1.
Nima sababdan yulduz bilan oy go‘zalni o‘nglarida emas,
tushlarida ko‘rishdi deb o‘ylaysiz?
2.
Go‘zalni Shamol bilan Kun qay holatda uchratganliklarini
tasvirlab berishga urining.
3.
«Ul ketgach, kun chiqar yorug‘lik sochib, Undan-da
so‘raymen sening to‘g‘ringda. Ul-da o‘z o‘tidan beki-
nib, qochib, Aytadir: bir ko‘rdim, tushdamas, o‘ngda»
satrlari ning mazmunini izohlang. Uchinchi misradagi ob-
razli ifodaning badiiy vazifasini tushunti ring.
4.
Shamolning «yo‘lidan ozganligi» sababini izohlang.
5.
«Men suyib... men suyib, kimni suyibmen?»
misrasidagi
takrorning badiiy vazifasini tushuntiring.
6.
She’r Sizda qanday tuyg‘ular uyg‘otdi? Ko‘nglingizdan
o‘t gan sezimlar haqida so‘ylang.
7.
She’rdagi Go‘zal obrazini kim deb o‘ylaysiz? Odam tim-
solimi, ozodlik ramzimi, baxtmi yoki taqdir ifodasimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |