Kichik boldirning kalta muskuli (m.peroneus brevis) kichik boldir suyagi
lateral yuzasining pastki to‘sig‘idan boshlanib ikkinchi uchi bilan to‘piqning
orqasidan ustki va pastki kichik boldir mushaklari pay tutqichlari ostidan o‘tib
V
kaft suyagi asosiga birikadi.
Oyoq panjasining ustki muskullari: Barmoqlarni yozuvchi kalta muskul (m.extensor digitorum brevis) tovon
suyagining oldingi yuqorigi va lateral yuzasidan boshlanadi.
Bosh barmoqni yozuvchi kalta muskul (m.extensor hallicis brevis) oldingi
mushakni medial tomonida yotadi.
Oyoq panjasining ostki (kaft) tomondagi muskullari .
Oyoq panjasining ostki (kaft) tomonidagi mushaklar ham qo’l kaftiga
o’xshab uch: medial, lateral va o’rta guruhga bo’linib o‘yoq kafti tomonda 14 ta
muskul bor.