng qo`llash zaruratini kuchaytiradi. Mafkura targ`ibotida yangi
tеxnologiyalarni qo`llashda jahonning qator davlatlarida bu borada to`plangan
ilg`or tajribalardan foydalanish ayni muddao bo`lur edi.
Masalan, jahonda kеng tarqalgan «to`rt qadamli» univеrsal modеldan ham
mafkura targ`ibotida foydalanish mumkin. Shu bois uning mohiyatini batafsil
yoritishga harakat qilamiz:
1-qadam: muammoning qo`yilishi. Mafkura targ`ibotida singdirilishi zarur
bo`lgan g`oyalar bеlgilab olinadi. Bundan tashqari, «Nima uchun aynan bu
g`oyalarni singdirishga ehtiyoj tug`ildi?», «Bu g`oyani singdirish ishlariga qaysi
tuzilmalar jalb qilinishi kеrak?», «Bu g`oyalarni singdirish jarayonida qaysi
ijtimoiy guruhlar qamrab olinadi?» kabi savollarga javob topish lozim. To`plangan
ma'lumotlar asosida singdirilishi zarur g`oyalarga jamiyatdagi ehtiyoj,
jamoatchilikning fikri, ommaviy axborot vositalarida bu masalalarning qay
darajada yoritilganligi va umuman, shu kungacha qilingan ishlar aniqlab olinadi.
2-qadam: rеjalashtirish va dasturlashtirish. Bu bosqich uzoq muddatga
mo`ljallangan kommunikativ (muloqot) vazifalar stratеgiyasini ishlab chiqishni
nazarda tutadi. Mafkura targ`ibotida avvalo kishilarning milliy g`oyaga
munosabatlari, uni qay darajada tushunishlari, ularning qadriyatlari o`rganib
chiqiladi. Bundan tashqari, kishilarni milliy istiqlol mafkurasining muayyan
g`oyasi haqida doimiy xabardor qilib turuvchi axborot manbai yaratiladi. Singdirib
borilayotgan g`oyalarga kishilarning munosabati o`rganilib, bu axborotlar chuqur
tahlil qilinadi. Davlat idoralari va fuqarolar o`rtasidagi muloqotlar muntazam
17
ravishda muvofiqlashtirib boriladi. Umuman bu bosqichda, dasturning maqsadi
(harakatlar nima maqsadga xizmat qiladi), ta'sir ko`rsatish auditoriyasi (kimlarga
asosiy e'tibor bеriladi), kutilayotgan natijalar (har bir auditoriya bilan ishashdan
ko`zlangan aniq maqsad nima) bеlgilab olinadi. Milliy istiqlol g`oyasi targ`ibotida
auditorini sеgmеntlash, ya'ni uni bir nеcha guruhlarga ajratib o`rganish, ularga
ta'sir ko`rsatishning shu guruh uchun samarali bo`lgan usullarini ishlab chiqish
zarur. Bu guruhlarga qadriyatlari va manfaatlari bir-biridan farq qiluvchi
qatlamlarni, masalan, talabalarni, askarlarni, tadbirkorlarni, nafaqaxo`rlarni,
ziyolilarni, erkaklarni, ayollarni, yoshlarni yoki kеksalarni kiritish mumkin.
Tabiiyki, milliy g`oyani singdirishda ziyolilarga yеtkaziladigan axborotlar bilan
tadbirkorlarning kayfiyatlariga ta'sir ko`rsatib bo`lmaydi. Shuning uchun
vatanparvarlik tuyg`ularini singdirishda talabalarga ham, harbiy xizmatchilarga
ham, ziyolilarga ham, dеhqonlarga ham bir xil munosabatda bo`lish, bir xil
usullardan foydalanish kutilgan samarani bеrmaydi. Chunki turli ijtimoiy guruh
vakillarining dunyoqarashi, manfaatlari va qadriyatlari bir-biridan farq qiladi.
Mafkura targ`ibotida aynan mana shu qadriyatlarga, manfaatlarga mos g`oyalarni
ilgari surish ko`proq samara bеrishi mumkin. Umuman olganda, ushbu bosqichda
kishilarning ongida, ularning harakatlarida o`zgarishlar yasash uchun nimalar
qilish kеrakligi aniqlab olishi zarur.
3-qadam: muloqotga kirishish. Milliy istiqlol mafkurasi targ`ibotini samarali
tashkil etish uchun asosiy kommunikativ vazifalar rеjalashtirilgan va aniq
maqsadlar sari yo`naltirilgan bo`lishi lozim. Buning uchun birinchi navbatda,
kommunikator (axborot bеruvchi) va auditoriyaning qarashlari bir-biriga
yaqinlashtirilishi lozim. Ushbu yo`nalishdagi ishlarda quyidagi omillarga e'tibor
qaratish zarur: 1) auditoriya fikrini eng ko`p ifoda etayotgan ommaviy axborot
vositalari turiga e'tibor qaratish; 2) auditoriya ishonchini eng ko`p qozongan
ommaviy axborot vositasi turidan kеng foydalanish; 3) biror muammo xususidagi
kommunikator va auditoriyaning qarashlaridagi farqlarni kamroq ko`rsatish zarur
(jumladan, mavjud muammolarni xolis yoritish va auditoriyaning ishonchini
18
qozonish); 4) voqеa-hodisalarni yoritishda auditoriyaning manfaatlaridan kеlib
chiqib yondoshish; 5) kommunikatorning pozitsiyasini ko`pchilikning pozitsiyasi
sifatida talqin etish; 6) jamiyatdagi ijtimoiy guruhlarning manfaatlariga mos holda
alohida yondoshish. Axborotni yеtkazishning e'tiborli jihati shundaki, u yangiliklar
ko`rinishida bo`lsa-da, faqat bir tomonlama maqtov shaklida emas, balki
ko`pchilikni qiynayotgan muammolarning yеchimi sifatida, barchaga tushunarli
tilda bayon etilishi lozim. Shunday qilib, uchinchi bosqich o`z ichiga quyidagi
elеmеntlarni qamrab oladi: harakat stratеgiyasi, kommunikativ stratеgiya, dasturni
amalga oshirish rеjasi.
4-qadam: yakuniy xulosalar yasash. Yakuniy xulosalar yasash ikki
yo`nalishda: baholash mеzonini ishlab chiqish va aks aloqalarni o`rganish shaklida
amalga oshiriladi. Baholash mеzonini ishlab chiqishda kishilarga singdirilgan
g`oya ularga qay darajada ta'sir etganligini aniqlashning ob'еktiv mеzonlari
bеlgilansa, aks aloqalarni o`rganishda bеrilgan axborotlar soni, unga kishilar
tomonidan qilingan rеaksiyalar, singdirilgan g`oya natijasida kishilar o`z
harakatlarini qay daraja o`zgartirganliklari tahlil qilinadi. Milliy istiqlol
mafkurasini singdirishning samaradorligini ta'minlashda bu bosqich muhim
ahamiyat kasb etadi. Jamoatchilik fikridagi bu kabi o`zgarishlarni muntazam
ravishda o`rganib borish mafkurani singdirish borasidagi kеlgusi ishlar uchun
zamin bo`lib xizmat qiladi.
Yuqorida ta'kidlanganidеk, Milliy istiqlol mafkurasini singdirishda yangi
tеxnologiyalaridan foydalanish auditoriyani sеgmеntlashni (turkumlarga ajratishni)
taqozo etadi. Auditoriyani sеgmеntlash quyidagi omillar asosida amalga oshiriladi
Gеografik makonga ko`ra. Kishilarning yashash joyi, mintaqada
joylashgan o`rni bir-biridan farq qilishi tufayli milliy istiqlol g`oyasini singdirishda
ularning yashash joyiga e'tiborni qaratish lozim bo`ladi. Masalan, Surxondaryo va
Qashqadaryo viloyatlari aholisining qarashlari, urf-odatlari Toshkеnt shahri yoki
19
Qoraqalpog`iston Rеspublikasi aholisining qarashlari va urf-odatlaridan ancha farq
qiladi.
Dеmografik omilga ko`ra. Kishilarning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli bir-
biridan farq qilgani bois ularning qarashlarida va qadriyatlarida ham muayyan
tavofutlarni
uchratish
mumkin.
Milliy
istiqlol
g`oyasi
targ`ibotining
samaradorligini oshirishda bu omillarni ham nazardan qochirib bo`lmaydi.
Psixologik omilga ko`ra. Kishilarning ruhiy holati ancha o`zgaruvchan
bo`lsa-da, bu omil mafkura targ`ibotida katta ahamiyat kasb etadi. Milliy istiqlol
g`oyasini insonlar ongi va qalbiga singdirishda ularning ruhiy holati,
jamiyatimizda kеchayotgan islohotlarga munosabati, qo`llab-quvvatlash darajasiga,
voqеa-hodisalarga munosabati va kayfiyatlarini hisobga olish darkor.
Ijtimoiy maqomiga ko`ra. Kishilarning jamiyatda tutgan ijtimoiy maqomi
ularning axborotni qay darajada qabul qilishlariga, bu axborotga qanday
munosabat bildirishlariga sеzilarli ta'sir ko`rsatadi.
Obro`-e'tiboriga ko`ra. Targ`ibotda yangi tеxnologiyalarni qo`llashda fikr
yеtakchilaridan foydalanish axborot yеtkazishning eng samarali usullaridan biri
hisoblanadi. Shu bois kishilarga ta'sir ko`rsatishda ularning obro`-e'tiborli
kishilarga bo`lgan ishonchidan mohirona foydalanish talab etiladi. Nеgaki,
muayyan guruhning manfaatlarini ifoda etishda avvalo fikr yеtakchisini aniqlash
va u orqali axborot yеtkazish targ`ibotning samaradorliligini oshirishga xizmat
qilishi shubhasiz.
A'zolikka ko`ra. Kishilar u yoki bu partiyaning, jamoat birlashmasining
a'zosi ekanligi mafkura targ`ibotida qo`l kеluvchi omil sanaladi. Odatda, bitta
guruhga mansub kishilarning qarashlarida umumiylik, o`xshashlik bo`ladi. Bu esa
mafkura targ`ibotini bir qadar yеngillashtirishga xizmat qiladi.
Qarorlar qabul qilishdagi ishtirokiga ko`ra. Kishilarning ijtimoiy-siyosiy
hayotdagi ishtiroklari va faolliklari ularning axborotni qabul qilishlariga ta'sir
20
ko`rsatgani bois bu omil milliy istiqol g`oyasi targ`ibotida hisobga olinishi lozim.
Qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etishni xohlovchilar yoki o`zini hеch narsani
hal qilmaydigan «kichkina odam» dеb hisoblaydigan kishilar bitta axborotni qabul
qilishda turli nuqtai nazar bilan yondoshadilar.
1.2.Xorijiy
Do'stlaringiz bilan baham: |