ACHX va FCHX oʻlchagich (Bode Plotter).
ACHX va FCHX oʻlchagich
(1.30-rasm) toʻrt qutbli sxemalarning amplituda-chastotaviy (Magnitude) va faza-
chastotaviy (Phase) xarakteristikalarini olish uchun xizmat qiladi. Sxemaning
kirishlari oʻlchagichning In klemmalariga, chiqishlari Out klemmalariga va
klemmalarning oʻng kontaktlari korpusga ulanadi. Zanjirning kirishiga garmonik
kuchlanish manbasi ham ulanishi kerak.
1.30-rasm. ACHX va FCHX oʻlchagich
Keyin chiziqli yoki logarifmik masshtab tanlanadi va chastotalar diapazoni
koʻrsatiladi.
Oʻlchagich ACHX (Magnitude knopkasi bosilganda) va FCHX (Phase
knopkasi bosilganda) larni logarifmik yoki chiziqli masshtabda (Log yoki Lin
knopkalari bosilganda) tahlil qilish uchun xizmat qiladi. Oʻlchagichni sozlash
vertikal oʻq boʻyicha uzatish koeffitsientlarini va gorizontal oʻq boʻyicha
chastotalarni oʻrnatish yoʻli bilan amalga oshiriladi (F- maksimal qiymatlar, I-
minimal qiymatlar). ACHX-FCHXlarning qiymatlari vizir chiziqni surish yoki ←
va → knopkalarni bosish yoʻli bilan oʻqiladi. Oʻlchagichning In va Out kirishlari
tadqiq qilinayotgan qurilmaning kirishi va chiqishiga ulanadi.
1.31-rasm. Mantiqiy signallar generatori (Word Generator)
Mantiqiy signallar generatori (Word Generator) (1.31-rasm) chiqishlarida
berilgan chastota (Frequency) bilan qaytariluvchi 16 razryadli ikkilik signalni hosil
qilish uchun moʻljallangan. Signallarning oʻn oltilik qiymatlari klaviatura
yordamida chap katta oynaga yoziladi. Oʻlchamlari kichikroq boʻlgan boshqa ikkita
oynaga signalning ikkilik (Binary) yoki ASCII-kodlardagi qiymatini yozish
mumkin.
Masalan, 1.31-rasmda chiqish klemmalarida oʻn oltilik 003F songa mos
keluvchi ikkilik son oʻrnatilgan.
Signallarning boshlangʻich (Initial) va soʻnggi (Final) nomerlarini oʻrnatish va
kerakli signalni topish uchun Address blokidan foydalaniladi. Address blokida tahrir
qilinadigan (Edit) va chiqishdagi (Current) signallarning adreslarini ham oʻrnatish
mumkin.
Odatda, generatorning oldingi front boʻyicha ichki (Internal) sinxronizatsiyasi
(Trigger) va mantiqiy signallarni tsiklik berish rejimidan (Cycle) foydalaniladi.
Sinxronizatsiya uchun berilgan (Frequency) chastotali ma’lumotlar tayyorligining
mantiqiy (Data ready) signalini ham berish mumkin.
Mantiqiy signallar analizatori (Logic Analyzer) (1.32-rasm) ikkilik kodlarni
aks ettirish uchun moʻljallangan. Mantiqiy signallarni toʻgʻri koʻrsatish uchun Set
knopkasini bosib asbobning ichki chastotasini mantiqiy signallar generatorining
chastotasidan yuqoriroq qilib qoʻyish va impulslar sonini (Clock per division) 1-3
olish kerak. Asbobda kursor yordamida siljitiluvchi ikkita vizir liniya bor.
1.32-rasm. Mantiqiy signallar analizatori (Logic Analyzer)
Mantiqiy oʻzgartkich (Logic Converter) (1.33-rasm) kombinatsion sxemalar
bilan amallar bajarish uchun moʻljallangan. Uning yordamida quyidagi
oʻzgartirishlarni amalga oshirish mumkin:
• haqiqiylik jadvalini mantiqiy funktsiyaga;
• mantiqiy funktsiyani haqiqiylik jadvaliga;
• haqiqiylik jadvalini qurilma sxemasiga;
• qurilma sxemasini haqiqiylik jadvaliga;
• mantiqiy funktsiyani qurilma sxemasiga;
• mantiqiy funktsiyalarni soddalashtirish va h.k.
1.33-rasm. Mantiqiy oʻzgartkich (Logic Converter)
Masalan, 1.34.-rasmda mantiqiy oʻzgartkichning oynasida A va B kirishlarga
ega boʻlgan kombinatsion qurilmaning haqiqiylik jadvali va hosil qilingan mantiqiy
funktsiya koʻrsatilgan. Mantiqiy funktsiyani SIMP yozuviga ega boʻlgan knopkani
bosish yoʻli bilan soddalashtirish mumkin. Ularga mos keluvchi qurilmalarning
sxemalari
yoki
tugmalarni bosish yoʻli
bilan hosil qilinadi (1.1.19-rasm, a va b).
1.34-rasm. Mantiqiy oʻzgartkich yordamida hosil qilingan sxemalar
Do'stlaringiz bilan baham: |