Asosiy masalalar (Reja):
1.
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va
vazifalari.
2.
O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Barkamol inson tarbiyalashdagi
fanning o‘rni.
3.
Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning ma’naviy yetuk
shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi
fikrlari.
1. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad
va vazifalari.
O‘zbekiston tarixi shu ona-zaminimizda o‘tmishda yashagan xalqlarning
hayoti va ularning rivojlanishi jarayonida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, voqealar,
ularning turmush tarzi, iqtisodi, madaniyati va shu kabilarni to‘laligicha
o‘rganadigan fandir. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani esa Vatanimiz
mustaqilligini qo‘lga kiritish arafasidan boshlab to mustaqillikning xozirgi
kunigacha bosib o‘tgan yo‘li, respublikani rivojlantirish maqsadida ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy sohalarda amalga oshirilgan islohotlar,
umumiy qilib aytganda jamiyatning barcha sohalarida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni
o‘rganadigan fan hisoblanadi.
Shunday qilib, bizning ongimizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq
bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan borliq, voqelik va mustaqillik yillarida
O‘zbekistonda sodir bo‘lgan hodisa va jarayonlar O‘zbekiston eng yangi tarixi
fanini o‘rganish ob’ektidir. O‘zbekiston tarixi faqat turli bilimlar tarzidagi fan
emas, balki bir necha asrlar davomida to‘planib kelgan o‘zaro ichki qonuniyatlar
bilan chambarchas bog‘langan bilimlar tizimi sifatidagi fandir. Shu ma’noda u
o‘zining o‘rganish ob’ekti va predmetiga ega bo‘lgan mustaqil fandir.
O‘zbekistonning mustaqillikni qo‘lga kiritish arafasidan boshlab to shu
kunlargacha bo‘lgan davrda jamiyat hayotida sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy va madaniy-ma’naviy sohalardagi o‘zgarishlar, islohotlar jarayoni
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti hisoblanadi. O‘zbekistonnin
eng tarixi fani dunyoda eng qadimiy va boy tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqining
mustaqillik yillaridagi tarixiy va ma’naviy taraqqiyotini o‘rganuvchi va
o‘rgatuvchi fandir.
Fanni
o‘qitishning maqsadi – mustaqillik yillarida O‘zbekiston
Respublikasida yuz bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-
mohiyatini ko‘rsatish va jamiyat hayotida talabaning o‘rnini, o‘zligini anglatishdan
iborat.
Fanni
o‘qitishning vazifalari – mustaqillikka erishish arafasida
O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida
davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa
sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish,
ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‘ururni
shakllantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |