Aniq nisbatdagi fe'llar
harakatning ma'lum shaxs yoki predmet tomonidan
bajarilishini bildiradi va ularda maxsus nisbat qo'shimchalari bo'lmaydi: o'qidi,
boryapti, uxlamoqchi. Demak, aniq nisbatdagi fe'llarda zamon va shaxs-son
qo'shimchalaridan boshqa qo'shimcha, ya'ni fe'l nisbatlarini ko'rsatuvchi qo'shimcha
bo'lmaydi: 1. Qor yog‟a boshladi. 2. Ukam bog‟chaga bormoqchi emas. 3. She'rni
baland ovozda o'qidi.
O'zlik nisbatidagi fe'llar
ish-harakatning boshqa narsa-buyumga o'tmay,
bajaruvchining o'zida qolganini anglatadi. O'zlik nisbati fe'l o'zagiga
-n (-in), -l (il)
qo'shimchasini qo'shish bilan hosil bo'ladi: tarandi, sevindi, sudraldi.
Majhul nisbatdagi fe'llarda
ish-harakatning bajaruvchisi noma'lum bo'ladi. Fe'l
o'zagiga
Do'stlaringiz bilan baham: |