Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va


 O‘t oldirish tizimlari va ularga taalluqli



Download 8,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/53
Sana23.01.2022
Hajmi8,73 Mb.
#406554
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53
Bog'liq
avtomobil elektr jihozlarini ishlatis

4.3. O‘t oldirish tizimlari va ularga taalluqli
asboblarni tekshirish
Uzgich-taqsimlagichni tekshirish. Uzgich-taqsimlagich ÑÏÇ-8M
yoki ÑÏÇ-12 sinash qurilmasi yordamida tekshiriladi (4.4-rasm).
Òaqsimlagich vali elektr dvigatel yordamida harakatga keltiri-
ladi. Elektr dvigatelning aylanishlar chastotasini rostlash va aylanish
yo‘nalishini o‘zgartirish mumkin. Uzgich-taqsimlagichni tekshi-
rish jarayonida sxemaga tegishli turdagi o‘t oldirish g‘altagi, kon-
b
Izolator  qarshiligi
Kontaktlar  qarshiligi
4  qirrali
6  qirrali
8 qirrali
8
9
10
11
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
33 32
35 34
37
36
1
2
3
4
5
6
7
8
9
a


93
4.4-rasm. ÑÏÇ-8M qurilmasi:
—  umumiy ko‘rinishi;  b  —  asboblar paneli;  —  yuqoridan  ko‘rinishi;
e  —  tekshiriladigan  asboblar  ulash  paneli;  1  —  elektrdvigatelni  boshqarish
dastasi; — elektrdvigatelni almashlab ulagichi; — tumbler;
— kalibrovka dastasi; — elektrsizlagich shkalasi; — elektrsizlagichdagi
tirqishni rostlash  bandi; 7  —  uchqunli elektrsizlagich;  —  asboblar  paneli;
— vakuummetr; 10 — voltmetr-taxometr; 11 — uzgich kontaktlarining
tutashib  turish  burchagi  va  kondensator  sig‘imini  o‘lchash  asbobi;
12 — indikator; 13 — indikator tugmasi; 14 — almashlab ulagich
(tekshirish turlari); 15 — signal lampasi; 16 — uzgichga ulash o‘tkazgichlari;
17 — qurilmani tok manbayiga ulovchi tumbler; 18 — yuqori kuchlanishli
o‘tkazgichlar; 19 — vakuum rostlagichga ulanadigan shtutser; 20 — qisqich;
21 — tutqich; 22 — qayd qiluvchi vint; 23 — tirgak; 24 — mufta;
25, 26, 27 — sinxronoskop; 28 — boshqarish paneli; 29 — nasos dastasi;
30, 37 — elektrsaqlagich; 31 — «Izolatsiya qarshiligi» tugmachasi;
32 —  kondensator ulash  qisqichi;  33  —  «Kompensatsiya  dastasi»;
34 — o‘t oldirish g‘altagini ulash rozetkasi; 35 — «Izolatsiya
qarshiligi»  qisqichi;  36  —  «Sig‘im»  qisqichi.
7
3
4
13 12
17
25
26
27
15
6
5
2
14
Kondensatorni tekshirish
Taqsimlagich
izolatsiyasining holati
Uchqun hosil bo‘lish
burchagi
Kontakt  burchagi
Kontakt  qarshiligi
31
33
32
30
34
35
37
36
d
e


94
takt-tranzistorli o‘t oldirish tizimida esa bundan tashqari tranzistor
kommutatori ÒK-102 va qarshiliklar bloki ÑÝ-107 ulanadi. Quril-
maga o‘rnatilgan o‘t oldirish tizimiga taalluqli barcha asboblarning
bir-biri bilan ulanishi  avtomobildagi  ulanish  sxemasi bilan  bir
xil bo‘ladi. O‘t oldirish shamlarining o‘rniga qurilmaga uch elek-
trodli ignasimon razryadlagich o‘rnatilgan bo‘lib, u yuqori kuch-
lanishli  o‘tkazgichlar  vositasi  va  taqsimlagich  bilan  bog‘langan.
Razryadlagich elektrodlari orasidagi tirqishni ma’lum doirada o‘z-
gartirish  mumkin.
Uzgich-taqsimlagich qurilmaga o‘rnatilib, uch elektrodli raz-
ryadlagichdagi tirqishni 7 mm va uzluksiz uchqun hosil qilini-
shini  ta’minlovchi  maksimal aylanishlar  chastotasi  aniqlanadi.
Bu  ko‘rsatkich  har  bir  turdagi  uzgich-taqsimlagichlar  uchun
ma’lumotnomalarda (4.1-jadval) beriladi. Òaqsimlagichni tek-
shirish jarayonida taqsimlagich valini tegishli chastota bilan ay-
lantiriladi va razryadlagichda uchqun hosil bo‘lishining uzluksizligi
kuzatiladi.
O‘t  oldirilishi  sinxronligi  (ya’ni  uchqunlarning  ketma-ket
hosil bo‘lishining to‘g‘riligi) hamda markazdan qochma va va-
kuum  rostlagichlarning  tavsifnomalarini  tekshirish  qurilmaga
o‘rnatilgan sinxronoskop yordamida amalga oshiriladi. Sinxro-
noskopning halqasimon shkalasidan o‘lchanadigan uzgich kon-
taktlarining ikki ketma-ket ochilishi orasida taqsimlagich vali-
ning barcha burilish burchaklari nazariy jihatdan bir xil bo‘lib,
360°  ni  dvigatel  silindrlar  soniga  bo‘lingandagi  qiymatga  teng
bo‘lishi kerak. Lekin haqiqatda esa kulachok shaklidagi nuqson-
lar, kulachok va valning  tebranishi (urilishi), valning podship-
nikda ma’lum lyufti borligi natijasida uzgich kontaktlarining ketma-
ket ochilishi orasida taqsimlagich valining burilish burchagi na-
zariy qiymatdan farq qiladi. Bu farq o‘t oldirishni sinxronlikdan
chetlatish darajasini belgilaydi. Sinxronlikdan chetlashish dvigatel
silindrlarida o‘t oldirishni ilgarilatish burchagining har xil bo‘li-
shiga va uning me’yorida ishlashiga putur yetkazadi. Sinxronlik-
dan chetlashish darajasi taqsimlagich vali bo‘yicha 

10 bo‘lishiga
yo‘l  qo‘yiladi.  Xatolar  to‘planishining  oldini  olish  maqsadida
sinxronoskop  shkalasidan  o‘lchanadigan  barcha  burchaklarni
hisoblash  dvigatelning  birinchi  silindrida  uchqun  hosil  bo‘lish
nuqtasidan boshlanadi.
O‘t oldirishni ilgarilatish burchagining markazdan qochma va
vakuum rostlagichlarning tavsifnomasini tekshirish uchun taqsim-


95
lagich  valining  aylanishlar  chastotasi
yoki siyraklanishni o‘zgartirib, sinxro-
noskop ko‘rsatkichlari o‘lchanadi. Olin-
gan ma’lumotlar tekshirilayotgan asbob
uchun  belgilangan  me’yorga  mos  ke-
lishi kerak (4.1-jadval). Ma’lumotlarning
bir-biriga  mos  kelmasligiga  rostlagich
mexanizmining  yaxshi  ishlamasligi
(ifloslanishi,  ishqalanuvchi  yuzalarda
moy yetishmasligi, ular yeyilishi, zoldirli
podshipnik yeyilishi va h.k.) natijasida
yuzaga kelishi mumkin.
Markazdan  qochma  rostlagichni
prujina (1) ning (4.5-rasm) tortish ku-
chini  o‘zgartirish  hisobiga  rostlanadi.
Buning uchun ustun (2) ni tegishli to-
monga egiladi. Vakuum rostlagich pru-
jina  (3)  ning  (4.6-rasm)  tortish  ku-
chini maxsus shaybalar (2) sonini oshi-
rish yoki kamaytirish hisobiga o‘zgar-
tirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Sinov  qurilmasida  vakuum  rost-
lagichning zich yopilganligi ham tek-
shiriladi. Siyraklanganlik 400 mm si-
mob  ustuni  bo‘lganda 15  s  davomida
siyraklanganlikning o‘zgarishi 5 mm si-
mob ustuni qiymatidan ortmasligi ke-
rak.  Bundan  tashqari,  sinxronoskop
yordamida  uzgich  kontaktlarining  tu-
tashib turish burchagini ham o‘lchash
mumkin.  Buning  uchun  taqsimla-
gichning past kuchlanishi chiqish joyi
bilan  «massa»  orasiga  nazorat  lampa
ulanadi. Òaqsimlagich valini aylantirib,
sinxronoskop  halqali  shkalasidan  uz-
gich  kontaktlarining  tutashib  turish
burchagi aniqlanadi.
O‘t oldirish g‘altagini tekshirish. O‘t
oldirish g‘altagi chulg‘amlarning uzili-
shiga, birlamchi chulg‘amning o‘ram-
4.6-rasm. Vakuum
rostlagichini rostlash:
1 — vakuum rostlagich
gaykasi; — prokladka;
34 — rostlagich qobig‘i;
— rostlagichni
qotirish  vinti.
1
2
3
4
5
2
3
1
2
4.5-rasm. Markazdan
qochma rostlagichini
rostlash:
1—3 — prujina;
— rostlagich yukchalari
ilgakchasi.


96
4
.1
-ja
d
va
l

Download 8,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish