67
yubormadi (vaholanki, u bizni qanday oson yaratgan bo’lsa, nonko’rligimiz uchun jazo
tariqasida shunday oson yo’q qilib tashlashi ham mumkin edi).
U bizga yorug’ olamni ravo ko’rdi. O’zimizga jannat yaratish imkonini berdi. U
bizni suyganidan o’sha jannatni qanday yaratish mumkinligi haqida bayon qilingan qator-
qator ilohiy bitiklar tushirdi. “Mana, bandam, senga hayot. Mana shu hayotingni baxtiyor
qilish uchun yo’riqnoma. Agar bunda aytilgan me’yorlarga amal qilsang – hayoting
jannatda o’taveradi. Ularni buzsang, na iloj – o’z hayotingni o’zing do’zaxga
aylantirasan. Qaysi tomonni tanlash – o’zingga havola” deb bizga muruvvat ko’rsatdi.
Biz yashashni boshladik. Xatolar qildik. Bu xatolar bizga muammo bo’lib qaytdi.
Bizga Tangri azobni ham bizni suyganidan berdi – U bu ish xato ekanini anglashimiz,
buning natijasida o’zimizga o’zimiz muammo orttirib olishimizni ko’ra bilishimiz va
kelgusida yana shu ishni takrorlab o’zimizni azobga qo’ymasligimiz uchun berdi bu
jazoni.
Unga o’zi yaratgan bandalari – o’z ruhidan nafas bergan dilbandlarining xato qilib,
buning jabrini tortishlarini ko’rish yoqadi deb o’ylaysizmi? Biz azob cheksak, U bizga
bor mehri bilan achinadi. Axir, U rahmdil. U xato qilsak – kechiradi. Axir, U mehribon
va kechirimli. U so’rasak – beradi. Axir, U marhamatli.
Yana shunda ham bizga mehr bilan berilgan in’om – hayotni sinov deyish
to’g’rimikan? Biz bandalar sinab ko’rib – keyin bilamiz. Yaratgan esa – shundoq ham
hamma narsani biladi.
Eng qiziq odatimiz shuki – ajal kelganda biz o’sha sinov deb atayotgan narsaga
mahkam yopishamiz. Xo’sh, sinov tamom bo’lishini nega istamaymiz – nega o’limdan
qo’rqamiz?
Chunki, yana yanglish, o’limni jazo kabi ko’ramiz. O’lim – jazo emas,
marhamatdir. O’lim Tangri mehrining bir parchasi bo’lgan ruhimizni manbayiga
qaytaruvchi kuch. Bunda uzoq muddat o’z makonidan uzoqda, moddiy olam tarkibi
bo’lgan bir mavjudot jussasida yashagan ruh hayajon va sevinch bilan Vataniga qaytadi
va taskin topadi. Ruhingiz o’lmaydi – o’lim, shunchaki, xatlab o’tish kerak bo’lgan
ostona.
Hayotni in’om bilib yashang. Tangri sizga o’limni marhamat qilib yuborguncha –
bu in’omning barcha imkoniyatlaridan foydalana biling. Uni aqlingizga emas –
qalbingizga xizmat qilishga bag’ishlang. Toki sizning baxtli yashashingizni ko’rib
Yaratgan ham mamnun bo’lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |