Kungaboqar mag’zini tahlil qilish.
Rushanka shamol mashinalarida mag’iz va
po’choqqa ajratilib, elanadi. Elash mashinasidan chiqayotgan mag’izdan avtomat
yordamida namuna olinadi. Bir smenada olingan bir necha namunani aralashtirib shundan
analitik tarozida 25 g tortib olinadi. So’ng teshmklari 1 mm li elakda elab, fraktsiyalar
(po’choq, butun urug’)ga ajratiladi.
Po’choqning miqdorini bilish uchun barcha po’choqlarni birga tortib, uning vazni
100 ga ko’paytiriladi, so’ng mag’zining vazniga bo’linadi. Norma bo’yicha pressli
zavodlarda kunjarada qoldiq po’choq 1,6% dan 3,0% gacha bo’lishi, ekstraktsiyalash
zavodlarida esa 8,0% dan oshmasligi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |