1. Matematik tasavurlarini shakllantirish va rivojlantirish



Download 357,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana22.01.2022
Hajmi357,5 Kb.
#400691
1   2   3
Bog'liq
2-

10 ichida sanash.

 Ikki to‘plamdagi elementlarni solishtirish asosida ikkinchi 

beshlik  sonini  hosil  qilishi  va  10  gacha  sanashni  o‘rgatish  uchun  o‘rta  guruhda 

birinchi beshlik sonini hosil qilish namoyish etiladi.  

O‘rta  guruhda  bo‘lganidek,  har  bir  kelgusi  son  qanday  hosil  qilinishini 

ko‘rsatish  uchun  bundan  oldingi  son  qanday  hosil  qilinganini  takror  ko‘rsatish 

lozim.  Shunday  qilib,  hamma  vaqt  3  tadan  kam  bo‘lmagan  ketma-ket  sonlar 

taqqoslab  ko‘riladi.  Bolalar  ko‘pincha  7  va  8  sonlarini  adashtiradilar,  bu  o‘z 

navbatida 7 va 8 elementlardan iborat to‘plamlarni taqqoslash bo‘yicha juda ko‘p  

mashq qilishni taqozo etadi.  

Тurli o‘lchovda yoki turli maydonni 

egallovchi 

predmetlar 

to‘plamini 

taqqoslash ko‘nikmasi sanoq ahamiyatini 

va  taqqoslanadigan  ikki  to‘plamlar 

elementlarini bittalab solishtirishda aniqlash usullarini tushunish, teng. ko‘p, kam 

munosabatlarini  aniqlash  imkonini  beradi.  Masalan,  qaysi  olmalar  ko‘proq—

qizillarimi yoki yashillarimi, qaysi gullar ko‘proq—sariqlarimi yoki oqlarimi—ana 

shularni  aniqlash  uchun,  agar  keyingilari  birinchilarga  nisbatan  katta  oraliq  bilan 

joylashgan  bo‘lsa,  predmetlarni  sanab  chiqish  va  ular  sonini  yoki  2  guruh 

predmetlarini  bir-biriga  taqqoslash  zarur.  Bunda  taqqoslashning  ustiga  qo‘yish, 

yoniga  qo‘yish  usullaridan  foydalaniladi.  Bolalar  guruhlardan  birida  ortiqcha 

predmet  paydo  bo‘lganini,  demak,  bu  guruhdagi  predmetlar  ko‘proq,  boshqa 




guruhda esa bitta yetishmasligini, demak, bu guruhda predmetlar kamroq ekanligini 

ko‘radilar.  

Soni  kamroq  guruhga  bitta  predmetni  qo‘shish  yoki  soni  ortiqroq  guruhdan 

bitta predmetni olib qo‘yish yo‘li bilan guruhlarni tenglashtirish natijasida bolalar 

taqqoslanayotgan  sonlardan  har  birini  hosil  qilish  usullarini  o‘zlashtirib  oladilar. 

Ko‘proq,  kamroq  munosabatlarining  o‘zaro  aloqasini  ko‘rib  chiqish  bolalarga 

kelgusida  sonlar  o‘rtasidagi  munosabatlarning  o‘zaro  simmetriklik  xossasini 

o‘rganishga  zamin  yaratadi.  Didaktik  materialni  almashtirib  turish,  xilma-xil 

topshiriqlar  berish  bolalarga  har  bir  sonni  hosil  qilish  usullarini  yaxshiroq  anglab 

olishda yordam beradi.  

Bolalarda  10  gacha  sanash  ko‘nikmalarini  mustahkamlash  uchun  turli  xil 

mashqlardan. masalan, “Xuddi shuncha ko‘rsat” mashqidan foydalaniladi.   

10  gacha  bo‘lgan  predmetlarni  sanash.  Predmetlarni  sanash  mashqlari 

murakkablashib boradi. Birdaniga turli xil predmetlarni 2 guruhini (6 ta piyola va 7 

ta kosani sanang) yoki bir xil ko‘rinishga ega, ammo bir-biridan rangi, shakli yoki 

katta-kichikligi bilan ajralib turuvchi (7 ta katta va 8 ta kichkina tugmachalarni), 2 

guruh  predmetlarini  hosil  qilish  mashqlari  bilan  birgalikda  faqatgina  ikkita 

guruhdagi  predmetlarni  sanashnigina  emas,  balki  ularni  ma’lum  joyga,  masalan, 

qog‘oz varag‘ining ko‘rsatilgan qismiga: yuqoriga, pastga, chapga, o‘ngga, o‘rtasiga 

joylashtirish  topshirig‘i  ham  beriladi.  Bir  oz  keyinroq  tarbiyachi  ko‘rsatmasi 

asosida, bolalar mana endi nima ish bajargan bo‘lsang, hammasi to‘g‘risida gapirib; 

ber! — deb so‘raydi. Nihoyat javoblar bajarilgan vazifa haqida hikoyaga aylanadi.  

Bolalar 6-10  Ularga?  ko‘zlarini  yumib, tugmachalarni  qo‘llari bilan ushlab  ko‘rib 

sanash,  u  qo‘lidan  bu  qo‘liga  olib  sanash  topshiriqlari  beriladi.  Bundan  tashqari, 

“Ketdik, ketdik, ketdik..”, “Nima o‘zgardi” o‘yinlari yordamida qo‘l bilan ushlab 

sanashni mashq qiladilar.  




Тovushlarni  sanashni  esa  predmetlarni 

sanash  va  sanab  ajratish  bilan  bog‘laydilar. 

Bolalarga tovushlarni sanashni, xuddi shuncha 

o‘yinchoqlarni  sanab  ajratshni,  keyinchalik 

ayni 

bir 


vaqtda 

tovushlarni 

sanab, 

o‘yinchqlarni  ajratib  qo‘yishni,  sanashni; 

tugatgach,  qancha  tovush  ehitganliklarini  va 

nechta  o‘yinchoq  qo‘yganliklarini  gapirib 

berishni taklif etiladi. Bolalar musiqa asboblari 

nomlari  bilan  tanishdi,  aytilishini  mashq  qiladi.  Pedagog:  “Bu  qaysi  musiqa 

asbobi”— deb so‘raydi. Pedagog cholg‘u asboblardan birida 3 ta tovush hosil qiladi 

va  bolalardan  so‘raydi:  “Topinglar-chi,  men  qaysi  asbobda  va  nechta  tovush 

chiqardim?” Bola sanab beradi: “Siz bir marta tayoqchani tayoqchaga, ikki marta 

barabanga urdingiz”, -deydi. “Sen hammasi bo‘lib nechta tovush eshitding?” - deb 

so‘raydi pedagog. “Men hammasi bo‘lib uchta tovush eshitdim”- deb javob beradi 

bola.  Bolalar pedagog yoki boshqa bolalar tomonidan bajarilayotgan harakatlarni 

sanaydilar. Ular harakat miqdorini namuna hamda aytilgan songa qarab bajaradilar, 

Masalan:  “Likopchada  nechta  tuxum  bo‘lsa,  shuncha  marta  salom  ber,  shuncha 

marta rahmat degin".  

Topshiriqlarni  o‘yin  xarakterida  olib  borish  mumkin:  “Topingchi,  men 

Elmurodga koptokni necha marta tashlashni buyurdim?”, demak, Elmurod koptokni 

talaydi, bolalar esa uning harakatlarini sanaydilar.  

Ko‘rsatilgan  yo‘nalish  bo‘yicha  ma’lum  miqdorda  qadam  tashlash  bolalar 

uchun eng murakkab topshiriq hisoblanadi. Masalan, bolaga: “Oldinga 5 qadam yur, 

o‘ngga buril, yana 3 qadam tashla”, — deb aytiladi.  

Bolalar  safda  yurish  bilanbirga  bir  vaqtda  sanashni,  fazoda  mo‘ljal  olishni 

mashq  qiladilar,  turli  shakldagi  sanashni  nashq  qilish  bir-biri  jupslashtirilgan 

topshiriq  hosil  qilinadi.  Bunday  mashqlar  orqali  idrok  etiladigan  to‘plamlar 

orasidagi miqdoriy munosabatning o‘rnatilishi sanash faoliyatini umumlashtirishga 

imkon beradi.  




 

 



Foydalanilgan adabiyotlar:  

 

1.Bolajon” tayanch dasturi. T.: 2016  



2.Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. T.: 2017  

Xasanboyeva.O.U.  “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” T. «Ilm ziyo» 2006 y  

SH.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”.“Tafakkur sarchashmalari”. T:.  

2013   

3.N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogika”.  TDPU nashriyoti T:. 2013   

 

 



Download 357,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish