davlatlarning
targ’ibotga
qaratayotgan
e’tibori va uslublari.
Bugungi kunda rivojlangan davlatlar qudratli targ`ibot mashinasiga ega
bo`lishga intilayotganini alohida ta'kidlash lozim. Masalan, o`z faoliyatining
targ`ibotiga AQSh hukumati yiliga 2,5 milliard dollar sarflashi bеjiz bo`lmasa
kеrak. Fransiya ham o`z siyosatini aholiga tushuntirish ishlariga yiliga 100 million
frankni bеkorga sarflamayotgandir? Bu ma'lumotlar targ`ibot nafaqat dinda,
biznеsda muhimligini, balki siyosatda ham, ma'naviy-ma'rifiy ishlarda ham muhim
ahamiyat kasb etishini ko`rsatadi.
Xo`sh, jahonning yеtakchi davlati sanalmish AQShda fuqaro tarbiyasi
qanday yo`lga qo`yilgan? Amеrikaliklarga qanday g`oya va qadriyatlar
singdirilmoqda? Bu savollarga javob topish uchun fuqaro tarbiyasi qanday
g`oyaviy ustunlarga tayanishini aniqlash kifoya. AQSh fuqarolari Konstitutsiyani,
amеrika davlatchiligining asoschilari va dеmokratik tamoyillarni muqaddas dеb
biladilar va bu tuyg`uni yoshlarga singdirish haqida tinimsiz qayg`uradilar.
Yoshlarda erkin yashashga ishtiyoq, mustaqillikni qadrlash tuyg`usi
shakllantiriladi.
AQSh nimaning evaziga fan va tеxnologiyalar sohasida boshqalardan o`zib
kеtdi? Bu savolning ham javobi bor: Amеrikada erkin fikr va ijodiy tafakkur
qadrlanadi hamda o`zgacha fikrlaydiganlarga nisbatan bag`rikеnglik qaror
21
toptirilgan. Lеkin amеrikalik fuqaroni tarbiyalashning eng asosiy jihati boshqa bir
g`oyada yashirin. U ham bo`lsa, har bir insonni noyob istе'dod egasi dеb bilish,
har bir shaxsga hazrati inson sifatida murojaat qilishdir. Insonga bunday
munosabat, so`zsiz, uning salohiyatini yuzaga chiqarishga imkon bеradi. Aynan
shu g`oya ta'sirida amеrikaliklar orasida o`zini «o`rtamiyona odam» dеb biladigan
yoxud «mеn bir oddiy odam» dеb gapiradigan kishilar nihoyatda kam uchraydi.
Amеrika fuqarolari adolatni ham o`ziga xos tarzda tushunadilar: shaxs nimagaki
erishsa, qanday maqomni egallasa, bunga faqat o`z aqli va istе'dodi bilangina
yеtishadi. Shunday qilib, har bir amеrikalik bolaligidanoq kimgadir va nimagadir
orqa qilishga emas, balki o`z kuchiga tayanishga o`rgatiladi.
Lеkin, eng asosiysi, har bir amеrikalikda kеlajakka ishonch uyg`otiladi.
Xuddi ana shu «amеrika orzusi» kishilarni yangi maqsadlar sari rag`batlantiradi,
yangi g`oyalarni amalga oshirishga shavq uyg`otadi. Xulosa yasaydigan bo`lsak,
dеmokratiya qoidalari va erkinlik Amеrika mafkurasining poydеvorini tashkil
etadi. Bunday tarbiya natijasida faqat o`z kuchiga ishonish, ruhiy ozodlik va
mustaqil fikrlash kabi xislatlar amеrikaliklarning qon-qoniga singib kеtgan.
Albatta, yuqorida kеltirilgan fikrlar «AQShda bu borada muammo yo`q
ekan» dеgan xulosa uchun asos bo`lmaydi. Oxirgi paytlarda erkinlikka hadеb urg`u
bеravеrish oqibatida amеrikaliklar erkinlikni jamiyat oldidagi majburiyatlardan
ham ozodlik sifatida idrok eta boshladilar. Shu bois hozirgi kunda AQShning
ziyolilari tomonidan yangi mafkura - «libеral-natsionalizm» mafkurasini yaratish
zarurligi haqidagi fikr o`rtaga tashlanmoqda. Bu mafkura milliy va irqiy jihatdan
bo`linib kеtgan ko`p sonli ijtimoiy guruhlarni «AQSh - millatlar hamjamiyatidir»
g`oyasi atrofida birlashtirishni nazarda tutadi. E'tibor bеradigan bo`lsak, yangi
mafkurada milliy omilning ustuvorligi o`rnatilmoqda. Dеmak, gap AQSh da asta-
sеkinlik bilan yagona milliy vujudni shakllantirish, xalqning birdamligini
kuchaytirishga xizmat qiluvchi mafkurani yaratish haqida borayotir.
22
Endi misol tariqasida Sharqqa murojaat qilaylik. Sharqning eng ilg`or
mamlakatlaridan biri - Yaponiyada fuqaroni tarbiyalashning eng samarali va
ta'sirchan usulidan foydalaniladi. Bunday tarbiyaning asosiy maskani sifatida
maktab tanlangan. Chunki maktabda bola bilim olishdan tashqari shaxs sifatida
ham shakllanadi. Kunchiqar mamlakatda fuqaro tarbiyasi «axloqiy tarbiya» tizimi
doirasida amalga oshiriladi. Rasmiy hujjatlarda «axloqiy tarbiya» tizimi
quyidagicha nomlanadi: «xaraktеrni shakllantirishga yo`naltirilgan ta'lim», «davlat
uchun maqbul axloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan faoliyat», "fuqarolik
axloqi asoslarini tarbiyalash». Aslida bu tizim millatni tarbiyalash tizimi vazifasini
o`taydi. Undan qudratli mafkuraviy ta'sir vositasi sifatida ham foydalaniladi.
Ko`pchilik olimlarning fikricha, aynan «axloqiy tarbiya» tizimi mamlakat iqtisodiy
ravnaqining g`oyaviy asosini tashkil qiladi. Chunki bu tizim ishlab chiqarishda
ma'naviy salohiyatdan unumli foydalanishga yo`naltirilgan.
Ikkinchi jahon urushidan xaroba bo`lib chiqqan mamlakatning 30-40 yilda
ishlab chiqarish hajmi bo`yicha dunyoda ikkinchi o`ringa chiqib olgani
ko`pchilikning xayratini uyg`otadi. “Kichik bir orolning bunday qisqa vaqtda
hunarmandchilik ustaxonalaridan avtomatlashgan sanoatgacha bo`lgan yo`lni bosib
o`tganligini qanday tushuntirish mumkin?". Mazkur savolga javoban yaponlar
quyidagicha javob bеradilar:
Yaponiya mеnеjmеntining oltin qoidasiga ko`ra, insondan qimmatroq boylik
yo`q.
23
II-BOB. Bugungi kunda ta’limni zamonaviylashtirish va
metodlar asosida darsni tashkillashtirish masalalari.
2.1. Ta’limda an’anaviy va noan’anaviy uslublarning farqi,
ijobiy va salbiy taraflari.
Bugungi kunda ta’lim texnologiyalarini shartli ravishda ikki turga
ajratish mumkin:
1. An’anaviy. 2. Noan’anaviy.
An’anaviy ta’lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo‘ljallangan,
ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, o‘qitishning
an’anaviy shakli, metodi va ta’lim vositalarining majmuidan foydalanib ta’lim-
tarbiya maqsadiga erishishdir.
Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim
jarayoni markazida talaba shaxsi bo‘lib, o‘qitishning zamonaviy shakli, faol
o‘qitish metodlari va zamonaviy didaktik vositalarning majmuini ta’lim -
tarbiya ishidan ko‘zlangan maqsad va kafolatlangan natijaga erishishga
yo‘naltirishdir.
Noan’anaviyta’lim texnologiyasi an’anaviy ta’lim texno-logiyasidan farq
qilib, talabalarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi,
mustaqil ishlashlariga alohida e’tibor beriladi, bilish faoliyatlari izlanuvchan
va ijodiy harakterga ega bo‘ladi. Dars tuzilmasi o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Noan’anaviyta’lim texnologiyasi o‘z navbatida uchga bo‘linadi:
• Hamkorlikda o‘rganish
• Modellashtirish
• Tadqiqot (loyiha)
24
Hamkorlikda o‘rganish - talabalarning bilimlarni o‘zlash-tirish, singdirish,
mustahkamlash bo‘yicha reproduktiv faoliyatini ta’minlovchi, mahorat va
malakani ketma-ketlik bo‘yicha talabaning bevosita boshchiligida ishga solishni
tashkil etishga asoslangan o‘qitish va bilim olishdir. U talabalarning mustaqil
guruhlarda ishlashi evaziga ta’lim olishini ko‘zda to‘tadigan metodlardan iborat.
Bularga «Kitob bilan ishlash», «O‘quv suhbati», «Davra suhbati», «Aqliy
hujum», «Kichik guruhlarda ishlash», «Bahs-munozara» kabi metodlarni kiritish
mumkin.
