¤тмишга назар


¤ТМИШГА НАЗАР | ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ | LOOK TO THE PAST



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/24
Sana23.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#403510
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
943-Текст статьи-2021-1-10-20210430

¤ТМИШГА НАЗАР | ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ | LOOK TO THE PAST

                                    



№4 | 2021

  

 



 

31

 



 

-  mahallalarda  huquqbuzarlik  va  jinoyatchilikni  oldini  olishga,  murosasizlik  muhitini 

shakllanishiga  koʻmaklashish,  ijtimoiy  sheriklik  asosida  obod  va  xavfsiz  mahallani  tashkil  etishda 

fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish; 

-  Orol  halokatining  atrof-muhitga  va  aholi  salomatligiga  salbiy  ta’sirini  yumshatishga, 

Orolboʻyi hududlarida ekologik vaziyatni tiklashga va sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish; 

-  noqonuniy  mehnat  migratsiyasidan,  majburiy  mehnat  va  kamsitishlardan  jabrlangan 

shaxslarni  huquqiy  va  ijtimoiy  himoyalash,  tizimli  profilaktik  targʻibot-tashviqot  va  reabilitatsiya 

qilish; 

-  aholi  bandligini  ta’minlash  maqsadida  hududlarda  ijtimoiy  va  maishiy  infratuzulmani 

yaratishga, oilaviy biznes, xususiy tadbirkorlik, kasanachilik, xalq hunarmandchiligi rivojlantirishga 

hamda aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilashga koʻmaklashish shular jumlasidandir. 

Sanab  oʻtilgan  ushbu  yoʻnalishlardagi  oʻzaro  hamkorlikni  xalq  irodasini  ifoda  etib,  uning 

manfaatlariga xizmat qilish e’tibori bilan toʻgʻri deb aytsak fikrimizcha aslo mubolagʻa boʻlmaydi. 

Bir soʻz bilan aytganda, fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari sifatida namoyon boʻlayotgan bu 

ijtimoiy fondlar davlat islohotlarining yanada chuqurroq xalq hayotiga yetib borishida muhim oʻrin 

egallaydi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda aytib oʻtish mumkinki, aksariyat, ijtimoiy 

fondlarning asosiy faoliyat mazmuni xayriya ishlari bilan bevosita bogʻliqdir. Jismoniy imkoniyati 

cheklangan  shaxslarni  har  taraflama  qoʻllab  quvvatlash;  yolgʻiz  keksalarni  malakali  tibbiy 

xizmatlardan  foydalanish  imkoniyatlarini  kengaytirish;  yosh  avlod  salomatligini  ta’minlashga  oid 

islohotlar  ijrosini  kuchaytirishda  jamoat  xayriya  tashkilotlarining  ham  faolliklari  talab  etiladi. 

“Sogʻlom  avlod  uchun”  hukumatga  qarashli  boʻlmagan  xalqaro  xayriya  fondining  ona  va  bola 

sogʻlig‘ini  mustahkamlashga,  sogʻlom  turmush  tarzini  shakllantirishga  va  respublikada  sogʻlom 

avlodni  tarbiyalashga  yoʻnaltirilgan  vazifalarni  hal  etishda  faol  ishtirok  etishi  uchun  qoʻshimcha 

shart-sharoitlar yaratish maqsadida, hukumat tomonidan bu kabi jamoat xayriya tashkilotlariga keng 

imkoniyatlartaqdim  etilmoqda.  Xususan,  sogʻlom  avlod  uchun  xayriya  fondining  vazifalari  aniq 

belgilanib  ularning  davlat  boshqaruvidagi  ishtiroki  rasman  tasdiqlandi.  Shu  ma’noda  quyidagilar 

ularning  faoliyat  yoʻnalishlari  sifatida  qaraladigan  boʻldi.  jamoatchilik  va  davlat  tuzilmalarining 

jahon tajribasini hisobga olgan holda sogʻlom, barkamol yosh avlodni shakllantirishga yoʻnaltirilgan 

sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish; 

davlatning  ona  va  bola  sogʻligʻini  mustahkamlashga,  sogʻlom  avlodni  voyaga  yetkazish  va 

tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy dasturlari maqsadlari va mazmun-

mohiyatini aholi orasida keng targ‘ib etishni tashkil qilish; 

aholining  ehtiyojmand  qatlamlariga,  eng  avvalo,  koʻp  bolali  oilalar,  ayollar,  nogironlar, 

nogiron bolalar va bolalar uylari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga, “Saxovat” va “Muruvvat” 

internat uylarida, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yashovchi shaxslarga muruvvat yordami 

koʻrsatish; 

perinatal 

markazlar, 

skrining-markazlar, 

reabilitatsiya 

markazlari, 

tugʻruqqa 

koʻmaklashuvchi, pediatriya davolash-profilaktika muassasalari va boshqa muassasalarning moddiy-

texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga har tomonlama koʻmaklashish; 

profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish hamda aholini virusli va yuqumli kasalliklardan 

himoya  qilish  ishonchliligini  oshirish,  nogironlikni  reabilitatsiya  qilish,  oldini  olish  va  ular 

profilaktikasi  ishlari,  onkologiya  muassasalari,  silga  qarshi  xizmatlar  va  boshqa  xizmatlarning 

moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish, profilaktika ishlarining samarali tizimini 

shakllantirish, ijtimoiy ahamiyatli kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash; 

ona  va  bola  sogʻligʻini  muhofaza  qilish,  sogʻlom  avlodni  tayyorlash  ishida  xalqaro 

hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish; 

davlatning  ijtimoiy  dasturlarini  amalga  oshirish  doirasida  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning 

xayriya ehsonlarini jalb etish va jamlash boʻyicha faol ish olib borish.  

Hech  kimga  sir  emaski,  jamoat  fondlarining  faoliyat  yoʻnalishlari  sifatida  baholanayotgan 

ushbu vazifalarni bajarishda davlat hokimiyati boshqaruv organlari bilan oʻzaro hamkorlikni toʻgʻri 

yoʻlga  qoʻyish  ustivor  ahamiyatga  ega.  Negaki,  davlat  boshqaruv  organlari  va  nodavlat  notijorat 

tashkilotlar oʻrtasidagi ijtimoiy sherikchilik, koʻzlangan maqsadning natijadorligini kafolatlaydi. Shu 





Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish