42
shаkllаntirishgа hаrаkаt qilаdi. Ikkinchidаn esа, yaхshi insоn bo’lishi uchun
o’qishning zаrurligini аnglаydi:
Bobur Mirzo she'rlaridan
Rang va ohang olgan tilim.
Shunday tildan tonar bo'lsam
Yoki o'gay sanar bo'lsam,
Qiyma-qiyma bo'lsin tilim,
Ona tilim – jon-u dilim (39-bet).
O’quvchi har gal she'rni ifodali o’qir ekan, uning yutuq va kamchiliklari
ustozi tomonidan aytilishi zarur. Masalan, Tursunboy Adashboyev
"
Ona tilim"
she'r ifodali o’qilganda, albatta, o’quvchilar yo’l qo’yadigan kamchiliklar
aytib
o’tiladi. Masalan: bir qator o’qish,
urg’u berib o’qish, tinish belgilariga rioya
qilish, bo’g’inlarga urg’u berib o’qish kabilar soda qilib tushuntiriladi va amalda
ko’rsatib beriladi.
Ifodali o’quvchi ham, she'rxon ham ijrochi deyiladi. Demak, o’quvchi
ijrochi deganda ifodali o’qish va badiiy so’z ijrochiligi san'atini o’zlashtirishga
kirishgan o’quvchi nazarda tutiladi. Ifodali o’qish boshlang’ich sinfda turli she'riy,
prozaik, dialogik nutqlarni to’g’ri o’qish, ularning mazmuniga mos ohang,
pauzalarni to’g’ri belgilash orqali amalga oshiriladi. Bolalar bularni nutqida
ishlatishga harakat qiladi. O’quvchini o’rab turgan ijtimoiy muhit ham uning so’z
boyligini oshirishda, ifodali o’qishinin ta'minlashda muhim omil hisoblanadi. Bu
o’qish o’qituvchi oldiga quyidagi talablarni qo’yadi:
a) o’qituvchining o’zi ifodali o’qishni puxta egallagan bo’lishi lozim;
b) o’quvchilarga ko’proq yod oldirishi zarur;
d) o’qish uchun chinakam badjiy va mazmunan boy asarlardan parchalar
tanlash kerak:
Kitobning har satrin
O'qirkanman, dil cho'g'dir.
43
Dunyoda bilimdan zo'r,
Qudratli qurol yo'qdir!(32-bet)
Maktab yoshidagi bolalar badiiy adabiyot namunalarini o’qish bilan,
deklamatsiya qilish bilan ongli o’qish, ifodali o’dish san'atini egallay
boshlaydilar. Asarni ifodali o’qish ham o’quvchilarni
yuksak badiiy didli,
estetik tarbiyali qilib, milliy
qadriyatlarni
singdirish ruhida tarbiyalab beradi.
Ifodali o’qish
o’quvchilarning
ongi va hissiyotiga katta ta'sir etadi.
Hissiyotga ta'sir etgan
narsa
esa kishi xotirasida bir umrga saqlanadi.
Masalan, 2-
sinfning
"Oqish kitobi"dan Tursunboy Adashboyevning "Oltin
kuz" she'ridan olingan parchaga e’tibor qiling:
Yana xazonrezgilik,
Bog’lar rangi siniqdi.
Dilda hokim ezgulik,
Anhorda suv tiniqdi (49-bet).
She'rning ikki misrasi ma'yus ohanda past tempda o’qiladi. 3-4-
satrlarida esa temp asta-sekin ko’tarilib boradi. Shunday o’qilganda she'r
o’quvchining hissiyotiga kuchli ta'sir etadi.
Boshlang’ich sinfda ifodali o’qishni
tog’ri
tashkil qilish zarurligini
o’qituvchi yaxshi
biladi. Agar o’qituvchi
ifodali
o’qisa, asarning g’oyaviy
mazmuni, uning badiiy qimmati, fikr va obrazlarining boyligi ochilgan
bo’ladi, o’quvchilar esa badiiy asarni chuqur tushunishga odatlanadilar.
Yaxshi qiroatxon asarni eng yaxshi tekshiruvchi hisoblanadi:
Dilga sevinch baxsh etgan, 7
Yurtga bezak naqsh etgan, 7
Ey ulug’ ayyom, 5
Yangi yil, salom! 5
O’rtada ko’m-ko’k archa, 7
Atrofda o’ynar barcha. 7
Jo’sh urar ilhom, 5
Yangi yil, salom (71-bet) 5
44
Bu she'rni o’qish biroz qiyinchilik tug’diradi, negaki unda murakkab barmoq
vazni qo’llangan. Murakkab barmoq vazni deganda misralardagi satrlar tengligi
ikki xil bo’lishi tushiniladi. Yuqoridagi misolga e'tibor qilsangiz, bir bandda ikki
xullikni ko’rasiz. Ikki misra o’zaro teng, ikki misra o’zaro teng. Ayni choqda,
to’rtinchi misrada vergul bor, undan so’ng esa rasm-rusm undoviga oid so’z
qo’llangan. "Salom" so’zi ko’tarinki ruhda aytilishi lozim. Holbuki, satrlarda ikki
xil vazn 7 va 5 hijoli she'r shaklining qo’llanishi 2-sinf o’quvchisini qiynab
qo’yadi. Bu o’rinda o’qituvchining mahorati muhim rol o’ynaydi:
O, qaldirg’och, qaldirg’och,
Qora ko’zlaring qiyg’och.
Duming o’xshar xivichga,
Qanotlaring qilichga (122-bet).
Ifodali o’qish jarayonida nafas, ovoz va nutq organlari faol ishtirok etadi.
Ifodali o’qish kishining nutq faoliyatining maxsus e'tibor berilgan ko’rinishi
bo’lganligi uchun u kundalik nutqdan sezilarli farq qiladi. Shunga ko’ra, ifodali
o’qishda nutq a'zolarining ishtiroki ham kundalik nutq jarayonidagiga qaraganda
anchagina faol boladi. Nutq a'zolarini faollashtirishga ko’maklashuvchi mashqlar
majmuasiga esa
Do'stlaringiz bilan baham: