II shaxs
birligiga
-gin
qo'shimchasi qo'yiladi: borgin, o'qigin, aytgin.
Shart mayli
biror ish-harakatning bajarilishi uchun undan oldin bajarilishi shart
bo'lgan ish-harakatni ifodalaydi. U fe'l o'zagiga
-sa
qo'shimchasini qo'shish bilan hosil
bo'ladi: o'qisa, bormasa. Shart maylidagi fe'llar quyidagi ma'nolarni anglatadi:
1. Biror ish-harakatning bajarilishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo'lgan
ish-harakatini bildiradi: 1. Shamol bo'lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi. (maqol). 2.
Quyosh chiqsa, qorlar tez eriydi.
2. Orzu-istak, iltimos, maslahat kabi ma'nolarni anglatadi: Qani edi, o'qishga
kirsam. 3. Shart maylidagi fe'llar
kerak
so'zi bilan birga qo'llanganda, faraz, gumon,
noaniqlik ma'nolarini anglatadi: Bugun yomg‟ir yog‟sa kerak.
Maqsad mayli
dagi
fe'llar ish-harakatni bajaruvchining maqsadi, niyati, mo'ljalini bildiradi. Bu mayl
Do'stlaringiz bilan baham: |