Sxemalarni tahlil qilish.
Multisim dasturida asos qilib olingan ulchash
asboblariga ega boʻlgan elektron laboratoriya kontseptsiyasi elektron kurilmalara
kechadigan jarayonlarni hisoblash ishini keskin soddalashtiradi. Sxema tuzilgandan
va unga kerakli ulchash asboblari ulangandan keyin taxlilni boshlash uchun
Activate/Stop knopkasini bosish etarli. Xuddi real laboratoriyada real ulchash
asboblari bilan ishlagandagidek toklar, kuchlanishlar va karshiliklarning
hisoblangan kiymatlari ulchash asboblarining ekranlarida koʻrinadi.
Modellashning keyingi etapida sxemani oʻzgartirish, elementlarni almashtirish,
yangi elementlarni qoʻshish, asboblarni boshqa nazorat nuqtalariga ulash va h.k.
ishlarni bajarish mumkin. Oʻzgartirishlar kiritilgandan keyin sxema Activate/Stop
knopkasi yoramida qaytadan aktivlashtiriladi. Sxemaga ulangan asboblarga mos
holda EWB dasturi quyidagi tahlilarni bajarish uchun avtomatik ravishda sozlanadi:
— DC Operating Point — sxemaning oʻzgarmas tok rejimini hisoblash
(oʻzgarmas tok va kuchlanishlarni oʻlchash uchun multimetr, ampermetr yoki
voltmetrlar ulanganda);
—AC Frequency — chastotaviy xarakteristikalarni hisoblash (ACHX va
FCHX oʻlchagichlari ulanganda yoki garmonik tok va kuchlanishlarni oʻlchash
uchun multimetr, ampermetr yoki voltmetrlar ulanganda);
—Transient — oʻtish jarayonlarini hisoblash (ostsillografdan foydalanilganda).
Yuqorida koʻrsatilgan tahlillarni Analysis menyusining mos komandarini
tashlash yoʻli bilan ham bajarish mumkin.
Multisim dasturida sukut boʻyicha sonli integrallash uchun juda katta qadam
oʻrnatilgan. Oʻtish jarayonlari tahlili aniqligini orttirish uchun Analysis\Analysis
Option\Transient tanlanadi va EWB dasturining quyidagi parametrlari oʻrnatiladi:
ITX4 - 100...1000 va TRTOL = 1 ... 0,1.
Multisim dasturi yordamida yuqorida keltirilgan uch xil tahlildan tashqari
quyidagilarni ham bajarish mumkin:
• spektral tahlil (Fourier), ichki shovqinlar spektrining tahlili (Noise),
nochiziqli buzilishlarni hisoblash (Distortion);
• sxema elementi parametrlari variatsiyasi ta’sirini tahlili (Parameter sweep);
• qurilma xarakteristikalariga harorat oʻzgarishi ta’sirining tahlili (Temperature
sweep);
• modellanayotgan zanjir xarakteristikalarining nollari va qutblarini hisoblash
(Pole-Zero);
• oʻtkazish xarakteristikasini hisoblash (Transfer Function);
• komponentlar parametrlari oʻzgarganda sxemaning sezgirligini va
xarakteristikalarining oʻzgarishini hisoblash (Sensitivity, Worst Case i Monte
Carlo).
Do'stlaringiz bilan baham: |