O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/507
Sana22.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#400278
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   507
Bog'liq
Ozbekiston tarixi (2)

Angliya-Rossiya  raqobati.

  XIX  asrda  yirik  mustamlakachi  davlatlar  tomonidan  Afiika, 

Osiyo, Amerika va Okeaniya mamlakatlarini bo’lib olish uchun kurash yanada kuchayadi. 

XIX  asr  o’rtalarida  ikki  yirik  mustamlakachi  imperiya  -  Buyuk  Britaniya  va  Rossiya 

davlatlari  manfaatlari  Turkistonda  to’qnashdi.  Ikkala  davlat  bir-biridan  yashirin  ravishda  O’rta 

Osiyoga  kirish,  xonliklardagi  hukmron  sulolalar  bilan  til  topish  yo’llarini  qidirardi,  shu 

maqsadda harbiy missiyalar yuborar edi. Angliya Hindiston tomondan

Rossiya  qozoq  cho’llari  va  Sibir  tomondan  harakat  qilardi,  o’zbek  xonliklarini  o’z  ta’sir 

doirasiga olish, o’z manfaatlari yo’lida xonliklarning boyliklari, tabiiy resurslaridan foydalanish, 



o’z  mustamlakasiga  aylantirishga  intilardi.  Shu  boisdan  ingliz-rus  raqobati  kundan-kunga 

kuchayib bordi. 

Hindiston va Afg’oniston orqali o’zbek xonliklari bilan savdo-sotiq, diplomatik aloqalar olib 

borayotgan  Buyuk  Britaniya  Rossiyaning  Turkistonga  kirib  kelayotganidan  xavfsiramoqda  edi. 

Rossiyaning  Turkistonni  bosib  olish  rejalaridan  xabardor  bo’lgan  Angliya  hukumati  Rossiya 

rejalarini  barbod  qilish  podshoalarini  ko’rdi.  Ost-Indiya  kompaniyasi  tomonidan  josuslik 

ma’lumotlari  to’plash  maqsadida  yuborilgan  E.K.Meyendorf  1824-yildayoq  Buxoroda  bo’lgan, 

ammo  maqsadiga  erishaolmay  shu  yerda  halok  bo’lgan  edi.  1831-1833-yillarda  mazkur 

kompaniya  leytenanti  Aleksandr  Berns  Hindistondan  Afg’onistonga,  undan  Buxoroga  go’yo 

sayyoh sifatida keladi. U yig’ilgan dalillar va shaxsiy kuzatuvlar asosida uch jildlik «Buxoroga 

sayohat»  nomli  kitob  yozib,  unda,  jumladan:  «O’zbeklar...  mening  kim  ekanimni 

bilmaganlaridan barcha narsalar xususida, hukmdorlari siyosatidan tortib bozordagi ahvol haqida 

ham tortinmay so’zlashdilar», -deb yozadi. 

Angliya  hukumati  Buxoro,  Xiva  va  Qo’qon  xonliklarini  Rossiyaga  qarshi  ittifoqqa 

uyushtirishga  harakat  qildi.  1841-1842-yillarda  Angliya  hukumati-mayor  Konollini  Xivaga, 

polkovnik Stoddartni Buxoroga maxsus missiya bilan yubordi. Ular Xiva xoni va Buxoro amiri 

huzurida  bo’lib,  Rossiya  tajovuzidan  saqlanish  uchun  uchchala  Xonlik  bir-birlariga 

yordamlashishini,  kuchlarni  birlashtirishni,  ittifoq  tuzishni  taklif  qilib,  rus  qo’shinlariga  qarshi 

kurashish uchun qo’shin bilan yordam berishga va’da qiladilar. Biroq ularning rasmiy hujjatlari 

bo’lmagani  sababli  amir  Nasrullo  ularni  zindonga  tashlatadi.  Bularni  qutqarish  uchun  Angliya 

tomonidan  Turkiya  homiyligida-mayor  Volf  Buxoroga  yuboriladi,  ammo  uning  1843-1845-

yillarda  Buxorodagi  urinishidan  ham  natija  chiqmadi,  zindondagilar  qatl  etiladi,  Volfning  o’zi 

zo’rg’a  qochib  qutiladi.  Shuningdek,  1843-yilda  Xivaga  kelgan  kapitan  Ebbot  ham  Angliya 

manfaatlari yo’lida ishlagani ma’lum. 

Ingilizlarning  O’rta  Osiyoda  jiddiyroq  siyosat  yuritishiga  Afg’oniston  xalaqit  berardi.  Shu 

boisdan  inglizlar  maxsus  «afg’on  siyosati»ni  ishlab  chiqib,  Afg’oniston  amirini  bo’ysundirish, 

Hirot  va  Qandahorni  inglizlar  mulkiga  aylantirish,  ularda  harbiy  kuchlarni  joylashtirishni 

rejalashtiradi.  Shu  maqsadda  Angliya  1838-1842  va  1878-1880-yillarda  Afg’onistonga  ikki-

marta bosqinchilik urushlari uyushtirdi. Biroq Afg’onistonni bo’ysundira olmadi. 

Ost-Hindiston kompaniyasi O’rta Osiyo bozorlariga kirish va egallab olish, bozorlarda ingliz 

tovarlarining Rossiya tovarlarini siqib chiqarishini ta’minlashga zo’r berdi. Bu borada ular hind 

va fors savdogarlaridan keng foydalandi. 

Buyuk  Britaniyaning  O’rta  Osiyoga  kirish  va  uni  egallashga  intilishi  Rossiya  imperiyasini 

tashvishga soldi. U xonliklarga bevosita chegaradosh bo’lganidan foydalanib, harbiy harakatlarni 

boshlab yubordi. 



Xonliklarning shimoliy-g’arbiy hududida Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy katta 

qo’shin  bilan  hujumga  shaylanib  turardi.  U  1834-yilda  Kaspiy  dengizi  qirg’og’idagi 

Mang’ishloqda harbiy istehkom qurib, unga Novo- Aleksandrovskaya deb nom berdi. 1845-yilda 

Orenburg va Yoyiq, 1847-yilda Sirdaryoning Orol dengiziga qo’yilish joyida Raim (Oral) harbiy 

istehkomlari qurildi. Perovskiy qo’shinlari 1853-yilda Qo’qon xonligining strategik ahamiyatga 

molik bo’lgan Oqmasjid qal’asini bosib oladi va u yerda mustahkam o’rnashadi. 

Xonliklarning  shimoliy-sharqiy  tomonida  esa  G’arbiy  Sibir  general-gubernatori  G.Gosford 

hujumga  tayyorlanish  uchun  1847-yilda  Yettisuvdagi  Ulutov  yaqinida  ikkita  harbiy  istehkom, 

1848-yilda  Qorabuloq  qal’asini,  1854-yilda  Olmati  ovuli  yonida  Verniy  istehkomini  qurib, 

harbiy  kuchlarni  joylashtiradi.  1860-yilda  Qo’qon  xonligi  hududiga  qarashli  harbiy 

istehkomlarga  hujum  qilib,  To’qmoq,  Pishpak  va  boshqa  qal’alarni  birin-ketin  bosib  ola 

boshladi. 

Perovskiy  va  Gosfordlarning  harbiy  harakatlari  amalda  Rossiyaning  O’rta  Osiyoga  e’lon 

qilinmagan bosqinchilik yurishining boshlanishi edi. 

Turkistonni  bosib  olish  masalasi  podshoh  Aleksand  II  tomonidan  1859  va  1861-yillarda 

o’tkazilgan  saroy  kengashida  muhokama  qilinadi  va  birinchi  navbatda  Qo’qon  xonligini  bir 

yoqlik qilish, unga qarshi harbiy harakatlarni boshlashga qaror qilinadi. O’rta Osiyo xususidagi 

raqobatda  Rossiya  ustunlik  qildi.  Angliya  Rossiyaning  harbiy  kuch  bilan  O’rta  Osiyoni 

egallashga qaratilgan harakatlarini to’xtatib qololmadi. 


Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   507




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish