,,QURBONOVLAR MAKTABI’’ ATM KFO’: G’OLIB QURBONOV
telegram kanalimiz: @Qurbonovlarmaktabi
~ 1 ~
KIMYONING ASOSIY TUSHUNCHA
VA QONUNLARI
1.1. a) kislorod; b) nitrat kislota; d) mis (II)-sulfat
pentagidrati molekulalarining nisbiy molekular
massasini, molyar massasini va haqiqiy massasini
hisoblang.
1.2. Bitta xlor molekulasining, ikkita temir
atomining, uchta azot molekulasining massalarini
(g) hisoblang.
1.3. Insulin gormonining nisbiy molekular massasi
5734 ga teng bo'lsa, insulin molekulasining haqiqiy
massasini aniqlang.
1.4. Xlorofil molekulasining haqiqiy massasi
1,485 · 10
-18
mg bo'lsa, uning molyar massasini
hisoblang.
1.5.
Bitta molekulasining massasi 7,97 · 10
-23
g
bo'lgan noma'lum moddaning molyar massasini
aniqlang.
1.6. Fosfor molekulasining haqiqiy massasi
2,0
6 · 10
-22
g. Fosfor molekulasidagi molekulalar
sonini aniqlang.
1.7.
Metanning 3,01 · 10
23
ta molekulasidagi
vodorodning massasini aniqlang.
1.8. Moddalar bir xil miqdorda olingan bo'lsa, natriy
gidrosulfitdagi kislorod atomlari soni, karbonat
angidriddagidan necha marta ko'pligini aniqlang.
1.9. a) 1 kg nitrit kislota; b) 19,6 g fosfat kislota;
d) 26,1 g marganes (IV)-oksid necha mol va nechta
molekulani tashkil etadi?
1.10.
a) 1,806 · 10
24
ta azot (IV)-oksid molekulasi;
b) 1,204 · 10
24
ta ozon molekulasi qanday massaga
ega?
1.11. 0,25 mol magniy ortofosfat berilgan.
a) magniy atomlarining; b) kislorod atomlarining;
d) fosfor atomlarining; e) fosfat ionlarining;
f) elektronlarning miqdorlarini hisoblang.
1.12. 36 g suvdagi har bir elementning atomlar
sonini aniqlang.
1.13. Ortofosfat kislota namunasida 1,5 g vodorod
bor. Ortofosfat kislota molekulasining modda
miqdorini hisoblang.
1.14. 25,5 g ammiakdagi vodorod atomlarining
modda miqdorini hisoblang.
1.15. Bir stakan (200 ml) suvda nechta suv
molekulalari bo'ladi?
1.16. a) 5 mol suvda; b) 2,24 litr (n.sh.) ammiakda
nechta vodorod atomlari bo'ladi?
1.17. a) 2,7 g aluminiy; b) 0,06 mol suv; d) 0,1 mol
kislorod atomlari tutgan kaliyaluminiyli
achchiqtoshning KAl(SO
4
)
2
· 12H
2
O massasini
toping.
1.18. 1 m
3
havoda 0,085 mg NO
2
; 3 mg CO; 0,05 mg
SO
2
; 0,08 mg H
2
S bo'lishi inson sog'ligiga zarar
yetkazmaydigan, k'opi bilan ruxsat etilgan miqdor
hisoblanagi. Odam nafas olishi uchun bir sutkada
o'rtacha 10 m
3
havo kerak bo'ladi. Havoning shu
hajmida NO
2
, CO, SO
2
, H
2
S larning ko'pi bilan
ruxsat etilgan miqdorini aniqlang.
1.19. Xlor suvni zararsizlantirish maqsadida
ishlatiladi. 1 litr suvga 0,002 mg xlor sarf bo'lsa,
500 g suvni xlorlash uchun sarf bo'ladigan xlorning
massasini toping. Xlorning suv bilan reaksiya
tenglamasini yozib, xlorlash jarayonining kimyoviy
va biologogik maqsadini tushuntiring.
1.20. Aluminiy gidroksiddagi vodorodning massa
ulushini aniqalang.
1.21. Suyaklar inson tanasining 20%-ini, kalsiy
ftorid suyaklarning 0,3%-ini tashkil etsa, 70 kg
odam suyaklaridagi ftorning massasini aniqlang.
1.22. Odam organizmida qonning massa ulushi 8%
atrofida bo'lishi ma'lum. 32 g qon yondirilganda
0,33 g kul hosil bo'ldi. 150 mg kul tarkibida 16 mg
temir bo'lishi tajrgibada isbotlangan. Massasi 80 kg
bo'lgan odam qoni tarkibidagi temirning massasini
aniqlang.
1.23. Odam organizmida qonning massa ulushi 8%,
har 100 g qonga 0,446 mg yod to'g'ri kelishi
ma'lum. 70 kg odam qonidagi yodning massasini
aniqalng.