Initial conditions — modellashning boshlangʻich shartlarini oʻrnatish (Set to
Zero – nolli boshlangʻich holat; User-defined – boshlangʻich shartlarini
foydalanuvchi boshqaradi (oʻrnatadi); Calculate DC operating point – boshlangʻich
shartlar oʻzgarmas tok rejimini hisoblash natijalaridan olinadi.
TSTART i TSTOP — oʻtish jarayonlarini tahlil qilishning boshlanish va
tugallanish vaqtlari.
Generate time steps automatically — Oʻtish jarayonlarini avtomatik ravishda
tanlanadigan oʻzgaruvchi qadam bilan hisoblash.
Tsteps — modellash natijalarini ekranga chiqarish uchun vaqt boʻyicha qadam.
Fourier…
—spektral tahlil.
Signallarning spektrlarini tahlil qilish uchun Analysis menyusining Fourier
punkti tanlanadi. Dialog oynada Fure boʻyicha tahlil qilish optsiyalarini oʻrnatish
1.20-rasmda koʻrsatilgan. Analysis parametrlar blokining yuqoridan birinchi
oynasida sxemaning tahlili amalga oshirilishi kerak boʻlgan tugunining nomeri
koʻrsatiladi. Yuqoridan ikkinchi oynachada esa asosiy garmonikaning chastotasi
oʻrnatiladi va uchinchi oynachada hisoblanishi kerak boʻlgan garmonikalar soni
koʻrsatiladi. Result blokida vertikal oʻq boʻyicha masshtab tanlanadi, faza spektrini
aks ettirish uchun blokning Display phase punkti yoki amplituda spektrini uzluksiz
chiziq koʻrinishida aks ettirish uchun Output as line graph punkti belgilanadi.
Modellash parametrlari 1.20-rasmda koʻrsatilgan dialog oynasida beriladi,
unda quyidagi optsiyalar mavjud:
1.20-rasm. Fourier Analysis oynasi
Output node — signalning spektri tahlil qilinishi kerak boʻlgan nazorat
nuqtasining tartib raqami;
Fundamental frequency — tebranishlarning asosiy chastotasi (birinchi
garmonikaning chastotasi);
Number harmonic — tahlil qilinadigan garmonikalar soni;
Vertical scale — U oʻqi boʻyicha masshtab.
Advanced — blok optsiyalarining toʻplami.
Number of points per harmonic — bitta garmonika uchun sanashlar soni;
Sampling frequency — tanlovlarning diskretlik chastotasi.
Display phase — hamma tashkil etuvchilar fazalarining taqsimlanishini
uzluksiz funktsiya koʻrinishida ekranga chiqarish (sukut boʻyicha faqat amplitudalar
grafigi chiqariladi);
Output as line graph — garmonikalar amplitudalarining taqsimlanishini
ekranga uzluksiz funktsiya koʻrinishida chiqarish (sukut boʻyicha chiziqli spektr
koʻrinishida chiqariladi).
Monte Carlo — Monte-Karlo usuli bilan statistik tahlil. Dialog oynasida (1.21-
rasm) quyidagi parametrlar beriladi:
1.21-rasm. Monte-Karlo usuli bilan statistik tahlilning dialog oynasi
Number of runs — statistik sinashlar soni;
Global Tolerance — rezistorlar, kondensatorlar, induktivliklar, oʻzgaruvchan
va oʻzgarmas tok va kuchlanish manbalari parametrlarining nominal parametrlarga
nisbatan og`ishi (xatoliklari);
Speed — ehtimoliy kattalikning boshlangʻich qiymati (0…32767)
Distribution type — ehtimoliy sonlarning taqsimlanish qonuni.
Do'stlaringiz bilan baham: