58
yetaklanuvchi oboymani shesternyalari 4 orasidagi o‟yiqchalarning toraygan qismida
siqiladi.
Dvigatel ishga tushgandan so‟ng maxovik yuritmaning shesternyasini starterga
nisbatan tez aylantira boshlaydi (burovchi moment maxovikdan startyorga uzatiladi).
SHu davrda roliklarni o‟yiqlarning kengaygan tarafiga surib siqilishdan chiqaradi.
Natijada maxovikdagi burovchi moment startyorning yakor valiga uzatilmaydi.
Elektromagnitli majburiy ulovchi, yuritma shesternyasini majburiy ajratuvchi,
plunjersiz rolikli erkin aylanuvchi muftali va masofadan boshqariladigan
startyorning umumiy ko‟rinishi keltirilgan.
Reduktorli starterlar bir qator afzalliklarga ega, xususan, ularning o‟lchamlari
va massasi kichik, elektrodvigatellaridagi aylantiruvchi momenti pasayishi hisobiga
dvigatelni ishga tushirish jarayonida akkumulyator batareyasiga tushadigan yuklama
qiymati ancha kamayadi, past temperaturalarda dvigatellarning ishonchli ishga
tushirish imkoniyati ortadi. SHu bilan birga reduktorli starterlar kamchiliklardan
ham holi emas va ularning eng asosiylari quyidagilar: erkin yurish muftalariga
tushadigan yuklama ortadi va ularning ishonchli ishlash darajasi pasayadi; reduktor
tufayli va elektrodvigatel yakorining aylanish chastotasi yuqoriligi sababli starter
ortiqcha shovqin bilan ishlaydi; yakorь aylanish chastotasining yuqoriligi cho‟tka va
kollektorlarning ishlash sharotini og‟irlashtiradi va ularni yeyilishini tezlashtiradi.
2.2. Bevosita
boshqariladigan starterlar
Bu gruppadagi starterlarga yuk avtomobilning dvigateliga o‟rnatiladigan
ST130-B startyori kiradi. Starter ishga tushirish dvigatelini yurgizishga xizmat qiladi
va 12V kuchlanishda quvvatini 0,43 kVt ga yetkazadi. Korpus, uchirgichi, yakorь,
qopqoq va yuritish mexanizmi startyorning asosiy qismlari hisoblanadi. Korpus to‟rt
qutbli boshmoq va to‟rtta g‟altak elektromagnit hosil qiladi.
Korpus alyuminiy qotishmasidan yasalgan bo‟lib, unda himoya lentasi bilan
berkitilgan cho‟tkalarga yaqinlashish uchun darcha bor. Korpusga qutbli boshmoqlar
vintlar bilan mahkamlanib, bu boshmoqlarga mis lentadan iborat g‟altaklar
kiygizilgan. G‟altaklar uyg‟otish chulg‟amini hosil qilib, uning bir uchi bosh
qismaga, ikkinchisi, ya‟ni ikkita parallel tarmoqqa bo‟lingani musbat cho‟tkalarga
ulanadi. Dvigatelni ishga tushirishda richag vositasida uchirgichi qalpoqchasiga
bosiladi, natijada qo‟zg‟aluvchan kontakt qismlarni tutashtiradi. Starter zanjiriga
ulanadi va akkumulyator batareyasidan tok oladi.
Starter qopqog‟ida (2.8 - rasm) to‟rtta cho‟tka tutkich bo‟lib, bulardan
qopqoqdan izolyatsiyalangan ikkitasi musbat cho‟tkalar, izolyatsiyalanmagan
ikkitasiga tmanfiy cho‟tkalar o‟rnatilgan. CHo‟tkalar MGS va MGSA qotishmasidan
yasalgan (M - mis, G -grafit, S-qo‟rg‟oshin, A - alyuminiy). Musbat cho‟tkilar ip-
gazlama bilan izolyatsiyalangan egiluvchan ko‟p tomirli simlar vositasida uyg‟otish
chulg‟amida uchlariga ulangan, manfiy cho‟tkalar xuddi shunday simlar vositasida
korpusga, ya‟ni massaga ulangan, biroq ular izolyatsiyalanmagan. CHo‟tkalarni
cho‟tka tutqichlarning egilgan yassi prujinalari 0,9 - 1,3 kgk bilan bosib turadi.
qopqoqqa bronza-grafit vtulka 4 o‟rnatilgan.
Starter yakori (2.8 - rasm) kollektor, chulg‟am, o‟zak va valdan tuzilgan.
Valga o‟zak plastinalari mahkamlanadi va unda yuritish mexanizmi vtulkasi surilishi
uchun shlitsa bor.
59
2.8 - rasm. ST130-B starteri
1 - qopqoq; 2 - cho‟tka tutqich; 3 - prujina; 4 - vtulka; 5 - vint uchun teshik; 6
-izolyatsiya; 7 - kollektor; 8 - o‟zak; 9 - chulg‟am; 10 - val; 11 - val shlitsalari; 12 -
tashqi oboyma; 13 - plunjer; 14 - rolik; 15 - ichki oboyma; 16 - bronza grafit vtulka;
17-kojux.
Uyg‟otish chulg‟ami joylashgan to‟rt qutibli induktor starter qorpusidir.
CHulg‟amlarni ulash sxemasi 2.8 - rasmda ko‟rsatilgan. Yakor zanjirida va
ta‟minlash manbaida uyg‟otish chulg‟amlari ketma - ket ulangan starterlar ko‟p
tarqalgan. CHunki joyidan qo‟zg‟alishda bu elektr dvigatellar katta moment hosil
qiladi. Lekin elektr dvigatel valida yuklanish kamayishi bilan yakorning aylanishlar
soni ortadi va dvigatel yurib ketgach, starter yuk butunlay tushmaydi; bunda
yakorning aylanishlar soni bir necha minggacha (5-7 ming ayl/min) ko‟tariladi.
Yakorning aylanish tezligi haddan tashqari ortib kenishining oldini olish uchun ba‟zi
starterlarda tormoz qurilmasi ishlatiladi yoki induktor qutiblaridan biriga chulg‟am
SH (shuntli) o‟rnatiladi; bu chulg‟am ta‟minlash manbaining to‟la kuchlanishiga
ulangan bo‟ladi. Starter yuk kamroq tusha borishi bilan ketma - ket ulangan
uyg‟otish chulg‟ami
Do'stlaringiz bilan baham: