Reja:
1. Grammatik ma’no ─ grammatik munosabat ifodalaydigan umumiy ma’no.
2. Grammatik ma’no ifodalovchi vositalar haqida.
3. Umumiy xulosalar.
Mavzu bo`yicha tayanch tushuncha:
Grammatik ma’no, grammatik shakl, grammatik ma’no ifodalovchi usullar, suppletivizm, ichki fleksiya, grammatik ma’noning turli
usullar bilan ifodalanishi, bir grammatik shaklning polifunksionalligi.
Grammatik ma’no, grammatik shakl va grammatik kategoriya grammatikaning eng muhim tushunchaidir va bular o`zaro
uzviy bog`langan. Grammatik ma’no tilda rang-barang usullar bilan ifodalanadi. Dastlab, grammatik ma’no to`g`risida mufassal
to`xtaylik. Grammatik ma’noning tashuvchisi va ifodalovchisi grammatik shakl sanaladi. Tabiatan agglyutinativ va sintetik bo`lgan o`zbek
tilida qo`shimchalardan aloqa - munosabat qo`shimchalari va lug`aviy shakl hosil qiluvchi qo`shimchalar, asosan, grammatik ma’no
ifodalaydi. Masalan, kitobi so`zshakliga e’tibor bersak. Bu shakldagi [-i] qo`shimchasi kitobning qandaydir uchinchi bir shaxsga
tegishliligini ifodalasa, "O`tgan kunlar" kitobi” birikmasida tur va jins nomini o`zaro bog`lab birikma hosil qilyapti. Shu ma’nolar [-i]
qo`shimchasida mujassamlangan va shu ma’no ushbu affiksal morfema orqali yuzaga chiqmoqda. Kelishik qo`shimchalari grammatik
ma’no ifodalaydi. Masalan, "Javondagi kitoblardan oldi" gapida [–dan] qo`shimchasi ma’lum bir manbadan biror narsa
ajralayotganini ifodalasa, "Vijdondan qo`rqing" gapida [-dan] vijdon va "qo`rqmoq so`zlarini bir-biriga bog`lashga xizmat qilyapti, "Anvar
uydan chiqdi" gapida esa Anvar degan shaxsning chiqish joyini ko`rsatmoqda. Yuqorida keltirgan misollarimizdan shunday xulosaga
kelish mumkinki, grammatik ma’no lisoniy va nolisoniy munosabatlarning muayyan shakl(qolip) da mujassamlangan mavhum inikosidir.
Chunki, yuqoridagi kitobi so`zidagi [–i] qo`shimchasida, "Javondagi kitoblardan oldi" gapidagi [-dan] qo`shimchasida nolisoniy
munosabat yotsa, "O`tgan kunlar” kitobi” birikmasidagi [-i] va "Vijdondan qo`rqing" gapidagi [-dan] qo`shimchalarida sof lisoniy
munosabat mujassamlangan. Shuning uchun grammatik ma’no tarkiban murakkab bo`lib, lisoniy va nolisoniy munosabatlar inikosining
birikishidan iboratdir.
Fe’l zamonlari ham grammatik ma’no ifodalaydi. Bu zamonlar faqat nutqdagi, matndagi so`zlarning qaysi zamonga oid
ekanligini ko`rsatish bilan chegaralanmay, balki tashqi dunyoda sodir bo`ladigan voqea va hodisalarning qachon bo`lib o`tganini,
ya’ni aynan gapirilayotgan vaqtda yoki gapirilayotgan vaqtdan oldin yo keyin sodir bo`layotganligini ifodalash uchun ham xizmat qiladi:
Lola o`qidi; Lola o`qiydi; Lola o`qiyotir; Лола прочитала; Лола читаеть…
Sifat darajalari ham grammatik ma’no anglatadi. Ular narsa, predmet, hodisalarning borliqdagi nisbiy farqini aks ettiradi:
tor/ torroq /eng tor; go`zal/ go`zalroq/ eng go`zal; красивый-красивее-самый красивый.
Mana shunday ma’lum bir shaklda mujassamlangan va tilda ifodalanishi zarur bo`lgan umumlashgan, lug`aviy ma’no ustidagi
ustama ma’no ─ grammatik ma’no sanaladi. Grammatik ma’no aytib o`tganimizdek, rang-barang usullar bilan ifodalanadi. Grammatik
ma’nolar quyidagi usullar bilan ifodalanadi:
1.
Affiksatsiya.
2.
Yordamchi so`zlar.
3.
So`z tartibi.
4.
Takror.
5.
Ohang.
6.
So`zlarni juftlash.
7.
Ichki fleksiya.
8.
Urg`u.
9.
Suppletivizm.
1.Affiksatsiya tilimizda grammatik ma’noni ifodalashning eng keng tarqalgan usuli bo`lib, tilimizga xos bo`lgan grammatik
ma’nolarning deyarli barchasi son, egalik, kelishik, hurmat, shaxsiy munosabat, belgi darajasi, harakat, nisbat, tarz (harakatning
sodir usuli), bo`lishli-bo`lishsizlik (tasdiq-inkor), mayl- zamon, shaxs-son affiks - qo`shimchalar yordamida ifodalanadi. O`zbek tilida,
asosan, suffikslar, ya’ni o`zak yoki asosdan keyin qo`shiladigan qo`shimchalar ishlatiladi. Tilimizda eroniy tillardan kirgan bir qator
[be-], [bo-], [ser-], [no-], [ba-] kabi prefikslar ─ o`zak va asosdan oldin keladigan qo`shimchalar ham o`zlashib qolgan. Lug`aviy shakl
va aloqa - munosabat qo`shimchalari vositasida yasaladigan shakllar tilshunoslikda s i n t e t i k shakllar deb aytiladi. Chunonchi,
Do'stlaringiz bilan baham: |