72
xafa bo’lganingizni eslang – men nimani nazarda tutayotgan ekanimni darhol anglab
olasiz.
Intilish yoki kuchli xohish-istak – yanada yuqoriroq va moddiyroq. Bunda siz endi
bir narsani juda xohlaysiz va bu istagingizni o’z tuyg’ularingiz bilan to’yintirasiz. Siz
xayolan bu istagingizga erishish yo’llarini qidirasiz, rejalar tuzasiz, taxminlar qilasiz –
xullas, katta mental-emotsional ish olib borasiz.
Istakning bu uch ko’rinishi juda ko’p jihatlarda bir-biridan farq qiladi. Ammo eng
asosiy farq – bu istaklarga hamroh bo’lgan ishonch darajasi va amaliy sa’y-harakatdadir.
Orzu qilganda siz u ro’yobga chiqishiga ishonmaysiz yoki ishonch juda kuchsiz bo’ladi.
Shu bois ham orzuga erishishga amaliy intilish bo’lmaydi. Umid bor joyda esa ishonch
endi kuchliroq va siz bunda istakka erishish uchun qandaydir tadbirlarni qo’llashga
urinasiz. Kuchli istakda esa siz istagan narsangizga erishish mumkinligiga astoydil
ishonasiz va urinishlaringiz ham shunga yarasha bo’ladi.
Ammo, afsuski, biz qanchalik kuchli ishonmaylik eng katta istaklarimiz ro’yobga
chiqmay qolishi mumkin. Bilasizmi, bunda gap nimada? Istakka erishishda, albatta,
ishonchning roli bor. Ammo biz ko’pincha istakka yetishtiruvchi narsa bu kuchli
ishonchning o’zi deb xato qilamiz. O’sha kuchli ishonchga aniq va dadil xatti-harakatlar
ergashib kelsagina istagingiz so’zsiz amalga oshishi mumkin.
Daraxt tagida o’tirib siz uning eng g’arq pishgan mevasi shoxdan uzilib to’g’ri
qo’lingizga kelib tushishiga qirq yil kuchli ishonmang – bu narsa amalga oshishi qiyin.
Siz o’sha meva sizga nasib etishiga ishoning va daraxtni silkiting – shunda rostdan ham
eng pishgan meva oldingizga tushadi.
Ammo odamlar ixtiyorida bir qurol borki, u ishga tushsa istak amalga oshmay
qolmaydi. Bunda istakka erishishga bo’lgan ishonch shubhalardan tozalanib bilimga
aylanadi. Agar siz biror nimaga shubhalarsiz ishonsangiz – buni bilasiz demak. Axir,
osmonga otgan koptogingiz yerga qaytib tushishini bilasiz – bunga ishonishingiz shart
emas. Ertalab do’konga chiqib non olib kelishni orzu qilsangiz, bunga umid qilsangiz
yoki buni kuchli istasangiz juda kulgili holat bo’lardi, shunday emasmi? Bu istak shu
darajada oddiyki, siz bunda hammasi siz o’ylagandek bo’lishini bilasiz.
Shubhasiz bilimga asoslangan istak –
ahddir
. Ahd qilingan narsa har doim amalga
oshadi. Biz qilayotgan hamma niyatlar ham ahd toifasiga kirmaydi. Buni anglab yetish
uchun ahdning qanday shakllanishini ko’rib chiqaylik.
Bizning ichimizda hayotimizni boshqarish uchun tuzilgan parlament bor. Bu albatta
— qalb. U nimanidir istab orzu qiladi ya’ni yangi qonun loyihasini muhokamaga qo’yadi.
Bu loyiha aql bilan birga muhokama qilinadi. Agar aql buning iloji borligini tan olsa va
rozilik bersa – loyiha qonun sifatida qabul qilinadi. Ya’ni odam biror ishni qilishga ahd
qiladi.
Ammo bu jarayonning eng qiyin tomoni – aqlni ko’ndirish. U aniq isbotlar
keltirilmaguncha aytilgan ish qilsa bo’ladigan yumush ekanini tan olmaydi. Juda ko’p
niyatlarimiz hali ahd bo’lib ulgurmay, loyihaligidayoq aqlimiz tomonidan muhokamadan
olib tashlanadi va orzuligicha qolib ketadi. Armonlar – sizga orzularga erishish nasib
qilmaganidan emas, bunga o’zingiz imkon bermaganingizdan paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |