Mahmud G'aznaviyning harbiy yurishlari oqibatlaridan biri shu bo'ldiki, shimoliy Hindiston
hududining bosib olinishi natijasida turkiy aholining ancha qismi bujoylarga kelib joylasha boshlaydi. Bu
esa Hindistonning keyingi tarixiy taqdiriga sezilarli ta'sir ko'rsatdi.
Mahmud davrida G'aznaviylar davlati hududlari benihoya kengayib, mamlakat shaharlarida,
ayniqsa, G'aznada katta inshootlar, salobatli
masjid-u madrasalar, kutubxona-yu shifoxonalar, ilm
maskanlari ko'plab barpo etilgan bo'lsa-da, biroq ko'pchilik aholining moddiy — maishiy ahvoli nochor
bo'lgan, turli xil soliq va majburi-yatlar odamlarning tinkasini quritgan.
1011— yilda Xuroson o'lkasida boshlangan ocharchilik minglab odamlarning nobud bo'lishiga
olib kelgan. Shu bois, Mahmud G'aznaviy davlati tashqaridan go'yo qudratli ko'ringani bilan
aslida uning
ichdan yemirilayotganini, omonatligini payqash qiyin emas. Zero, uning vafotidan keyin ko'p o'tmay, bu
saltanatning tush-kunlik sari yuz tutganligi ham shundandir. Bu o'rinda, Sulton Mahmud vafotidan
keyinoq Xorazm o'z mustaqilligini tiklashga erishganini aytish kifoya. Shuningdek,
saljuqiy turklarning
Xuroson hududlarini egallash uchun harakatlari kuchayadi. Agar Mahmud davrida uning roziligi bilan
Xurosonning ayrim hududlariga saljuqiy qabilalar kelib joylashgan bo'lsa, endiliJcda ular butun
Xurosonni ishg'ol qilishga kirishadilar. O'lkaning G'aznaviylar siyosatidan, haddan ziyod soliq-to'lovlar
asoratidan norozi bo'lgan mahalliy aholisi ham Saljuqiylarni qo'Ilab-quvvatlab chiqadi. Bu esa ikki
o'rtadagi harbiy to'qnashuvlarning pirovard yakuniga hal qiluvchi ta'sir o'tkazadi. G'aznaviylar qo'shini
bilan Saljuqiylar o'rtasidagi birinchi katta urush 1035— yilda Nissa shahri yonida bo'lib o'tdi. Bu jang
Saljuqiylar g'alabasi bilan yakunlandi. Ko'p o'tmay, Saljuqiylar o'z g'alabalarini
mustahkamlab,
Xurosonning ancha qismini, jumladan, Nishopurni qo'lga kiritdilar (1038).
1040— yil bahorida Dandanakon yonida (Saraxs bilan Marv oralig'i) bo'lgan hal qiluvchi so'nggi
jangdan keyin Mas'ud G'aznaviy qo'shini qaqshatqich zarbaga uchrab, butun Xuroson o'lkasidan
mahrum
bo'ladi. Ko'p o'tmay, Mas'ud ukasi Muhammad tomonidan qatl qilinadi (1041). Tez vaqt ichida
hokimiyatni egallagan Mas'udning o'g'li Mavdud ham bir necha bor kuch to'plab saljuqiylar bilan urush
oiib borgan bo'lsa-da, ammo o'z qo'shinini mag'lubiyatdan saqlab qola olmadi. 1059— yilda
G'aznaviylarning muhim tayanchi bo'lgan Balxning Saljuqiylar qo'ltga o'tishi G'aznaviylarning so'nggi
umidini ham puchga chiqardi. Bu esa, pirovardda, G'aznaviylar davlatining tarix sahnasida butunlay
yo'qolib ketishiga sabab bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: