55
Juda oddiy narsalar, shunday emasmi? Ammo bu oddiy narsalar ortida nooddiy
sirlar yashirin. Maqsadga erishishda shubhani yengib o’tishning siri juda oddiy –
o’z
ishonchingizni bilim darajasiga yetkazing
. Ya’ni uni quruq ma’lumot tarzida emas,
amaliy faollik sifatida namoyon qiling.
Men sizga “Koptokni osmonga otsam, u yerga qaytib tushadi” desam – bunga
ishonasizmi yoki buni bilasizmi? Buni bilasiz – buni isbotlashim shart emas. “Odam ucha
oladi” desam-chi? Buni bilish tugul, ishonishingiz amri mahol.
Maqsadga bo’lgan ishonchni bilimga aylantirish uchun – harakat kerak. Shunchaki,
xayol surish – bu aqlning quruq ma’lumot bilan o’ynab o’tirishi. Aqlingiz bir narsaga
dalil topsagina ishonadi – ungacha u shubhaning soyasidan chiqa olmaydi. Ammo isbotni
kutib, siz vaqtni boy berib qo’yishingiz mumkin.
Qalb – ishonmaydi. Bu gapimdan hayron bo’lmang. Qalb – rostdan ham hech
narsaga ishonmaydi. U – hamma narsani biladi. Unga shubha notanish. U bir nimani
istadimi – dunyo unga shu narsani berishini biladi. U shu bilimi bilan hayotiy
energiyangizni maqsad tomon bexato burib beradi. Ammo tag’in o’yinga aql aralashib,
fikr yuritadi: “Shoshmay tur – buni yaxshilab o’ylab ko’rish kerak. Rostdan ham buning
iloji bormikan? Buni aynan shu usulda qilish kerakmikan? Buning oqibati yomon bo’lsa-
chi? Men kutgan narsalar sodir bo’lmasa-chi?..” Ana – shubha soyasi ortidan
quvlashmachoq o’yini boshlandi.
Aqlning shubha qopqoniga tushmaslik uchun
– harakat qiling
. “Sendan harakat –
mendan barokat” — deb Yaratgan bekorga aytmagan. Bu buyuk va’da. Tangri shu
va’dasida turishiga ishonish shart emas – axir, siz buni bilasiz. Tangrining qudratiga
shubha qilmaysiz-ku.
Siz dunyoga o’z istagingizdagi buyurtmani berib qo’ying-da – shubhalarni
o’zingizga yaqin keltirmang.
Tasavvur qiling, rahbar xodimiga “Mana bu ishni qiling” deb buyursa-yu, xodim
endi ishga kirishganda “Yo’q, shoshmang. Buni qilish shartmikan. O’ylab ko’ray. Yo’q
– buning iloji borligiga ko’zim yetmaydi. Bu ishni qo’ying” desa. Keyin “Yana o’ylab
ko’rsam, buni amalga oshirsa bo’larkan. Mayli, shu ishni qilganimiz bo’lsin. Ishni
boshlayvering” desa. Zum o’tmay “Yo’q. Ming qilsa ham, bunga ko’zim yetmayapti”
desa…
Bunday betayin rahbardan naf kattamikan? U ikkilanish-u, shubhalari bilan o’zi
istagan narsa ro’yobga chiqishini shuncha kechiktirib boraveradi.
Dunyoga buyurtma berishda ham xuddi shu tamoyil ish beradi. Siz o’z
buyurtmangizni shubha-yu ikkilanishlar bilan qancha “xiralashtirsangiz” – dunyo uni
ro’yobga chiqarishga shuncha qiynaladi. Yana ham u sabrli – betayin rahbar qo’lidagi
xodim jonidan to’yib, bir kun ishdan bo’shab ketishi mumkin, ammo dunyo har narsaga
ko’naveradi.
Bugungi subatni qo’rquvlardan boshlab, shubhalar bilan yakunlaganim bejiz emas.
Har qanday shubha – qo’rquvning bolasi. Hayotimizni chigallashtiradigan shubhalar
ijtimoiy qo’rquvlarimizdan kelib chiqadi. O’z qo’rquvlaringizni bartaraf etishdek ezgu
amalni esa men siz aziz sirdoshim ixtiyoriga qoldiraman. Axir, siz endi shunday qila
olishingizga ishonmaysiz
– siz buni bilasiz
.
Do'stlaringiz bilan baham: |