4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning ma’naviy
yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari
to‘g‘risidagi fikrlari.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixini xolisona tatqiq etishga, buyuk
ajdodlarimiz qoldirgan boy merosni asrab-avaylash va o‘rganishga alohida e’tibor
qaratildi. Ziyoratgohlar va tarixiy obidalarni qaytadan tiklash, u joylarda
obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Bu sohada olib
borilayotgan ishlarga so‘ngi yillarda ham katta e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil
30
iyunda
“O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida
O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil
etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha
Jamoatchilik kengashi tuzildi. Jamoatchilik kengashi quyidagi vazifalarni amalga
oshirish belgilandi:
O‘zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy nazariy-metodologik,
fanlararo yondashuvlarga, tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda
tizimli o‘rganishni tashkil etish, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha dolzarb
muammolarni ishlab chiqish, shuningdek, buyuk tarixiy-madaniy merosga ega
bo‘lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalqining
tarixiy o‘tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga,
aqidaparastlikka yo‘l qo‘ymaslik ishlarini muvofiqlashtirish;
demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning
«o‘zbek modeli» mohiyati va mazmunini, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo
totuvlik va diniy bag‘rikenglikni saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni, hozirgi
dunyoda O‘zbekistonning roli va o‘rnini chuqur o‘rganish va yaqqol ochib berish;
ilmiy, o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va
chop etish ishlarini muvofiqlashtirish, ularda O‘zbekistonning eng yangi tarixini
umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek, hozirgi O‘zbekiston
hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy
merosi bilan uzviy bog‘liq holda ko‘rib chiqishni ta’minlash; O‘zbekistonning eng
yangi tarixi bo‘yicha ilmiy, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar, o‘quv dasturlari
monitoringini olib borish, ushbu sohada ilmiy-tadqiqot, o‘quv-metodik ishlarning
sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va joriy etish;
fuqarolarda tarixiy xotira, milliy o‘zlikni anglash, yuksak ma’naviyat,
xalqning
tarixiy
an’analari, madaniy merosiga hurmat, mamlakatimiz
mustaqillikka erishganligining buyuk tarixiy ahamiyatini anglash kabi fazilatlarni
shakllantirishga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini, shu
jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali oshirib borishga ko‘maklashish;
O‘zbekiston tarixi bo‘yicha zamonaviy chet el ilmiy va o‘quv
adabiyotlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish,
hozirgi O‘zbekistonning tarixiy o‘tmishi, sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy
rivojlanishi, mamlakatda olib borilayotgan demokratik islohotlar to‘g‘risidagi xolis
axborotni keng xalqaro jamoatchilikka yetkazish.
Belgilangan vazifalarni ijorisini ta’minlash maqsadida keyingi yillarida
olimlar tomonidan “Buyuk va muqaddas, mustaqil diyor”, “O‘zbekistonning eng
yangi tarixi: nazariy-metodologik asoslari, o‘rganish tajribasi, manba va uslublar”,
“O‘zbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayonida”, “O‘zbekistonning
eng yangi tarixidan lavhalar”, “Farg‘ona vodiysi shaharlarida iqtisodiy
transformatsiya jarayonlari (1991-1996 yillar)” kabi qator to‘plam va
monografiyalarning nashr etilishi O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid amalga
oshirilgan qator ilmiy-tadqiqot loyihalar natijasi, deyish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev tomonida xalq
manfaatlarini o‘ylab olib borilayotgan siyosatida tarix faniga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
“Hamma
o‘z
tarixini
ulug‘laydi.
Lekin
bizning
mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qaerda
yo‘q. Bu merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz
kerak. Bu markazga kelgan odam tariximiz haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lishi,
katta ma’naviyat olib ketishi zarur, - deb ta’kidlaydi davlat rahbari Shavkat
Mirziyoev O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi qurilish ishlari bilan tanishish
chog‘ida.
“Axsikent
tarixini
ilmiy
asoslangan
holda
chuqur
o‘rganish,
ajdodlarimizning asl o‘tmishi haqida ma’lumotlarni to‘plash va yosh avlodga
singdirish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish kerak. Axsikent – buyuk tariximiz
ko‘zgusi. Bobolarimiz yashagan, qahramonlik ko‘rsatgan bu manzilda tariximizni
tiklash uchun juda katta manba, o‘tmish dalillari bor. Biz shu paytgacha faqat
mashhur shaharlarimiz tarixini o‘rgandik, bunday joylarga e’tibor qilmadik.
Ma’naviyatimizni yuksaltirmoqchi bo‘lsak, yoshlarimizni ota-bobolarimizning asl
merosidan bahramand etib ulg‘aytirishimiz, xalqimizga yetkazishimiz kerak” – deb
ta’kidladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2019 yil 28 fevral
kuni Namangan viloyatining Axsikent tumaniga tashrif chog‘ida. Davlat rahbari
Axsikent – ochiq osmon ostidagi muzeyning tashkil qilinishi haqida ko‘rsatmalar
berdi.
Shu o‘rinda Axsikent yodgorligi tarixiga bir nazar tashlash o‘rinli deb
o‘ylaymiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning tashabbusi
bilan Namangan viloyatining Axsikent tumanida joylashgan Axsikent yodgorligi
xududida 2018 yilning ikkinchi yarmidan “Ochiq osmon ostida muzey” tashkil
qilish ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, 2019 yil fevral oyining oxirlarida jahon
standartlari darajasidagi muzey tashkil etildi. Bu shahriston ichida joylashgan 8 ta
ob’ekt bo‘lib, ular turar joy, ishlab chiqarish, yer osti suvi yo‘llari, vodoprovod va
1,5 ming yillik madaniy qatlamlarni o‘z ichiga olgan majmuadan
iboratdir.
Axsikent – Farg‘ona vodiysidagi eng katta arxeologik yodgorlik
hisoblanadi.
Ushbu qadimiy shahar miloddan avvalgi III-II asrlarda barpo etilgan
bo‘lib, 5,5 metrli mudofaa devorlar bilan o‘ralgan va maydoni 50 gektardan
ziyodroq joyni egallagan 1621 yilgi zilzilada vayronaga aylangan. Xitoy
tarixshunoslarining manbalarida Farg‘ona shahri nomini xitoychaga tarjima qilib
“Yuan”, vodiy nomini esa “Da Yuan” (Katta Farg‘ona) deb, tilga olinadi. Shahar
topografik nuqtai nazardan 3 qismdan iborat bo‘lgan: ark, ichki va tashqi shahar.
Miloddan avvalgi 128-127 yillarda iqtidorli xitoy diplomati Chjan syan Farg‘ona
davlatida bo‘lib, yurtni podsho, 2 ta maslahatchisi va oqsoqollar kengashi
(parlament) yordamida boshqaradi – deb yozadi. Uning Xitoy imperatoriga
yo‘llagan maktubida Farg‘onaning uzumi, undan tayyorlangan ajoyib ichimligi va
samoviy tulporlari xaqida batafsil ma’lumot berilgan. Ushbu shahar qadimgi
Farg‘ona davlatining poytaxti, siyosiy, madaniy, iqtisodiy markazi hamda Buyuk
ipak yo‘lining asosiy kentlaridan biri bo‘lgan. Yer osti suv inshootining mavjudligi
va shahar mudofaa uchun qulay geografik hududda joylashgani Axsikent
shaharsozligidagi o‘ziga xos jihatlar hisoblanadi. Bu yerda o‘z davrida
shishasozlik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik kabi hunarmandlik turlari
rivojlangan. Qo‘rg‘on VII-X va XV asrning ikkinchi yarmida Farg‘ona davlatining
poytaxti vazifasini o‘tagan. Shahar Ark, ichki va tashqi shahardan iborat bo‘lgan.
Arxeologlar tomonidan temirchilar ustaxonasi, X-XIII asrlarga oid hammom
qoldiqlari, askarlar xonalari, jome’ masjidi, mudofaa devorlari, yer osti irrigatsiya
tarmoqlari, hunarmandlar mahallasi, hukmdor qarorgohi – Ark qazib o‘rganilgan.
Prezidentimiz topshirig‘i asosida 2017 yil oktabrdan Axsikent tarixiy yodgorligini
asrab-avaylash va tadqiq etish, uning haqqoniy tarixini yaratish bo‘yicha ishlar
boshlandi. “Axsikent” arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish va tadqiq
etish direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Qisqa vaqt mobaynida
Axsikentni turizm manziliga aylantirish borasida qator ishlar amalga oshirildi.
Mazkur yodgorlik Namangan viloyatining sayyohlik salohiyatini oshirishda
muhim ahamiyatga ega. Shu bois uni asrab-avaylash, sayyohlarni jalb etishda
undan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yurtimiz va xorijdagi
sayyohlik ko‘rgazmalarida Axsikent shahri haqida ham taqdimotlar o‘tkazilmoqda.
Buning samarasida mahalliy va xorijiy sayyohlar o‘rtasida tarixiy yodgorlikka
qiziqish ortib bormoqda. Hozirga qadar Belgiya, Avstriya, Yaponiya, Janubiy
Koreya, Rossiya, Eron, Pokiston, Hindiston kabi davlatlardan sayyohlar tashrif
buyurdi. Qadamjoni tadqiq etish, uning jozibadorligini va sayyohlar oqimini
oshirish maqsadida maxsus konsepsiya ishlab chiqilgan. Axsikentning qadimiy
dovrug‘ini tiklash maqsadida ramziy darvoza o‘rnatiladi. Bobur va Umarshayx
Mirzoning Kamoliddin Behzod tomonidan ishlangan asl suratlari nusxalari asosida
ularning haykali bunyod etiladi. Shuningdek, bu yerda muzey ishga tushiriladi.
Sayyohlar uchun Sirdaryo bo‘ylab qayiqlarda sayr qilish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, tuyada ko‘hna shaharni tomosha qilish yo‘lga qo‘yiladi. Qisqacha
aytganda, Axsikent sayyohlik manziliga aylanishi uchun barcha sharoitlar, zarur
infratuzilma yaratiladi, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari quriladi. Shavkat
Mirziyoev majmuada qadimiy tariximizni tarannum etuvchi festival o‘tkazish,
Namangan davlat universitetida arxeologiya ta’lim yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha
tavsiyalar berdi. Tarixni tarixiy ob’ektlarda o‘qitish, maktab va universitetdagi
amaliy mashg‘ulotlar va darslarnig ayrimlarini shu yerda o‘tish zarurligini
ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019 yil 19 mart
kungi videoselektorda, yoshlar kelajagida muhim ahamiyat kasb etuvchi beshta
tashabbusni ilgari surib, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish masalasiga
alohida e’tibor qaratdi. Xususan, buyuk mutafakkirlarimizning badiiy, adabiy,
tarixiy, diniy va ilmiy merosini o‘rganish, ularning jahon tamadduni taraqqiyotiga
qo‘shgan beqiyos hissasini targ‘ib etish yoshlarning dunyoqarashining o‘sishiga,
ilm-fanga qiziqishini oshishiga xizmat qiladigan muhim vazifalardan biridir.
Innovatsion taraqqiyot yo‘lini tanlagan davlatimizda amalga oshirilayotgan izchil
islohotlar davrida hali o‘rganilmagan, uzoq vaqtlar davomida aholi qo‘lida
saqlangan qo‘lyozmalarni tadqiq etish alohida ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi PQ-2995-son
qaroriga asosan Innovatsion rivojlanish vazirligi aholida saqlanayotgan noyob
qo‘lyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarni Innovatsion rivojlanish va
novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid
qilib, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondiga taqdim
etmoqda.
– Jamg‘arma tomonidan 2018 yilda 117 turdagi 158,1 mln. so‘mlik noyob
hujjatlar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Fondiga
o‘tkazildi. Joriy 2019 yilda esa 161 turdagi jami 417,6 mln. so‘mlik noyob
qo‘lyozma va tarixiy manbalar xarid qilindi hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti Fondiga taqdim etildi.
Xarid qilingan manbalarning turi, fan sohasiga ko‘ra tarix, adabiyot, tabobat,
islom qonunshunosligi, aqida, tafsir va boshqa turli mavzularga tegishli bo‘lgan
kitoblar, shuningdek xonlarning buyruqlari, qozilarning yuridik hujjatlarining
original nusxalar ham mavjud.
Tarixni bilish va uni o‘rganish, ota-bobolarimizdan qolgan boy merosni
asrab-avaylash,
yoshlarda
milliy
g‘ururni,
vatanparvarlik
tuyg‘ularini
shakllantirishga bo‘lgan e’tibor Prezident Sh.Mirziyoevning 2019 yil uchun
mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasida ham o‘z aksini topgan. “Oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni
amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani
rivojlantirishimiz zarur. Xususan, milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizning
qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish,
gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim.
O‘tmishga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy
qarashlardan xoli bo‘lishi zarur. Afsuski, yurtimiz tarixini o‘rganishda o‘tgan
davrda arxeologik tadqiqotlar yetarli darajada olib borilmadi. Shuning uchun
Fanlar akademiyasining Arxeologiya va San’atshunoslik institutlari faoliyatini,
oliy o‘quv yurtlari va muzeylardagi arxeologik izlanishlarni chet ellik hamkorlar
bilan birga tashkil etish zarur. Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning
bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga
singdirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga alohida
e’tibor qaratishimiz kerak.
Shu maqsadda, O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasi tarkibida
“O‘zbekiston tarixi” kanalini tashkil etib, ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilarimiz
bilan birgalikda uning dasturlarini puxta shakllantirish kerak. Mamlakatimiz
muzeylarida saqlanayotgan tarixiy eksponatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, har bir
muzeyning katalogini yaratish lozim”. Murojaatnomada belgilangan vazifalarni
amalga oshirish natijasida 2019 yilning sentabr oyidan boshlab O‘zbekiston tarixi
telekanali o‘z faoliyatini boshladi. Telekanalda Vatan tarixini o‘rgatuvchi turli xil
ko‘rsatuvlar efirga o‘zatilmoqda.
XX asrda insoniyat ikkta jahon urushini ishtirokchisi va guvohi bo‘ldi. 2-
jahon urushida erilishgan g‘alabada bizning ota-bobolarimizning xissasi katta
bo‘lgan. Bu borada davlat rahbari tashabbusi bilan ajdodlarimizning g‘alabaga
qo‘shgan hissasini abadiylashtirish maqsadida bir qator ishlar amalga
oshirilmoqda. Davlat rahbari tomonidan 2020 yil Oliy Majlisga yo‘llangan
Murojaatnomada quyidagilarni ta’kidladi. “Bizning mard, yengilmas va olijanob
xalqimiz buyuk G‘alabani ta’minlashga beqiyos hissa qo‘shgani bilan barchamiz
haqli ravishda faxrlanamiz. Bu qonli urushda jami 1,5 milliondan ziyod
O‘zbekiston farzandlari tinchlik va ozodlik uchun mardona jang qilgani, ularning
har uch nafaridan biri o‘z yaqinlari bag‘riga qaytmagani, el-yurtimizning front
ortida ko‘rsatgan jasoratini xalqimiz hech qachon unutmaydi. Urush yillarida
xalqimiz ko‘rsatgan haqiqiy jasorat va matonatni kino, teatr san’ati, badiiy-
publitsistik asarlar, ilmiy tadqiqotlar orqali ko‘rsatish, aholi, ayniqsa,
yoshlarimizga ta’sirchan tarzda yetkazish bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahrining Olmazor tumanida muhtasham “G‘alaba bog‘i”
bunyod etilmoqda”.
Albatta, O‘zbekiston tarixi fanini xolis o‘rganish va tadqiq etish orqali
yoshlarni vatanparvarlik ro‘hida tarbiyalashdagi o‘rni va rol beqiyos. Bu esa
yurtimiz tarixchi olimlari zimmasiga yanada kattaroq ma’suliyat yuklaydi. Shu
bilan birga yozlarimiz ham O‘zbekiston tarixini chuqur o‘qib-o‘rganishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |