66
SHANBA
Bunyodkor kuch
Hayot – in’om, o’lim – marhamat
Men juda ko’p odamdan quyidagicha gaplarni eshitganman: “Hayotda maqsadim
yo’q. Nima uchun yashayotganimni bilmayman”, “Hayotim zerikarli, bir oqimda boradi.
Nahot, umrimning oxirigacha shunday bo’lsa?”, “Hech narsaga qiziqmayman, hamma
narsa g’ashimga tegadi”, “O’zimni o’zim tushuna olmayman. Ba’zida ichimda boshqa
odam bordek tuyuladi”, “...”
Bunday odamlardan “Siz uchun hayot nima?” deb so’raganimda, juda aksariyat
“Hayot men uchun sinov” deb javob beradi.
Esiz...
Hayotni nima uchun sinov deb bilamiz? Uning qiyinchiliklari debmi? Yoki rostdan
ham barchamiz sinovdan o’tyapmizmikan? Ammo qanaqa sinovdan? Bizni sinash kimga
kerak?
Yaratgangami?
Bu unga nimaga kerak? U shundoq ham biz kim ekanimizni biladi-ku – o’zi bizga
yutuq va kamchiliklarni berib yaratgan. Bor-budimizcha qadrimiz, vaznimiz,
ahamiyatimiz nimaga teng ekanini u hammadan yaxshi biladi-ku.
Tasavvur qiling, men muallimman. Bir yil talabalarga dars berib, yil oxirida
ularning bilimini sinab ko’rmoqchiman. Chunki men ular berilgan bilimlarni qanchalik
o’zlashtirganini
bilmayman
.
Tangri ham bizni yaratib qo’yib, biz o’zimizni qanday tutishimizni bilmasmikan?
Shuning uchun bizni bu dunyoga jo’natib, yashatib ko’rib, bizning darajamizni
bilmoqchimikan?
Agar shunday bo’lsa – Yaratgan yaxshi sinovchi emas ekan. Nega deysizmi? Axir,
u bizni sinash uchun bu dunyoga keltirib, yana tag’in to’g’ri yashash uchun qo’llanma
ham berib qo’ygan-ku. Bu xuddi men talabalarimga imtihon savollarini tarqatib,
orqasidan ularning javoblarini ham berdim degani emasmi? Bunday sinovning natijasi
qanaqa bo’ladi?
Tangri bizga bu hayotni sinov uchun bermagan. Bu hayot biz uchun imtihon emas
– in’om. Hayot – bu dunyoning go’zalligi-yu mukammalligidan bahra olishga bir
imkoniyat. Xudoning qudratini bilishga, uning mehrini tuyishga sarflanadigan muddat.
Tangriga qahr begona. Hayron bo’lmang. Xudo faqatgina sevishga qodir. Uning
cheksiz qudrati – cheki yo’q beg’ubor mehrida. U butun borliqni, odamzodni ana shu
mehr kuchi bilan bunyod qilgan va qilmoqda. U bugun ham suygan bandalari qalbiga
mehr joylab qo’yib, ular qo’li bilan go’zal narsalarni yaratyapti. Axir, hayotimizda
mavjud hamma narsa – mehr mahsuli.
O’zingiz o’ylab ko’ring – qahr hech qachon yaratuvchi kuchga ega bo’lmagan.
Oddiygina jahlingiz chiqsa, idishlarni urib sindirishingiz bunga isbot.
Tangri bizni mehridan yaratdi, suyganidan Jannatiga kiritdi, bizga yaxshilikni ravo
ko’rganidan aql mevasini bizga man qildi. Ammo biz Iblis makriga aldanib, uning
buyrug’ini buzdik. Qahr nimaligini bilmagan Xudo shunda ham bizni yo’q qilib
Do'stlaringiz bilan baham: |