Bog'liq shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish
9.6. Windows XP/2003 Server operatsion tizimi Windows Server 2003 ga mansub mahsulotlar oilasi Windows
2000 Server operatsion tizimi texnologiyasining eng yaxshi
xusu
siyatlarini olgan. Windows Server 2003 texnologiyasi
tarkibida server uchun mo‘ljallangan Windows OTdan
foydalanuvchi kutgan xavfsiz lik, ishonchlilik, erkin foydalanish
va masshtablanish kabi muhim masalalarni yechish uchun
foydalaniladigan hamma funksiyalar mavjud.
Windows Server 2003 ko‘p masalali operatsion tizim bo‘lib,
markazlashtirilgan yoki tarqoq holda turli funksiyalar to‘plamini
boshqarish xususiyatiga ega. Server bajaradigan vazifalariga
qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
– fayl serveri va bosmaga chiqarish serveri;
– veb-server va ilovalar veb-serveri;
– pochta serveri;
– terminallar serveri;
– masofaviy foydalanish serveri/virtual shaxsiy tarmoq serve-
ri (VPN);
169
– kataloglar xizmati, domen nomlar tizimi (DNS), bog‘la-
malarni dinamik sozlash protokollari serveri (DHCP) va
Windows Internet Naming Service (WINS) xizmati.