Reja:
1.Hind – yevropa tillarining o`rganilish tarixidan.
2.Hind – yevropa tillarining qarindoshlik aloqalari.
3.Hind – yevropa tillarining tipologik xususiyatlari.
Mavzu bo`yicha tayanch tushuncha:
Hind – yevropa tillari oilasi, bu oilani o`rganish tarixidan, ovrupashunoslar va ularning tadqiqot manbalari, metodlari, hind –
yevropa tillarining qarindoshligi, hind – yevropa tillari oilasining guruhlanishi, eng yirik guruh, eng yirik (so`zlashuvchilar va jahondagi
o`rniga ko`ra) tillar, hind – yevropa tillarining ichki (lisoniy) xususiyatlari, hind – yevropa tillari flektiv tillar sifatida.
Genealogik tasnif asosida, tillarni qiyosiy-tarixiy metod orqali organish, avvalo, hind – yevropa tillari materiallarida ishlab
chiqilgan edi. Bunda XIX asrning birinchi yarmida nemis filologi F.Bonn (1791-1867), rus tilshunosi A.X.Vostokov (1781-1864), nemis
olimi A.Shleyxer (1821-1868),fransuz tilshunosi F.Dits (1794-1876)lar hind – yevropashunoslikka asos soldilar. Bundan keyin som-xom,
fin-ugor, turkiy, kavkaz tillari oilasi tasniflandi.
Fransuz gumanisti Gvilyelm Postellus (1510-1581) ozining “Tillarning qarndoshligi haqida”, gollandiyalik olim Iosif Skaliger
(1540-1609) esa “Yevropaliklarning tillari haqida mulohazalar” nomli tadqiqotlarida yevropa tillari doirasida 11ta “ona til”larni
ko`rsatadilar. 4 ta “katta”: grek, latin (roman tillari bilan), tevton (german), slavyan hamda 7ta “kichik”: alban (epirot), irland, kimrcha
(britt), tatar, fincha, venger va bass tillari. Tilshunoslar qadimgi hind (sanskrit) tilini ilmiy o`rgana boshlaydilar. Sanskrit tilini o`rganish esa
qiyosiy -tarixiy tilshunoslikning shakllanshiga katta ijobiy ta’sir ko`rsatdi. 1786-yilda ingliz sharqshunos olimi Vilyam Djounz (1746-1794)
Kalkuttada qilgan imiy ma’ruzasida sanskrit tilining grek, latin, kelt, got va qadimgi fors tillari bilan qarindosh ekanligini ko`rsatib berdi.
Sanskrit tilini “klassik tillar ”ga qiyoslab , bu tillarda faqat o`zaklarninggina emas, balki grammatik (forma) shakllarning ham o`xshash,
bog`liq ekanligini va bu o`xshashliklarning tasodifiy emasligini, bular hind – yevropa tillari orasida qarindoshlik munosabati borligini
ko`rsatadi, deya mulohaza yuritdi.
Frans Bopp (1791-1867) esa xuddi shu yonalishda, ya’ni sanskrit tili va ko`pgina yevropa tillarini qiyoslash asosida 1816-yilda
“Sanskrit tilining tuslanish sistemasi va uni grek, latin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga qiyoslash” nomli asarini e’lon qildi
1
analitikas – «ечилиш», ажратилиш.
2
sintetikas – «бириктириш».
22
va bu asarda mazkur tillardagi tuslanishning o`xshashligini, bu tillarning bir manbadan kelib chiqqanligini ko`rsatib o`tdi.Olim o`zining III
tomli “Sanskrit , hind, arman, grek, latin, litva, qadimgi slovyan , got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi” nomli asarida (1833-1852)
hind – yevropa tillarida fleksiyaning kelib chiqish tarixini o`rganib, tilshunoslikda “agglyutinatsiya” nazariyasini ishlab chiqdi.
Hind – yevropa tillari oilasini o`rganish sohasida Y.Grimm va R.Rasklar ham katta xizmat ko`rsatishgan. Xususan, Rasmus
Rask (1787-1832) o`zining “Qadimgi island tili va island tilining paydo bo`lishi” (1814) nomli asarida tillarning qarindoshligi so`zlarning
o`xshashligiga emas, balki grammatik formalarning o`xshashligiga asoslanishi kerakligini qayd qilgan. Yakob Grimm (nemis olimi)
(1785-1863) esa german tillari qiyosiy grammatikasini yaratdi.1819-1877-yillar davomida to`rt tomlik “Nemis tili grammatikasi” asarida
german tillari va boshqa hind – yevropa tillariga xos bo`lgan fonetik sistemani qiyoslaydi. Bu qonun “Grimm qonuni” deya nom qozongan
bo`lib, german tillaridagi [f], [b], [h] tovushlari hind-yevropa tillaridagi [p], [t], [k] tovushlariga mos kelishini isbotlaydi.
Slovyan va roman tillarini tadqiq etish borasida M.V.Lomonosov (1711-1765) ham izlanishlar olib borgan. Uning “Rossiya
grammatikasi” (1755), “Rossiya (rus) tillariga qarindosh tillar hamda qadimgi dialektlar haqida” (tugallanmagan) asarlari ma’lum.
1820-yillarda mashhur rus tilshunosi A.X.Vostokov o`zining “Slovyan tili haqida mulohazalar” asarida slovyan tillarining genetik
aloqalarini asoslab berdi. Quyosiy - tarixiy tilshunoslik haqida, ayniqsa, hind-yevropa tillari oilasi haqida gapirganda buyuk olim Avgust
Shleyxerning naturalistik qarashlariga to`xtalmasdan bo`lmaydi. Shleyxerning “Сравнительно – лингвистическое иследование” (1848-
1850), «Немецкий язык» (1859), «Компендий сравнительной грамматики индоевропейских языков» (1861-1862) kabi asarlarida
uning eng asosiy g`oyalari o`z aksini topgan. Olimning tilga “jonli organizm” sifatida qarash, jonli organizmlarga xos “tug`ilish, rivojlanish
va o`lish” (inqiroz) hodisalari aynan til misolida yaqqol ko`rinishini e’tirof etish, tillar shajarasi va bobo til masalalarini tadqiq etish
faoliyatining naturalistik tafakkuri asosini tashkil qilar edi.
A. Shleyxerning fikricha, dunyo tillarining barchasi uchun umumiy bobo tilni o`rnatish mumkin emas. Demak, bir necha bobo
tillar bor bo`lgan. Chunonchi, tillarning ko`pgina qismi yo`qolgan va yo`qolayotgan bir paytda, bizga ma’lum bo`lmagan juda ko`p tillar
bo`lganligini va shunga yarasha ko`plab bobo tillar bo`lganligini tasavvur qilish mumkin. “Hayvon va jonzotlarga xos yashash uchun
kurash” qonunini tilga tadbiq etib, shunday xulosaga keladi. “Insoniyatning hozirgi davrida “yashash uchun kurash”da hind-german tillari
g`oliblik qilmoqda, ularning yoyilishi hanuz davom etmoqda, boshqa ko`plab tillar ular tomonidan siqib chiqarilgan”.
1
Tillar tasnifi
masalasiga keladigan bo`lsak, Vilgelm fon Gumboldt nazariyasidan (tillarni 4 tipga bo`lish ) farqli ravishda, u Avgust Shlegel g`oyasiga
qo`shiladi, tillarni 3 turga bo`ladi.
1. Tarkibli (односложные), agglyutinativ va flektiv. U buni yer yuzidagi taraqqiyot bosqichlari bilan uyg`unlashtiradi; xitoy, kxasi,
birma, namakva tillari arxaik ko`rinishlar, turk-tatar, mo`g`ul, fin, venger, dravid, tibet tillari o`tuvchi, oraliq tillar, semit va hind – yevropa
tillari – eng rivojlangan tillardir.
2.Hind-yevropa tillari eng keng tarqalgan yirik oiladir. Hozirgi hind – yevropa tillari oilasi qarindoshlik darajasiga ko`ra 10 guruhga
ajratiladi: hind,eron, roman, german, slovyan, grek, kelt, arman, boltiq, alban.
1.Hind guruhi. 24 tildan iborat. 676 million kishi so`zlashadi. Bu 33,7 % ni tashkil qiladi.
2.Roman guruhi, 10ta til. 522 million kishi so`zlashadi. 26,0%
3.German guruhi, 10ta til. 421 million kishi so`zlashadi.21,0%
4.Slovyan guruhi, 11ta til. 282 million kishi so`zlashadi. 14,1%
5.Eron guruhi, 31ta til. 68 million kishi so`zlashadi. 3,4%
6.Grek guruhi, 1ta til. 11,7 million kishi so`zlashadi. 0,6%
7.Kelt guruhi, 4ta til. 9,4 million kishi so`zlashadi. 0,5%
8. Arman guruhi, 1ta til. 6 million kishi so`zlashadi. 0,3%
9. Boltiq guruhi, 2ta til. 4,7 million kishi so`zlashadi. 0,2%
10.Alban guruhi, 1 ta til. 4,5 million kishi so`zlashadi. 0,2%
Demak, hind – yevropa tillari jami 95 tildan hamda 2005,3 million so`zlovchidan iborat oiladir. Bu tillarning barchasini
umumlashtirib turuvchi tipologik xususiyat bor: ularning hammasi flektiv tipga mansub.
Hind – yevropa tillarining genealogik tasnifi quyidagicha:
Hind guruhi:
1). Hind (Hindiston), 150 million, 2 adabiy shakli bor: urdu hamda hind;
2). Bengal, 60 million, Ganga daryosi va Bengal qo`ltig`i tomonlari;
3). Bixori, 30 million, Hindistonning shimoliy-sharqi;
4). Maratxi, 20 million, G`arbiy Hindiston;
5). Panjob, 20 millionga yaqin, Shimoliy Hindiston;
6). Rajastoni, 15 million, Hindistonning shimoliy g`arbi;
7). Bujarat, 13 million, Hindistonning g`arbi;
8). Uriya, 10 million, Sharqiy Hindiston;
9). Sindxi – Hind daryosi vodiysi va b. yangi hind tillari;
10). Sigan (lo`li) – Ispaniya, Vengriya, Chexiya, Ruminiya, Germaniya, Turkiya, Rossiya va Osiyoda V-X asrlarda migratsiya yo`li
bilan tarqalgan elatlar tili;
11). O`lik tillar (veda tili)-sanskrit: veda tili, pali, prokrit.
2. Eron guruhi.
1). Forsiy, 15 million, Eronning davlat tili;
2). Afg`on (pushtu) – Afgonistonning milliy adabiy tili;
3). Baluchi (beludja) – Baluchiston tili;
1
Aмирова Т.А. и д. Очерки по истории лингвистики. М., «Наука» 1975 . 361 стр.
23
4). Kurd – shimoliy – g`arbiy Eron, Iroq, Turkiya chegaralari va Armanistonda yashovchi kurdlar tili;
5). Tojik, 1 million, Tojikiston, O`zbekiston va Qozog`iston;
6). Osetin, 266 ming, shevalari; iron (shim. Oseteya) va digorga (jan. Osetiya) kavkaz tillarining ba’zi belgilari bor;
7). Tolish, 80 ming, Ozarbayjon;
8). Tog`, Ozarbayjon, janubiy Dog`iston;
9). Rushan, 7, 1 ming
10). Shug`non, 12 ming Badaxshon tog`lari;
11). Yag`nob, 1 ming, o`sha yerda va boshqa pomir shevalari.
O`lik tillar: qadimgi fors, avesto, pahlaviy, skif, so`g`d, xorazmiy, sak tillari.
3. Slovyan guruhi.
A.Sharqiy guruh:
1). Rus, 10 million, Rossiya va sobiq SSSR respublikalarida; shimoliy rus -“ olovchi” va janubiy rus – “ alovchi” eng muhim aloqa
tili (jahon bo`ylab);
2). Ukrain, 40 million, Ukraina, shimoliy Kavkaz, Sibir, Qozog`iston; o`ng qirg`oq va chap qirg`oq (Dnepr bo`ylab) tillari mavjud;
3). Belorus, 9 million, Belorussiyada.
Do'stlaringiz bilan baham: |