o’quvchilarni to’g’ri nafas olishga o’rgatish alohida ahamiyatga ega. Nafas nutqni
tinglovchiga yetkazish, ovoz kuchini tashkil etish vositasidir. Ovoz oliy asab tizimi
45
nafas olish uchun burunga, qadam tashlash uchun oyoqlarga buyruq bergani kabi
ovoz chiqarish, nutq tovushlari, so’zlarni talaffuz etish, ovozni jaranglashi yoki
xirillash, past va baland gapirish uchun ham muayyan a'zolarga signal beradi, bu
a'zolar esa oliy asab tizimining buyrug’ini bajaradi. Bunda ovoz hosil bo’ladi.
Tembr hosil qilishda hiqildoqdan chiqayotgan tovushning yo’nalish
darajasi katta ahamiyatga ega. Tovushning asosiy xossalari, uning kuchi,
tembri va baland-pastligi ovozga bog’liq bolmay, asab tizimi buyrug’iga va
tovush apparatiga bog’liq. Tovush apparati, asosan, asab tizimi buyrug’iga
asosan harakat qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tovush apparati
kattalarga nisbatan ancha nozikdir. Ayniqsa, boshlang’ich sinf o’qituvchilari
bolalarni bo’lar-bo’lmasga baqirishlariga hamda birorta badiiy asarni
kuchining boricha baqirib o’qishlariga yol qo’ymasliklari kerak.
"O’qish kitobi"dagi shе'rlar, asosan, soddadan murakkabga qarab borish
tamoyiliga tayanib, ohangiga e'tibor qilib kеltirilgan. Bunday hol Hamza
Hakimzoda Niyoziyning “Еngil adabiyot”, “O’qish kitobi” darsliklaridayoq
mavjud edi. 2-sinf “O’qish kitobi”da jami 40 ta shе'r bo’lib, barchasi barmoq
vaznida yozilgan, ular 6-7-8-11 hijoli shе'rlar. Yetti hijoli vazn o’ynoqi ohangga
egaligi uchun 2-sinf o’quvchisi ko’nglini yayratadi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Ular
nafaqat vazni, balki mazmuniga ko’ra ham to’g’ri tanlangan. Ayniqsa,
Mirtemirning "Uyg’on", Po’lat Mo’minning "Vatanjonim, Vatanim", Hamza
Imonberdiyening “Vaqtning hajmi qancha?”, Umida Abduazimovaning “Maktab”
kabi shе'rlari yetti hijoli, ohangi ravon:
Uyg’on, qo’zim, yuzing yuv,
Tong o’zingday sof, suluv…
Shoshil, erkam, maktabda –
Kutadi seni o’quv! (34-35-bet)
Darslikdagi qirqta she'rdan bittasi olti hijoli, o’ttiz bittasi yetti hujoli, beshtasi
sakkiz hijoli, bittasi o’n bir hijoli. Ikkitasi murakkab vaznda bitilgan bo’lib, 7-5
va 7-8 hijolidir. Buni sxemada shunday ifodalash mumkin
46
Barmoq vaznidagi shе'rning barcha misralari hijolar soniga ko’ra tеnglik hosil
qilsa, sodda vazn; hijolar tеngligi ikki xil bo’lsa, murakkab vazn dеyiladi. E'tibor
qiling:
Buyuk Temur jahon bo’ylab, 8
O’z dovrug’in solgan tilim. 8
Mir Alisher bobomlardan 8
Meros bo'lib qolgan tilim. 8
Bobur Mirzo she'rlaridan 8
Rang va qiyos olgan tilim. 8
Shunday tildan tonar bo'lsam, 8
Qiyma-qiyma bo'lsin tilim. 8
Alla bo'lib jaranglagan, 8
Ona tilim jon-u dilim. 8
Bu she'rning a-b-v-b tarzida qofiyalanganini, har bandi to’rt misradan iboratligini,
4+4 shaklida turoqlanganini va shu kabi jihatlarni anglamay turib she'rni ifodali,
chiroyli, ta'sirchan o’qish qiyin vazifadir.
Do'stlaringiz bilan baham: