¤ТМИШГА НАЗАР | ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ | LOOK TO THE PAST
№4 | 2021
34
2. Aholining haqiqatdan ham ijtimoiy yordamga muxtoj qatlamini qoʻllab quvvatlashda aniq
maqsadli strategic dasturga ega boʻlish; bunda faoliyat e’tibori bilan amalga oshiriladigan har qanday
xayriya tadbirlarini maxsus ishlab chiqilgan dastur yordamida tashkil etish maqsadli sanaladi.
3. Jamoat fondlari faoliyati samaradorligini ta’minlashda mavjud dasturlarni muntazam
jamiyat hayotiga moslashtirish hamda ularni lozim darajada yangilab boorish; fuqarolik jamiyatida
jamoat fondlarining tutgan oʻrni oshib borar ekan, ular faoliyatini rivojlantirish ustivor ahamiyat kasb
etadi. Bu ustivorlik asosan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, mehribonlik uylari
tarbiyalanuvchilari, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga ko‘rsatiladigan beg‘araz
yordamlarda ko‘proq seziladi. Shu o‘rinda ayrim xorijiy mamlakatlar ijtimoiiy fondler faoliyatini
huquqiy jihatdan tahlil qilaylik. Bu tahlil bizga xayriya tashkilotlari faoliyati amaliyoti masalasida
aniq bir tasavvurlar hosil qilishimizga yordam beradi. Misol uchun Rossiya Federativ Respublikasida
amalga oshirilayotgan xayriya fondlari faoliyatini ilmiy tarafdan o‘rganadigan bo‘lsak bizga ma’lum
bo‘ladiki, jamoat fondlari mamlakatdagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda etakchi o‘rinlardan
birini egallaydi. Gap shundaki, xayriya tashkilotlari tadbirlari aksariyat holatlarda insoniyat sog‘lig‘I
va salomatligini tiklashga, saqlashga yo‘naltiriladi. “Gemotologik saraton kasalligiga chalingan
bolalarni qo‘llab quvvatlash” xayriya fondi; bunday bolalarning ota-onalariga psixologik maslahat
berish, kasal bolalarning oilalariga kundalik muammolarni hal qilishda yordam berish,
kasalxonalarda davolanayotgan bolalarning bo'sh vaqtlarini toʻgʻri tashkil etish kabi bir qator ishlar
ushbu xayriya tashkilotining faoliyat yoʻnalishlari oʻlaroq qabul qilinadi. “Bolalar va ota-ona
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar”ni qo‘llab quvvatlash xayriya fondi; bu erda xayriya
tashkilotlari asosan ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy hayotga
moslashtirishga oid chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqadi va amaliyotga tadbiq qiladi. “Nogironligi
bo‘lgan shaxslarni tibbiy vositalar bilan ta’minlash” xayriya fondlari ushbu mamlakatdagi jamoat
fondlari faoliyati sohalari asosiy yo‘nalishlarini tashkil etadi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki,
Rossiya Federativ Respublikasida xayriya tashkilotlari faoliyati statistikasi, amalga oshirilgan ijobiy
ishlar bo‘yicha tahliliy o‘rganiladi va ularga ma’lum darajadagi imtiyozlar taqdim etiladi.
Germaniya Federativ Respublikasida esa bu faoliyat davlat tomonidan jiddiy nazoratga
olingan. Bu erda shunisi e’tiborliki, xayriya ishlari aniq ishlab chiqilgan rejalar asosida amalga
oshiriladi. Misol uchun nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb ta’lim muammolarini bartaraf etishda
vaziyat atroflicha o‘rgamiladi. Shaxsning loyiqlik hamda munosiblik darajalari inobatga olinib
mavjud masala qo‘shimcha imtiyozlar, maqsadli grantlar yordamida hal etiladi. Agarki biz
Germaniya xayriya faoliyati qonunchiligiga nazar tashlasak, jamoat fondlariga qo‘yiladigan
talablarning mavjud ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Bu kabi talablar sirasiga quyidagilarni qo‘shishimiz
mumkin:
1. Xayriya fondi birlashgan millatlar tashkilotidan nodavlat notijorat tuzilma sifatida rasman
ro‘yxatdan o‘tkazilishi zarur.
2. Xayriya tashkiloti tarkibida soha mutaxasisining bo‘lishligi/
3. Xayriya maqsadlarida shaxsiy xarajatlar yoki ma’lum bir jamoa manfaatlarining yo‘qligi.
4. Faoliyat dasturining aniqligi va shaffofligi; tashkilot maqsadlarini batafsil shakllantirish;
jamoat fondi vakillarini tegishli sertifikatlar bilan ta’minlash; tashkilot ishchi guruhini xayriya
tadbirlariga nisbatan munosabatini to‘g‘ri shakllantirish; xayriya faoliyatining moliyaviy jihatlarini
oshkoraligini ta’minlash shular jumlasidandir.
Bizning fikrimizcha, jamoat fondlari faoliyatiga nisbatan qo‘yilgan talablar haqiqatdan ham
to‘la to‘kis amaliyotga kiritilsa, faoliyatda samaradorlik kafolatlanadi. Shuningdek, ularning har bir
moliyaviy operatciyalari davlat soliq qo’mitasi tomonidan kuzatilib boriladi. Bu jarayonni ob’ektiv
nuqtai nazardan to‘g‘ri baholash mumkin. Negaki, har qanday faoliyatda qonunchilik nazorati
samarali yo‘lga qo‘yilar ekan, o‘sha sohada yuksalish bo‘ladi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida bu kabi xayriya fondlari o‘rnida XIX asr oxiri XX asr
boshlarida ijtimoiy korxonalar yuzaga kelgan. Ijtimoiy korxonalarning asosiy maqsadi o‘z moddiy
ehtiyojlarini mustaqil ta’minlay olmaydigan jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni ishga jalb
qilishdan iborat bo‘lgan. Ular bu orqali bu toifa shaxslarning xayriyaga nisbatan bo‘lgan talab va
ehtiyojlarini kamaytirishga harakat qilishgan. Bu esa ularning ijtimoiy moslashuvchanligini
Do'stlaringiz bilan baham: |