Bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul (m.flexor hallicis longus) kichik
boldir suyagidan boshlanib, oyoq panjasi tagidan o’tadi va bosh barmoqning tirnoq
falangasiga birikadi. U qisqarganda bosh barmoq va oyoq panjasini bukadi.
Barmoqlarni bukuvchi uzun muskul ( m.flexor digitorum longus) katta boldir
suyagining orqa tomonidan boshlanib, pastda to’rtta payga bo’linadi
88
barmoqlarning oxirgi falangasiga birikadi. U qisqarganda barmoqlarni va oyoq
panjasini bukadi.