Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funktsiyalarini va



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/245
Sana24.01.2022
Hajmi3,64 Mb.
#407495
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   245
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Nazorat savollar

1. Ko’z soqqasi qanday to’zilgan?  
2. Ko’z soqqasining atrofida qanday organlar bor va ular qanday ahamiyati ega? 
3. Shox parda, gavhar va shishasimon tana qanday ahamiyatga ega? 
4. Ko’z yaqindagi narsalarni ko’rishga qanday moslashadi?  
5. Yoshi ulg’ayib qolgan kishilar nima uchun ikki tomonlama qavariq ko’zoynak taqadilar? 
6. Yaqindan ko’rishning hamda o’zoqdan ko’rishning sababi nima?  
7. Ko’z retseptorlar qanday qo’zg’atiladi?  
8. Aniq ko’rish nimaga bog’liq

 
 


198 
 
 
44- § Quloqning tuzilishi 
Eshitish  organi  uch  qiсмдан:  tashqi  quloq,  o’rta  quloq  va  ichki  quloqdan 
ташкiл Tashqi quloq. Tashqi quloqda quloq suprasi va tashqi eshitish yo’li bo’ladi 
.    Quloq  suprasi  tog’aydan  iborat  bo’lib,  teri  bilan  qoplangan.  Ko’pgina 
hayvonlarning  quloq  suprasi  harakatchan  bo’lib,  ular  tovush  kelgan  tomonga 
qulog’ini qarata oladi, natijada, tovushni yaxshi eshitadi. Odamning quloq suprasi 
harakatchan  emas.  Ammo  tovush  qaysi  tomondan  kelayotganligini  aniqlashga 
yordam  beradi.  Agar  tovush  yon  tomondan  chiqsa,  bu  tovushni  bir  quloq  oldin 
eshitadi.  Bu  hodisa  esa  tovushning  qaysi  tomondan  kelayotganligini  aniqlashga 
imkon beradi. 
Tashqi  eshitish  yo’li  egri  bo’lib,  tashqi  va  ichki  tog’ay  qismlardan  iborat, 
ichki  tog’ay  qismi  chakka  suyagining  ichkarisida  joylashgan.  Tovush  yo’lini 
qoplab  turgan  terida  yog’  bezlari  bilan  tuklar  bo’ladi.  Tovush  yo’lnning  ichki 
uchiga biriktiruvchi to’qimadan iborat to‘siq nog’ora parda bo‘ladi, bu parda tashqi 
quloq bilan o’rta quloqni bir-biridan ajratib turadi.  
Nog’ora  parda  orqasida  o’rta  quloq  bo’shlig’i  bo’lib,  unda  uchta  eshitish 
suyakchalari joylashgan: ulardan biri - bolg’acha - nog’ora pardaga birikib turadi, 
ikkinchisi  -  o’zangi  -  ichki  quloq  bo’shlig’iga  boruvchi  oval  shaklidagi  teshikka 
tortilgan  pardaga  yopishadi.  Bu  ikkala  suyakcha  orasida  uchinchi    suyakcha  - 
sandon joylashadi. 
O’rta  quloq  bo’shlig’i  evstaxiev  nayi  orqali  burun  halqum  bilan  tutashadi. 
Nay  orqali  o’tuvchi  havo  nog’ora  pardaning  ikki  tomonidagi  bosimni 
baravarlashtirib turadi.  Agar  odam  balandlikka  tez  ko’tarilsa  yoki  pastga  tez 
tushsa, uning qulog’i qattiq og’riq paydo bo‘ladi. Bu hodisaning sababi atmosfera 
bosimining  birdan  o’zgarishidir.  Bosim  pasayganda  quloqning  nog’ora  pardasi 
sirtga  tomon  bo’rtadi,  bosim  oshganda  esa  o’rta  quloq  bo’shlig’iga  tomon  botib 
ketadi.      


199 
 
 
Ammo tez-tez yutish harakatlari qilib turilsa, quloq og’rimasligi mumkin. Bu 
harakatlar    evstaxiev  nayi  orqali  havo  o’tishini  osonlashtiradi,  bu  havo  nog’ora 
pardaning  ikki  tomonidagi  bosimni  muvozanatga  keltiradi.  Ichki  quloq  eng 
murakkab tuzilgan. Bu erda eshitish organiga chig’anoq kiradi. Chig’anoq burama 
yo’l  bo’lib,  markaziy  o’q  atrofidan  ikki  yarim  marta  aylanib  chiqadi.  Bo’ylama 
to’siq bu yo’lni ikki kanalga ajratadi. Bu kanallarning biri o’zangining tagi bilan 
bekilgan  oval  teshikdan  boshlanadi.  Chig’anoq  kanallarini  bir-biridan  ajratib 
turuvchi  to’siqning  bir  qismini  asosiy  parda  hosil  qiladi,  asosiy  parda 
ko’ndalangiga tor-tilgan har xil o’zunlikdagi tolalardan iborat. Bu tolalar soni 24 
mingga  boradi.  Pardaning  boshdan  oxirigacha  kortiev  organ  joylashgan.  Kortiev 
organ-ning eng muhim qismi sezgichi hujayralar - tovush ta`sirlari qabul qiluvchi 
retseptorlardir. Demak, kortiev organ eshitish analizatorining periferik qismi-bo’lib 
xizmat  qiladi.Unda  hosil  bo’ladigan  ta`sirlarga  qarab,  odam  o’z  gavdasi  va 
harakatida  sodir  bo’lgan  o’zgarishlarni  sezadi.  Ichki  quloqda  chig’anoqdan 
tashqari,  teshik  oldi  bilan  yarim  doira  kanallar  bo’lib,  ular  ichida  retseptorlar 
bo’ladi. Odam bu retseptorlar ta`sirlanishi orqali muvozanatini sezadi. Chig’anoqni 
to’ldirib  turadigan  suyuqlikni  tebranishi  natijasida  retseptorlada  qo’zg’alish 
vujudga keladi. Bu qo’zg’alishlar eshitish nervi orqali bosh miyaga beriladi. Yarim 
sharlar po’stlog’ining eshitish zonasida tovushning kuchi farq qilinadi. 
 
        48-rasm. Eshitish a`zosining tuzilishi. 


200 
 
 
       

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish