Cho‘lpon
(1897–1938)
300
lardagi adabiyotlarni puxta biladigan o‘qimishli kishi bo‘lib
yetishdi. Tinimsiz o‘qish-o‘rganish va kuchli iste’dod tufayli
Abdulhamid o‘n olti yoshlarga yetib-yetmay ijod qila bosh-
ladi. Uning shu davrda yaratgan hikoya va she’rlari Turkiston
o‘lkasi gazetalarida chop etilardi.
Ijodkorning iste’dodi ko‘lami uning o‘z xalqiga bo‘lgan
muhabbati ko‘lami bilan o‘lchanadi. Katta iste’dod ko‘pincha
katta muhabbatdan iborat bo‘ladi. Cho‘lponning dastlabki
asarlaridayoq bosqinchilar zulmi ostida ezilayotgan Turkis-
ton xalqiga bo‘lgan cheksiz muhabbat yorqin ko‘rinib tu-
rardi. U xalqini ozod va baxtli ko‘rishni istardi. Buning
uchun odamlarni jaholat uyqusidan uyg‘otish, ma’rifatdan,
ilm-u fandan bahramand qilish kerak deb hisoblardi. Ayni
paytda, rus bos qinchilari millatning ma’rifatli bo‘lishiga keng
yo‘l bermasligini ham bilardi. Erksiz ma’rifatning, ma’rifatsiz
esa erkning bo‘lmasligi shoirga ayon edi. Shu bois Cho‘lpon
1917-yilning fevralida Rossiyada sodir bo‘lgan inqilobga katta
umid bilan qaradi. Lekin bu inqilob Turkiston o‘lkasiga chin
ozodlik bermadi. Chunki ozodlik o‘zga kishi yoki tabaqa, yo-
xud millat tomonidan beriladigan sadaqa emas, balki kurash-
larda qo‘lga kiritiladigan ne’matdir. O‘sha yilning oktabrida
ro‘y bergan to‘ntarish esa shoirning so‘nggi umidlarini ham
so‘ndirdi. Milliy zulm ostida ezilayotgan xalqning zabun ho-
lini aks ettiri sh va xalqni bunday holatdan qutqarish istagi
Cho‘lpon ijodining bosh yo‘nalishi bo‘lib qoldi.
Minglab yillik an’analarga ega qadimiy o‘zbek she’ riya tida
Cho‘lpon o‘z yo‘lini izladi va hech kimnikiga o‘xshamagan,
samimiyligi, jozibadorligi, ta’sirchanligi, tuy g‘u larning rangin-
ligi bilan o‘zgalarnikidan ajralib turadigan she’riy olam yara-
ta bildi. Bugungi o‘zbek adabiy tili ko‘p jihatdan Cho‘lpon
she’rlari ta’sirida shakllangan tildir.
Cho‘lpon mislsiz she’riy kashfi yotlardan tashqari «Kecha
va kunduz» deb ataluvchi birinchi o‘zbek roman-dilogiyasi ning
muallifi hamdir. Afsuski, zamondoshlari ning хo tir lashlaricha,
romanning ikkinchi kitobi qo‘lyozmasi Cho‘l pon qamalgan
301
paytda yo‘q qilingan va hozirgacha topilgan emas. Bi rinchi
kitobi «Kecha» egamanlik
1
yillarida qaytadan nashr etildi va
ko‘pchilik o‘quvchilar tomonidan Abdulla Qodiriy ning «O‘tkan
kunlar» romani darajasidagi asar sifatida baho oldi.
Cho‘lponning 1921-yilda yaratgan «Yorqinoy» dramasi
badiiy jozibasi jihatidan hozirgacha ham o‘z ta’sir kuchini
yo‘qotmay kelmoqda.
Abdulhamid Cho‘lpon o‘zbek o‘quvchilarini jahon adabiyo-
tining durdona asarlari bilan tanishtirish borasida ham salmoq-
li ishlarni amalga oshirdi. Shekspir, Blok, Gorkiy, Thakur
singari mashhur adiblar ijodidan qilgan tarjimalari xalqimiz
ma’naviyatining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Cho‘lpon haqiqat va hurlikni e’tiqodiga aylantirgan ijodkor
edi. Shu sababli ham milliy zulmni milliy tenglik deb da’vo
qilgan hukmdorlarga uning ijodi yoqmas edi. Ular shoir dan
xalq baхtiyor, erkin va ozod yashamoqda deb kuylashni ta-
lab qilishdi. Haqiqat kuychisi va erk farzandi – Cho‘lpon
buni qilolmasdi. Shu bois uni o‘zi sevgan, hayotini baxshi-
da qilgan xalqqa dushman deb, millatchi deb e’lon qilishdi.
Shoirni 1937-yilning 14-iyulida qamoqqa olishdi. O‘zbekning
buyuk shoiri uzoq qiynoq va tahqirlardan keyin 1938-yilning
4-oktab rida Toshkent yaqinidagi xilvat joylarning birida otib
tashlandi. Dahshatlisi shundaki, Cho‘lponni o‘limga hukm
qilgan sud qarori 1938-yilning 5-oktabrida chiqarilgan edi.
Dushmanlar xalqimizning asl farzandlarini tezroq yo‘q qi-
lishga, odamlarni ma’naviyat buloqlaridan bebahra qoldirishga
shoshilardi.
Cho‘lpon ijodi namunalari uzoq vaqt mobaynida o‘quv-
chilardan berkitib kelindi. Chunki sho‘ro tuzumi haq gapni
aytadigan jasoratli shoir ijodini o‘rganishdan manfaatdor
emas edi. Lekin haqiqatni umrbod berkitib bo‘lmaydi. Qu-
yoshni yashirib qo‘yishning imkoni yo‘q. Cho‘lpon o‘zbek
she’riyatining yorqin yulduzi sifatida o‘tkinchi bulutlar parda-
sini yirtib tashlab, milliy she’riyat osmonida qayta porladi.
1
Egamanlik
– mustaqillik.
302
GO‘ZAL
Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib,
Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukub,
Aytadir: men uni tushda ko‘ramen.
Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal,
Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!
Ko‘zimni olamen oy chiqqan yoqqa,
Boshlaymen oydan-da seni so‘rmoqqa.
Ul-da aytadir: bir qizil yanoqqa
Uchradim tushimda, ko‘milgan oqqa.
Oqqa ko‘milganda shunchalar go‘zal,
Mendan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
Erta tong shamoli sochlarin yoyib,
Yonimdan o‘tganda so‘rab ko‘ramen.
Aytadir: bir ko‘rib, yo‘limdan ozib,
Tog‘-u toshlar ichra istab yuramen!
Bir ko‘rdim men uni – shunchalar go‘zal,
Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
Ul ketgach, kun chiqar yorug‘lik sochib,
Undan-da so‘raymen sening to‘g‘ringda.
Ul-da o‘z o‘tidan bekinib, qochib
Aytadir: bir ko‘rdim, tushdamas, o‘ngda.
Men o‘ngda ko‘rganda shunchalar go‘zal,
Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
Men yo‘qsil na bo‘lib uni suyibmen,
Uningchun yonibmen, yonib-kuyibmen,
Boshimni zo‘r ishga berib qo‘yibmen,
Men suyib... men suyib, kimni suyibmen?
Men suygan suyukli shunchalar go‘zal,
Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
1919
303
Do'stlaringiz bilan baham: |