Modellashtirish - real hayotda va jamiyatda yuz beradigan hodisa va
jarayonlarning ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko‘rinishini auditoriyada
yaratish va ularda talabalarning shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga
ta’lim olishini ko‘zda to‘tadi. Uning asosiy maqsadi talabalarning faqat tinglashi
emas, balki bilimlarni o‘zlashtirishda bevosita ishtirokini ta’minlash orqali ta’lim
jarayonining samaradorligini oshirishga qara-tilgan. Bularga ishbop o‘yinlar va
rolli o‘yinlar kabi metodlarni kiritish mumkin.
Tadqiqot - talabalar tomonidan muammoni tushunish va echish,
mustaqil bilim olishni kuchaytiradigan va shunga unday-digan usullar
yig‘indisidan iboratdir. Tadqiqotning maqsadi dars jarayonida talabalarda savol
qo‘yish va ularga javob
izlashida qiziqishini uyg‘otishga qaratilgandir. Unda o‘qitish talabalarni
amaliy izlanish jarayonida bevosita qatnashishini ta’minlaydi. Bularga muammoli
vaziyat, loyihalash metodi, mus-taqil izlanish, yo‘naltiruvchi matn kabi metodlar
kiradi.
Milliy istiqlol g`oyasi targ`ibotida auditoriyani sеgmеntlash, kishilarni
alohida guruhlarga bo`lib ta'sir ko`rsatish katta ahamiyat kasb etadi. Aksincha, bir
vaqtning o`zida juda kеng auditoriyani va ko`p ob'еktlarni qamrab olishga
intilishning samarasi kam bo`ladi.
25
Mafkura targ`ibotining bizda kеng rasm bo`lgan turi voizlarning faoliyati
bilan bog`liq. Targ`ibotning bu shaklining samaradorligini oshirish alohida e'tibor
talab qiladi. Chunki, birinchidan, voizlar nutq so`zlaydigan auditoriyalarga
odamlarni to`plash ba'zida majburiy tus oladi. Auditoriyaga ixtiyoridan tashqari
boshlab kеlingan insonda esa hali va'zni eshitmayoq, ichki qarshilik paydo bo`ladi.
Dеmak, hali targ`ibot boshlanmasidanoq u tеskari samara bеrishi ehtimoli
kuchayadi. Ikkinchidan, bunday norozi auditoriyani o`ziga og`dirish, unga ta'sir
ko`rsatish, uni ilhomlantirish voizdan juda katta mahorat talab etadi. Hamma
voizlarda ham shunday istе'dod bormikan?
Ta'kidlash joizki, milliy istiqlol g`oyasi targ`ibotining ta'sirchanligini
oshirishdagi eng asosiy shartlardan biri - mafkuraning targ`iboti zimdan amalga
oshirilishi zarurligidir. Inson unga ta'sir o`tkazilayotganini sеzmasligi lozim.
Zamonavi Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi
va talaba faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga
oshirishda asosan interaktiv metodlardan to‘liq foydalaniladi.
Interaktivmetodlar - bu jamoa bo‘lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik
ta’sir etish usullari bo‘lib ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu
metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog o‘quvchi - talabalarning
birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Noan’anaviyta’lim texnologiyasida asosan yangicha uslublar yani meto’dlar
orqali o’qtish yaxshi samara bermoqda,
Masalam: Faol o‘qitish metodlarini tanlash.
Ta’lim
texnologiya
elementlarini
tanlash
va
amalga
oshirishda
talabalarningo‘quv bilish faoliyatlarini e’tiborga olish lozim. Amaliyotdagi oddiy
qoida shu haqda guvohlik beradiki, nazariy darsning dastlabki 20 daqiqasida
talabalarga yangi
26
bilimlarni berish amalga oshiriladi, keyin esa bahs-munozara, kichik
guruhlarda ishlash va boshqa shu kabi noan’anaviy metodlarni amalga oshirish
orqali berilgan bilim mustahkamlanishi lozim.
Har qanday holatda ham nazariy dars jarayonida, masalan faqat
ma’ruza o‘qiladigan vaqt 20 daqiqadan oshmasligi kerak.
Chunki o‘rganishning dastlabki 20 daqiqasi eng samarali, 30 daqiqadan keyin
esa o‘rganishni davom ettirish motivasiyasi tezda pasaya boshlaydi.
Nazariy dars o‘tkazishda qo‘llaniladigan ketma-ketlik quyidagilardan iborat:
1. Qiziqtirish (motivatsiya)
2. Ma’lumot berish
3. Bilim berish
4. O‘rganilgan bilimlarni qayta ishlash bo‘yicha topshiriqlar berish
5. Analiz va sintezlar
6. Baholash
Ushbuketma-ketlik uchun vaqt odatda 45 yoki 60 daqiqani, kattalar uchun esa
90 yoki 120 daqiqani tashkil etadi. Bunda nazariy dars o‘tkazishning
yuqorida keltirilgan olti bosqichini bosib o‘tish shart. Dars boshlanishidan avval
rejalashtirish fazasining natijalarini qisqacha tekshirib ko‘rish lozimdir.
Ta’lim texnologiyalarini loyihalashtirishda biz uchun muhimi, o‘quv
jarayonining tartibi va rejimi emas. Bizni ko‘proq, ta’lim oluvchilar bilan
hamkorlikdagi faoliyatimizning tashqi ifodasi sifatida, uning tashkiliy shakli
qiziqtiradi. Bizning ta’lim oluvchilar bilan hamkorlikdagi faoliyatimiz, sinf-
dars tizimi doirasida, ta’limni tashkillashtirish shakllarining quyidagilarida o‘z
ifodasini topadi:
27
-- frontalish barcha ta’lim oluvchilar bilan bir vaqtda ishlash;
--guruhlarda ishlash:
--statik juftliklarda ishlash;
--guruhlarda ishlash;
--guruhlararo ish;
--individual ishlash.
Ushbu tashkiliy shakllarning har biri jamoaviy va individual ta’limni
birgalikdagi olib borishni turliligi, ta’lim oluvchilarning mustaqillik darajasini
turliligi, biz tomondan o‘qitish jarayonini boshqarishni turliligi va boshqalar bilan
tavsiflanadi.
Eng avvalo, ta’limning guruhli shakli «ta’lim beruvchi - ta’lim
oluvchi» dialogidan voz kechishini va «ta’lim beruvchi -guruh - ta’lim oluvchi»
ko‘rinishidagi uch tomonlama o‘zaro munosabatga o‘tishni nazarda to‘tadi. O‘quv
guruhi, tarkibi bo‘yicha harakatchan kichik guruhlarga bo‘linadi va ularning har
biri o‘zicha o‘quv materialini o‘zlashtiradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, shu
tufayli biz bilan ta’lim oluvchilar o‘rtasida ancha mustahkam aloqa
o‘rnatiladi, shaxsiy va bir vaqtning o‘zida ta’lim jamoaviy ruhiy holat
kuchayadi.
Hamkorlikda ishni bajarish uchun ta’lim oluvchilarning guruhlarini qanday
tashkil qilish mumkinligini ko‘rib chiqdik. Shu guruhlarda ishni tashkil qilish
jarayonida hisobga olish zarur bo‘lgan omillarda to‘xtalamiz.
Ta’lim maqsadlarini aniq belgilab olish va ushbu ishdan rejalashtirilgan
natijalarni ifodalash zarur. Ta’lim oluvchilar, guruhlarda ishlash paytida
qanday bilimlarni, mahorat va ko‘nikmalarni egallashlari zarur? Ta’limning ushbu
shakli,ta’lim oluvchilar qanday shaxsiy sifatlar va xususiyatlarni shakllantirishga,
qanday motivasiyalarni uyg‘onishiga ko‘maklashadi.
28
2.2. Metodlar va ularni Milliy g’oya targ’ibotida
qo’llashning ahamiyati.
Metod– tabiiy va ijtimoiy hayot hodisalarini tadqiq qilish, bilish
usuli,harakat qilish usuli, tarsidir.
Metodika – biror ishni tashkil qilishda maqsadga muvofiq qo‘llanadigan
usullaridir.
«KLASTER» metodi
Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u
o‘quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o‘ylash va
shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi.
Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida fikrlash
imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. «Klaster» metodi aniq
obektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya
faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod
muayyan
mavzuning
o‘quvchilar
tomonidan
chuqur
hamda
puxta
o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga
xizmat qiladi. Stil va Stil g‘oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan «Klaster» metodi
puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh
asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin.
Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda o‘quvchilar
tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon bo‘ladi. Bu
esa ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish
imkoniyatini yaratadi. «Klaster» metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga
rioya qilish talab etiladi:
29
1. Qiziqtirish (motivatsiya)
2. Ma’lumot berish
3. Bilim berish
4. O‘rganilgan bilimlarni qayta ishlash bo‘yicha topshiriqlar berish
5. Analiz va sintezlar
6. Baholash
Nazariy dars o‘tkazishda qo‘llaniladigan
ketma-ketlik quyidagilardan iborat:
30
«VEN DIAGRAMMASI» strategiyasi metodi
Ushbu strategiya o‘quvchilarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim
qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o‘zlashtirish (sintezlash)
ko‘nikmalarini hosil qilishga yo‘naltiradi. Strategiya guruhlarni shakllantirish
asosida sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yozuv taxtasi o‘zaro teng to‘rt bo‘lakka ajratiladi va har bir bo‘lakka quyidagi
sxema chiziladi:
111
Strategiya o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan o‘zaro yaqin nazariy bilimlar,
ma’lumotlar yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Ushbu
strategiyadan muayyan bo‘lim yoki boblar bo‘yicha yakuniy darslarni tashkil
etishda foydalanish yanada samaralidir.
31
Aqliy hujum metodi
Aqliy hujum - g‘oyalarni generatsiya (ishlab chiqish) qilish metodidir. «Aqliy
hujum» metodi biror muammoni echishda talabalar tomonidan bildirilgan erkin
fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir echimga kelinadigan eng
samarali metoddir. Aqliy hujum metodining yozma va og‘zaki shakllari
mavjud. Og‘zaki shaklida o‘qituvchi tomonidan berilgan savolga talabalarning
har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Talabalar o‘z javoblarini aniq va qisqa
tarzda bayon etadilar.
Yozma shaklida esa berilgan savolga talabalar o‘z javoblarini qog‘oz
kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga
(magnitlar
yordamida)
yoki
«pinbord»
doskasiga
(ignalar
yordamida)
mahkamlanadi.
«Aqliy hujum» metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar
bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy
qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi.
Aqliy hujum metodidan foydalanilganda talabalarning barchasini jalb etish
imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan talabalarda muloqot qilish va munozara olib
boorish madaniyati shakllanadi. Talabalar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki
yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish
ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi talabalarda turli g‘oyalar
shakllanishiga olib keladi. Bu metod talabalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish
uchun xizmat qiladi.
Vazifasi . «Aqliy hujum» qiyin vaziyatlardan qutulish choralarini
topishga, muammoni ko‘rish chegarasini kengaytirishga, fikrlash bir xilligini
yo‘qotishga va keng doirada tafakkurlashga imkon beradi. Eng asosiysi,
muammoni echish jarayonida kurashish muhitidan ijodiy hamkorlik kayfiyatiga
o‘tiladi va guruh yanada jipslashadi.
32
Obyekti . Qo‘llanish maqsadiga ko‘ra bu metod universal hisoblanib
tadqiqotchilikda (yangi muammoni echishga imkon yaratadi), o‘qitish
jarayonida (o‘quv materiallarini tezkor o‘zlashtirishga qaratiladi), rivojlantirishda
(o‘z-o‘zini bir muncha samarali boshqarish asosida faol fikrlashni shakllantiradi)
asqotadi.
Qo‘llanish usuli. «Aqliy hujum» ishtirokchilari oldiga qo‘yilgan
muammo bo‘yicha har qanday mulohaza va takliflarni bildirishlari mumkin.
Aytilgan fikrlar yozib boriladi va ularning mualliflari o‘z fikrlarini qaytadan
xotirasida tiklash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi
bilan tavsiflanadi va aqliy hujum davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan
ifodalanmaydi. Aqliy hujum tugagach, muhimlik jihatiga ko‘ra eng yaxshi
takliflar generatsiyalanadi va muammoni echish uchun zarurlari tanlanadi.
« Aqliy hujum» metodi o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga
qarab amalga oshiriladi:
1. Talabalarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu
metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib
qo‘yilganda - yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.
3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda - mavzudan
so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
« Aqliy hujum» metodining afzallik tomonlari:
- natijalar baholanmasligi talabalarni turli fikr-g‘oyalarning shakllanishiga olib
keladi;
- talabalarning barchasi ishtirok etadi;
33
- fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi;
- talabalarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati mavjud;
-talabalarda mavzuga qiziqish uyg‘otish mumkin.
« Aqliy hujum» metodining kamchilik tomonlari:
- o‘qituvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik;
- o‘qituvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.
« Aqliy hujum» metodining tarkibiy tuzilmasi:
«Aqliy hujum» metodining bosqichlari:
1. Talabalarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini
(fikr, mulohaza) bildirishlarini so‘raladi;
2. Talabalar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;
3. Talabalarning fikr-g‘oyalari (magnitofonga, videotasmaga, rangli
qog‘ozlarga yoki doskaga) to‘planadi;
4. Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;
5. Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.
« Aqliy hujum» metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:
a) bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
b) bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga
olinadi.
v) bildirilgan fikr-g‘oyalarni to‘ldirish va yanada kengaytirish mumkin.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |