Yo’g’on ichak.
(intestinum crassum)
Yo’g’on ichak diametri ingichka
ichaknikiga nisbatan 2-3 marta katta bo’lib, uzunligi 1,3 - 1,5m keladi. U
106
ichaklarning eng keng qismi xisoblanadi. Yo’g’on ichak: chuvalchangsimon
o’simtali ko’richakka, ko’tariluvchi, ko’ndalang, tushuvchi va sigmasimon
chambar ichak xamda to’g’ri ichakka bo’linadi.
33-rasm.Yo’g’on va ko’richakning ichki tuzilishi
Ko’richak
(caecum)
xalta shaklida bo’lib, bir uchi berk, uning 8-15 sm
uzunlikdagi chuvalchangsimon o’simtasi bo’ladi. Yo’g’on ichak uzunasiga
yo’nalgan muskulli 3 ta lentasi bo’lishi va seroz qavatida biroz turtib chiqqan
yog’li o’simtalar hosil qilishi va bo’g’im - bo’g’im bo’lishi bilan ingichka
ichakdan farq qiladi. Yo’g’on ichakning devori xam ingichka ichakning devori
singari uch qavatdan tuzilgan.
Yo’g’on ichakning shilliq qavati vorsinkalar, xalqasimon burmalar, limfa
tugunchalari bo’lmasligi bilan ingichka ichakning shilliq qavatidan farq qiladi.
Yo’g’on ichak shirasida fermentlar bo’lmasdan, shilimshiq moddalar ko’p. Bu
ichakda chirituvchi bakteriyalar ko’p bo’ladi. Unda qisman suv so’riladi va
chiqindi moddalar shu ichakda shakllanadi.
Muskul qavati yo’g’on ichakning turli qismida bir xil rivojlanmagan.
Uzunasiga yo’nalgan muskul tolalari bu ichakning xamma qismida bo’lmaydi.
Ular uchta ichak lentasi: ichak tutqichi, charvi va erkin joylashgan lenta hosil
qiladi. Erkin lenta yo’g’on ichakning ko’ndalang qismidan tashqari barcha
107
qismining oldingi yuzasida joylashgan bo’ladi. Yo’g’on ichakning orqa chetki
tomonida yog’li lenta - charvi joylashgan. Ichakning orqa ichki tomonida
ko’ndalang
ichakdan
tashqari,
ichak
tutqichi
joylashgan
qismidan
chuvalchangsimon o’simta
(appendix vermiformis)
boshlanadi. Uning uzunligi 2-
20 sm, kengligi 0,5-1,0 sm bo‘lib, u qorinparda bilan hamma tomondan o’ralib
tutqich hosil qiladi. Bu o’simtaning joylashishi ko’richakning holati va uzunligiga
bog’liq. Asosan u o’ng yonbosh chuqurchasida, ba’zan yuqori, pastroqda yoki
ko’richakning orqasida bo’lishi mumkin
Ko’tariluvchi chambar ichak
(colon ascendens)
ko’richakning yuqori
tomonga davomi bo’lib, qorin bo’shlig’ining o’ng yon tomonida joylashadi. Uning
uzunligi 15-20 sm. Jigarning o’ng bo’lagi yuzasiga borganida u chapga burilib
o’ng chambar ichak burilish burchagini hosil qilib, ko’ndalang chambar ichakka
o’tib ketadi.
Ko’ndalang chambar ichak
(colon transversum)
o’ng chambar ichak
bukilmasidan boshlanib ko’ndalang joylashadi va burilish burchagini hosil qilib
pastga tushuvchi chambar ichakka o’tib tutashadi. Ko’ndalang chambar ichakning
uzunligi uning boshlanish va oxirgi nuqtalari oralig’idan uzun bo’lgani uchun
odatda u pastga qaragan ravoq shaklida joylashadi.
Pastga tushuvchi chambar ichak
(colon descendens)
chap burilish
burchagidan boshlanib pastga tomon chap yonbosh chuqurchasiga tushib S-
simon ichakka tutashadi. U qorin bo’shlig’ining chap yon tomonida joylashadi.
Pastga tushuvchi chambar ichakning uzunligi 10-15 sm tashkil etadi.
Sigmasimon ichak
(colon sigmoideum)
chap yonbosh chuqurchasida
joylashadi. Sigmasimon ichakning uzunligi 15-67 sm bo’lib, odatda ikkita
qovuzloq hosil qilib joylashadi. U qorinparda bilan har tomondan o’ralgan.
To’g’ri ichak
(rectum)
hazm kanalining oxirgi qismi bo’lib, kichik chanoq
bo’shlig’ida joylashadi. U III dumg’aza umurtqasi sohasida boshlanib oraliq
sohasida orqa chiqaruv teshigi -
anus
bilan tugaydi. To’g’ri ichakning uzunligi
katta odamda o’rtacha 15-20 sm, kengligi 2,5-4,5 sm bo‘ladi. Uning orqasida
108
dumg’aza va dum suyagi joylashsa, old tomonida erkaklarda qovuq, protata bezi,
urug’ pufakchalari va urug’ olib ketuvchi nay kengaymasi, ayollarda esa bachadon
va qin joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |