II. 3. Ifodali o’qishga o’rgatishning o’ziga xo usullari.
O’qish darslarining
uchdan ikki qismi o’qishni mashq qilishga ajratilishi lozim. Demak, o’quvchilarni
o’qishga o’rgatish, ularning o’qish suratini oshirish, ufodali va ongli o’qish
elementlarini shakllantirish, tarbiyalash o’qish darslarining muhim vazifalari
hisoblanadi. Bilish jarayonini faollashtirish hozirgi kunda faqat psixologik
muammo bo’lmay, metodik muammo hamdir. Boshlang’ich sinfning o’ziga hos
xususiyati shundaki, bilim berish, uni mustahkamlash, amaliyotga tatbiq qilish
bevosita dars vaqtida amalga oshiriladi. Ayni choqda STIda va sinfdan tashqari
tadbirlarda ham o’qitish, o’qitishning ifodali o’qish ko’rinishini amalga oshirish
mumkin.
Ishning bu faslida quyidagi masalalarni yoritishni maqsad qildik:
1. Ovozni tovlash mashqlari.
2. Obrazga kirib ifodali o’qishning o’ziga xosligi.
3. Sinfdan tashqari tadbirlar ko’mag’ida 2-sinf o’quvchilarida ifodali o’qish
konikma va malakalarini shakllantirish.
4. Texnik vositalar ko’magida ifodali o’qishga o’rgatish.
Bu masalalarning barchasi bir-biri bilan uzviy bog’liq. Ayni damda ularni
birin-ketin o’rganish, so’ng birgalikda amalga oshirish mumkin.
56
Lirik asarlarni ifodali o’qish jarayonida ovozni har xil tovlash mumkin.
Ovoz tovlanishi ikki o’rinda kеrak: 1. Shе'rdagi ruhiy holat: ko’tarinkilik,
g’amginlik, mеhr, g’azab kabi tuyg’ularni anglab ovozni tovlash, tеzligi,
balandligi, mantiqiy pauzasini o’zgartirish mumkin.
2. Voqеaband shе'r bo’lsa, undagi har bir obrazni alohida-alohida ovoz bilan o’qish
lozim. Biz buni ikki xil tarzda namoyish qilamiz. A. Voqеaband lirik asarni
boshlang’ich sinf o’quvchilariga rollarga bo’lib o’qitish mumkin. B.
O’qituvchining o’zi ovozini tovlashi mumkin. lirik asarlarni ifodali o’qishni to’g’ri
amalga oshirish o’quvchining matnni chuqur idrok etishiga, ruhiyatining tarbiya
topishiga, komil, eng muhimi, ezgu amalli inson bo’lib yеtishuviga ko’mak bеradi.
Ifodali o’qishni eplagan o’qituvchining darsi qiziqarli, tushunarli, esda qolarli
bo’ladi:
Qo’lda chaqaloq ukam,
Yig’lar inga-ingalab.
Yurak-bag’rim ezilar
Yoshli ko’ziga qarab.
Alla aytsam ko’nmaydi,
Boqmaydi hech yuzimga.
"Tobi qochgan, hoynahoy",
Dedim o’zim o’zimga (118).
Bu shе'rni o’qishda ovozni tovlash, muallif va lirik qahramon ovozini,
ifodasini alohida-alohida bеrish lozim. Ayniqsa, o’quvchiga o’qitilganda ham
rollarga bo’lib o’qitilsa, ifodali o’qishning dastlabki mashqlari yuzaga kеladi.
Shunisi borki, bolalarning tovush apparati kattalarga nisbatan ancha nozik.
Ayniqsa, bog’chada, maktabda tarbiyachi va o’qituvchilar bolalarning bo’lar-
bo’lmasga baqirishlariga hamda birorta badiiy asardan olingan parchani kuchlari
boricha baqirib-chaqirib o’qishlariga yo’l qo’ymasliklari kеrak. Agar biror badiiy
parcha noto’g’ri diapazon va balandlikda baqirib, kuchanib o’qilsa, u holda ovoz
muskullarining o’ziga xos bo’lmagan holatda ishlashiga sabab bo’ladi. Buni 2-sinf
o’quvchilariga soddaroq qilib tushuntirish zarur. Buning uchun ovozni normal
57
holga kеltirish zarur. Buning uchun bir-ikki mashq qilish bilan emas, balki ovoz
mashqlarini muntazam o’tkazish bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ovoz
mashqlariga uzoq muddatli va tizimli ish jarayoni dеb qarash kеrak. Quyidagi
satrlar masaldan olingan. Uning har bir satri har xil ohang bilan aytiladi.
O’qituvchi o’zi chiroyli qilib, obrazga kirib o’qib bersa, 2-sinf o’quvchisi
o’zlashtira oladi:
... Qarg’a bir kun allaqaydan
Jindak pishloq topib oldi.
Qo’noq tanlab qarag’aydan,
Yemoqchiydi, o’ylab qoldi.
Baxtga qarshi, o’sha yerdan
O’tib borar edi tulki.
Pishloq hidin sezib birdan
Joyida taq to’xtadi-ku.
Axloqiy, satirik va kesatiq mazmunni kinoyaviy, majoziy obrazlarda aks
ettiradigan, eski illatlarni, tovlamachi
va
yomonlarni, tarbiya ko'rmaganlarni tanqid
qilishga qaratilgan kichik she'riy va nasriy
asarlarga
masal deyiladi. Masal badiiy
adabiyotning poetik va prozaik shakllarida yaratiladi. Masalni ifodali o'qish katta
mahorat talab qiladi. Unda
tulki
–
aldoqchi, bo'ri – ochko'z, chayon – tili zahar,
ilon
–
makkor, to’tiqush – gapdon, bulbul – g'azalxon, mayna – suxandon, ayiq –
kuchli, arslon – zabardast, sher – qo'rqmas, qaldirg'och –
mehrli, quyon –
qo'rqoq,
maymun – o'ylamay ish qiladigan kishilarga o'xshatiladi.
Masallarda yashiringan otkir kinoya, voqealarning tez-tez o'rin
almashinib turishi uni bir tekisda o'qishga xalaqit beradi. Shuning uchun
ifodali o'qishda yetarli malaka hosil qilmagan o'quvchi, avvalo, matn bilan
yaxshilab tanishib chiqishi lozim. Tanishish jarayonida o'quvchi
personajlarning xarakter xususiyatlari va muallifning g'oyaviy niyatini
aniqlaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan parcha L.A. Krilovning "Qarg’a
bilan Tulki" masalidan olingan.
Muallif dastlabki satrlarda tugun hosil qiladi. She'rxon ma'lumot berganday
o’qiydi. 2-bandning oxirida muammo paydo bo’lishiga ishora qiluvchi ohang
58
bo’lishi kerak edi. Masalda laqma va olg’ir o'rtasidagi azaliy ziddiyat ramziy
tarzda tasvirlanadi. Jumladan, laqmalar qarg’a obrazi orqali gavdalantirilsa,
tekinxo’r firibgarlar xushomadgo’y tulki timsolida ifoda etiladi:
Aylanayin, do’mboqqinam!
Qosh-u ko’zi munchoqqinam!
Biram go’zal pat-u boling,
Bo’yinlaring, qaddi-doling.
Ta'rifingga so’z yo’q, netay,
Girgittoning bo’lib ketay!.. (145-bet)
Bu masaldagi
parchani ifodali o'qiganda ko'z o'ngimizga ayyor tulkining
yaltoqlanishi
keladi.
Masalni o’qish jarayonida ovoz tovlanishlari alohida o’rin tutadi. O’qituvchi
o’zi bir necha obraz so’zini turli ovozlar yordamida rollarga bo’lib o’qib berishi
mumkin, o’quvchilari yordamida o’qittirishi mumkin. Ikkala holda ham qahramon
tabiatiga qarab ovoz tanlanadi. Oquvchiga turli xil masallarni o’qitib, mashq
qildirish mumkin. Mashq: Quyidagi nasriy masalni o'qing. She'riy masal bilan
nasriy masallarning ifodali o'qilishida qanday farq borligini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |