Namangan muhandislik-qurilish


Kontakt-tranzistor rele-rostlagichlarning ishlash printsipi



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/252
Sana24.01.2022
Hajmi7,74 Mb.
#408115
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   252
Bog'liq
elektir javoblari

1.7. Kontakt-tranzistor rele-rostlagichlarning ishlash printsipi 
 
Avtomobil  generatorlari  murakkab  sharoitlarda  ishlaydi:  dvigatel  tirsakli  vali 
va u bilan birga generator rotorining aylanish soni tez  - tez o‟zgarib turadi, bundan 
tashqari, ular kuchli siltanadi, tez  ifloslanadi. Bunday  misol keltirish  mumkin:  agar 
drossel  zaslonkasini  ochish  darajasi  o‟zgartirilsa  yoki  issiqlik  ko‟p  uzatilsa,  unda 


 
49 
tirsakli valning aylanish soni dastlabkisiga nisbatan 4  - 6 marta o‟zgarishi mumkin. 
Tirsakli  val  aylanish  sonining  o‟zgarishi  bevosita  genaratorda  hosil  bo‟ladigan 
E.Yu.K.  ga  ta‟sir  etadi,  generator  rotorining  aylanish  soni  qancha  katta  bo‟lsa, 
E.Yu.K  shuncha  katta  va  aksincha  E.Yu.K.  ning  o‟zgarishi  generator  qismlarida 
kuchlanishni  mos  ravishda  o‟zgartirishga  sabab  bo‟ladi.  Kuchlanishning  normal 
kuchlanishdan  og‟ishi  3%  dan  oshmasligi  lozim.  Agar  u  10  -  12%  oshsa,  unda 
akkumulyatorlar  batareyasi  va  cho‟g‟lanish  lampasining  ishlash  vaqti  2-2,5  marta 
qisqaradi.  Generator  ishlab  chiqaradigan  kuchlanishga  rotorning  aylanish  sonidan 
tashqari  nagruzka  ham  ta‟sir  etadi.  Nagruzka  oshganda,  ya‟ni  ko‟p  iste‟molchilar 
ulanganda qismlardagi kuchlanishning kamayishi ma‟lum. 
 
SHunday  qilib,  normal  kuchlanishni  saqlash  uchun  qismlarda  qo‟shimcha 
ravishda  rostlash  qurilmasi  o‟rnatilmasa,  generator  o‟z  vazifasini  bajara  olmaydi. 
Bunday  qurilma  rele-rostlagich  deb  ataladi.  U  ikkita  alohida  -  alohida  ishlaydigan 
asbob:  kuchlanish  regulyatori  (KR)  va  himoya  relesi  (HR)  dan  tuzilgan.  Kontakt  - 
tranzistor  tipidagi  kuchlanish  regulyatorining  ishlash  printsipi  bilan  tanishib 
chiqamiz (4 - rasm).  
 
Regulyator tranzistor T va elektromagnitaviy reledan tashkiltopgan. Tranzistor 
ishida  R

va  R
d
  rezistorlari  qatnashadi.  Elektromagnitaviy  rele  tarkibiga  o‟zak, 
chulg‟am KRCH, yakor, yakor prujinasi, qo‟zg‟aluvchan va qo‟zg‟almas kontaktlar 
kiradi. Generator ishlab chiqaradigan o‟zgaruvchan tok PV to‟g‟rilagichi yordamida 
o‟zgarmas tokka aylanadi. Bu tok generatorning uyg‟otish chulg‟amiga, kuchlanish 
rostlagich chulg‟ami KRCH ga va tranzistor T zanjiriga uzatiladi. To‟g‟rilangan tok 
uyg‟otish  chulg‟amiga  (agar  berk  bo‟lsa)  ochiq  tranzistor  T  orqali  yoki  rezistor  R 
orqali kelishi mumkin.  
 
Agar generator qismlarida kuchlanish zarur miqdordagi kuchlanishga yetmasa, 
unda  rostlagich  kontaktlari  uziladi,  chunki  chulg‟am  KRCH  dagi  tok  rostlagich 
o‟zagini  magnitlashga  yetmaydi.  Bunday  hollarda  tok  generatorning  uyg‟otish 
chulg‟amiga ochiq tranzistor orqali o‟tadi. Tranzistorni quyidagi zanjirdan o‟tuvchi 
boshqarish  toki  ochadi:  to‟g‟rilagich  “

”  emitter  va  tranzistor  bazasi  -  rezistor    R
b  
massa - to‟g‟rilagich  “-”.    
 
 
7.1-rasm. RR362-B rele-rostlagichining sxemasi: 
1-yarmo;  2-yakor  prujinasi;  3-yakor;  4-kuchlanish  rostlagichning  kontaktlari; 
5-rele chulg‟ami; 6-o‟zak; 7-sim; 8-iste‟molchi (lampa);  


 
50 
KR - kuchlanish rostlagichi; HR - himoya relesi; T - tranzistor; LK - kontrol 
lampa;  GT  -  generator  to‟g‟rilagichi;  B  -  akkumulyatorlar  batareyasi;  MV-massa 
uchirgichi;  S-saqlagich;  KCH  -  ketma  -  ket  chulg‟am;  TCH  -  tutib  turuvchi 
chulg‟am;  GUCH  -generatorning  uyg‟otish  chulg‟ami;  DRP-davriy  rostlash  qayta 
ulagichi;  D
h
,  D
s
,  D
taq 
-  mos  ravishdagi  himoya,  so‟ndiruvchi,  taqsimlovchi  diodlar, 
rezistorlar, R
tk 
- temperaturaviy kompensatsion; R
t
-tezlatuvchi; R

- qo‟shimcha; R


baza. 
 
Bu gruppadagi asboblar ichida, odatda, ko‟pchilik yuk avtomobllarga G304 - 
A1  generatori  bilan  birga  o‟rnatiladigan  RR362  -  B  rele  -  rostlagichi  ancha  keng 
tarqalgan.  RR362  -  B  rele  -  rostlagichi  kuchlanish  rostlagichi,  himoya  relesi  va 
mavsumiy  rostlash  qayta  ulagich  tashkil  topgan.  Kontakt  -  tranzistorli  tipdagi 
kuchlanish rostlagichi ishida elektromagnit himoya relesi va tranzistor ishtiroq etadi. 
Relening  asosiy  qismlari  (7.1-  rasm)  yarmo  1,  yakor  prujinasi  2,  yakor  3,  kumush 
kontaktlar 4, rele chulg‟ami 5, o‟zak 6 dan iborat. Rele va tranzistor T dan tashqari 
rostlagich  ishida  berkituvchi  diod  D

so‟ndiruvchi  diod  D
s
,  temperaturaviy 
kompensatsiya  R
tk
,  tezlatuvchi  R
m
  qo‟shimcha  R
q
  va  baza  R
b
  rezistorlari  ham 
qatnashadi.  Berkituvchi  va  so‟ndiruvchi  D242  diodining  tuzilishi  6-rasmdagiga 
o‟xshash.      
 
RR362-B kuchlanish rostlagich ishlaganda tok zanjiri qanday hosil bo‟lishini 
tekshiramiz.  Generator  akkumulyator  batareyasi  ishga  tushirilgandan  so‟ng  massa 
uchirgichi  VM  yordamida  uyg‟otilishi  mumkin.  Kontrol  lampa  LK  darhol  yonib, 
tranzistor  T  tokini  boshqarishning  quyidagi  zanjiri  hosil  bo‟ladi:  akkumulyator 
batareyasi “

”-ampermetr saqlagich P

- rele - rostlagich qismasi V-berkituvchi diod 
yoki teskari bog‟lanish diodi D

- tranzistor T emitteri va bazasi sim 7 - yarmo baza 
rezistori R

- massa akkumulyator batareyasi “-”. Tranzistor ochiladi va quyidagicha 
uyg‟otish  chulg‟ami  zanjiri  hosil  bo‟ladi:  akkumulyator  batareyasi  “

”  ampermetr, 
saqlagich berkituvchi diod tranzistor emitteri va kollektori himoya relesining ketma-
ket  chulg‟ami  KCH-qisma  SH-generator  uyg‟otish  chulg‟ami  GUCH  massa 
akkumulyator batareyasi “-”. Generator uyg‟ona boshlaydi va tok paydo bo‟ladi. 
 
Generator  qismlarida  kuchlanish  belgilangan  miqdorga  chiqishi  bilan 
kuchlanish  regulyatori  chulg‟amidagi  tok  oshadi  va  rele  kontaktlari  tutashadi. 
Tranzistor bazasi to‟g‟rilagichning musbat chiqishi bilan tutashgan kontaktlar orqali 
ulanadi.  Bu  boshqarish  tokning  yo‟qolishiga  va  tranzistorning  berkilishiga  sabab 
bo‟ladi.  Tok  bunda  generator  uyg‟otish  chulg‟amiga  rezistor  R
d
  orqali  o‟tishga 
majbur,  bu  GUCH  chulg‟amidagi  tok  va  magnit  oqimining  kamayishiga  sabab 
bo‟ladi.  Natijada  generator  ishlab  chiqaradigan  e.yu.k.  kamayadi  va  uning 
qismalaridagi  kuchlanish  ham  kamayadi.  Agar  dvigatel  tirsakli  valining  aylanish 
soni yoki generatordagi nagruzka o‟zgarsa, bunday jarayonlar uzluksiz sodir bo‟ladi. 
Kuchlanish rostlagich bir vaqtda tok rostlagich ham bo‟ladi. 
 
SHunday  qilib  kontakt-tranzistorli  kuchlanish  rostlagichlarida  elektro-
magnitaviy  rele  kontaktlaridan  faqat  tranzistorni  boshqarishda  foydalaniladi  va 
ulardan  o‟tuvchi  tok  0,2A  dan  oshmaydi.  O
3
  miqdordagi  tok  kontaktlarning  uzoq 
ishlashini ta‟minlaydi va uyg‟otish tokini ikki marta oshirish (ya‟ni 3,5A) imkonini 
beradi, buning hisobiga generator quvvati ortadi. 


 
51 
 
Rostlagich  ishlayotganda  kuchlanishning  o‟zgarishi  bilinmasligi  uchun 
ularning  tebranish  soni  kamida  30  Gts  bo‟lishi  kerak.  Tebranish  sonini  kuchlanish 
rostlagich  o‟zagidagi  magnit  oqimi  tezligini  oshirish  va  kamaytirish  bilan  oshirish 
mumkin.  Buning  uchun  maxsus  tezlatuvchi  qarshilikdan  foydalanib  yoki  rele 
o‟zagiga  qo‟shimcha  chulg‟am  o‟rnatish  bilan  erishiladi.  Tezlatuvchi  qarshiliklar 
kontaktlar  ulangach,  rele  chulg‟amidagi  tokni  kamaytiradi,  o‟zakdagi  qo‟shimcha 
chulg‟am esa qarama-qarshi tomondan keluvchi magnit oqimini hosil qiladi. 
 
Bu yerda rezistorlar ikki har xil gruppaga bo‟lingan: katta qo‟shimcha rezistor 
R
q
,  kichik-temperaturaviy  kompensatsiya  R
tk
  li  rezistor  bilan  birgalikdagi 
tezlashtiruvchi rezistor R
t
. aktiv berkituvchi diod D
b
 tranzistorning emitterli zanjiriga 
o‟rnatilgan.  Rele  kontaktlari  ulanganda  rezistor  R
t
  va  R
q
  kuchlanish  kamayadi,  bu 
KRCH  o‟zagining  magnitlanishini  kamaytirish  va  rele  kontaktlarining  prujinalar 
ta‟sirida  yanada  keskin  uzilishiga  sabab  bo‟ladi.  Muhit  temperaturasi  kuchlanishni 
rostlashga ta‟sir etmasligi uchun KRCH zanjiriga temperaturaviy kompensatsiya R
tk
 
qarshiligi  ulangan.  U  amalda  muhit  temperaturasi  o‟zgarganda  om  qarshiligi 
o‟zgarmaydigan nixrom yoki konstantdan tayyorlangan. 
 
7.2-rasm. Kontaktsiz-tranzistorli rele-rostlagichining sxemasi: 
 
Generatorning uyg‟otish chulg‟ami GUCH ga parallel o‟rnatilgan so‟ndiruvchi 
diod  D
s
  tranzistorni  magnit  oqimi  kamayganda  chulg‟amda  hosil  bo‟luvchi 
o‟zinduktsiya  e.yu.k.  toki  ta‟sirida  buzilishdan  saqlaydi.  Bu  hol  qo‟shimcha 
rezistorlar  R
t
  va  R
q
  ulanganda  sodir  bo‟ladi.  O‟zinduktsiya  toki  zanjiri  quyidagi 
ko‟rinishga ega: GUCH chulg‟ami - massa so‟ndiruvchi diod D

- GUCH chulg‟ami. 
 
Ko‟rib  chiqilgan  kuchlanish  rostlagichning  elektromagnitaviy  relesi  davriy 
texnikaviy xizmat ko‟rsatish va rostlashga muhtoj. Birinchi navbatda kontaktlar ish 
yuzasini  tozalash  bilan  birga  ular  orasidagi  tirqishni  rostlashni  talab  qiluvchi 
kontaktlarga taalluqli. 
Nazorat savollari 
1. Yarim o‟tkazgichlarni tuzilishi qanday ?  
2. Mavjud rostlagichlarning turlarini tushuntiring 
?
 
3.Kontakt-tranzistorli,  kontaktsiz-tranzistorli  va  integral  kuchlanish  rostlagichlari 
ishlashini tushuntiring ? 
4. Elektromagnit kuchlanish rostlagichi ishlashini tushuntiring ?  
5.  Elektromagnit  kuchlanish  rostlagichining  ish  jarayoni  va  uning  tavsifnomasini 
yaxshilash usullari qanday ?  
6.Elektromagnit  rostlagich  kontaktlari  orasida  chiqadigan  uchqunni  kamaytirish 
yo‟llarini tushuntiring ? 
7. Ikki bosqichli elektromagnit kuchlanish rostlagichini ishlashini tushuntiring ? 
 

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish