4. Xulosalar:
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat boshqaruvidagi
roli keyingi davrlarda sezilarli ravishda kuchayib bormoqda. Bu ijtimoiy status ularning mamlakat
islohotlarida tobora koʻproq ishtirok etayotganligi bilan bevosita bogʻliq. Xususan ularning ijtimoiy
himoya tizimidagi faolligi shunday toʻxtamga kelishimizda sabab boʻlmoqda. ularning jamiyat
hayotida hal etilishi zarur boʻlgan masalalar boʻyicha davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan
oʻzaro hamkorlikda faoliyat olib borishi yuqoridagi xulosalrimizni mustahkamlaydi. Bizning
fikrimizcha, xayriya tashkilotlarining asosiy maqsad va vazifalari haqiqatdan ham ijtimoiy moddiy
yordamga muxtoj insonlarni topib ularga koʻmaklashishdan iborat. Bu kabi shaxslarni qoʻllab
quvvatlagan holda ularni oʻz imk
oniyatlari orqali oʻzlarini ta’minlay olish darajasiga olib chiqish
davlatimiz ijtimoiy himoya siyosatining mazmun mohiyatini tashkil etadi. Shu oʻrinda bir jixatga
e’tibor qaratishimiz kerak boʻladi. Hozirgi zamonaviy huquq tizimida ijtimoiy himoya tizimining
muhim boʻgʻinlaridan biri sifatida baholanayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari, jumladan xayriya
tuzilmalari ijtimoiy ogʻir ahvolga tushib qolgan insonlarga yordam berishda amaliy tajribaga ega
boʻlishmoqda. Davlat, nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya
etilishini ta’minlaydi. Ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etishlari uchun teng huquqli imkoniyatlar
yaratib beradi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida ijtimoiy foydali dasturlariga hukumat
koʻmak koʻrsatishi mumkin. Davlatning jamoat fondlari faoliyatini qoʻllab quvvatlashi, ular
faoliyatini samarali tashkil etilishiga zamin hozirlashi jamiyatda fuqarolik institutlarining ijtimoiy-
huquqiy ahamiyati oshishiga xizmat qiladi. Bu esa aholini ijtimoiy himoya qilishda ustivor ahamiyat
kasb etadi.
Mamlakatimizda Mustaqil nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyati institutlarini
yanada rivojlantirish hamda ularning mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirishda va
jamiyatni erkinlashtirishda faol ishtirok etishiga ko‘maklashish, ularni moliyalashtirish manbalarini
shakllantirish uchun mustaqil tizim va ob’ektiv sharoitlar yaratish maqsadida qator ijobiy ishlar
amalga oshirilmoqda. Jumladan, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida nodavlat
notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat
fondi tashkil etildi. Fondning asosiy vakolatlari sifatida quyidagilar belgilab qoʻyildi. O‘zbekiston
Respublikasi Davlat budjetidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olinadigan
mablag‘larni jamlash, ulardan mustaqil NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini
rivojlantirishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga, dolzarb ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar
muammolarni hal etishda ularning faol ishtirok etishiga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish uchun
foydalanilishini tashkil etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |