O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Mustamlakachilik idora usulining joriy etilishi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/507
Sana22.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#400278
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   507
Bog'liq
Ozbekiston tarixi (2)

Mustamlakachilik idora usulining joriy etilishi. 

Rossiya harbiy vaziri, graf D.Milyutin, podshoh maslahatchisi V.Girs 1867-yilda «Turkiston 

o’lkasini  boshqarish  tartibi»  haqida  qonun  loyihasini  tuzdilar,  u  Vazirlar  Kengashi  tomonidan 

tasdiqlandi  va  amalda  kuchga  kirdi.  O’lkada  mutlaq  hokimiyat  general-gubernator  qo’lida 

to’plandi.  General-gubernatorlik  Kengashi  va  to’rt  bo’limdan  iborat  mahkama  tuzildi.  Birinchi 

bo’lim  ma’muriy  va  nazorat,  ikkinchisi  moliyaviy-xo’jalik,  uchinchisi  soliq  va  shaharlar 

mablag’lari ishlarini boshqargan. To’rtinchisi maxsus bo’lim deb atalgan. General-gubernator bir 

vaqtda  podshoh  noibi,  harbiy  okrug  qo’shinlari  qo’mondoni,  bosh  mirshab,  bosh  prokuror 

bo’lgan. U Buxoro amiri faoliyatini Rossiya imperatori agentligi orqali (1886-1917), Xiva xonini 

esa Amudaryo bo’limi (1873-1917) boshlig’i orqali nazorat qilib turgan. 

Turkiston general-gubernatorligi viloyatlarga, viloyatlar uyezdlarga, uyezdlar uchastkalarga 

bo’lingan.  Viloyat  harbiy-gubertanorligiga  general  darajasidagi,  uyezd  boshlig’iga  polkovnik 

darajasidagi,  uchastka  boshlig’iga  kapitan  darajasidagi  zobitlar  tayinlangan.  Mazkur  ma’muriy 

tuzulmaning o’zagi uyezd bo’lib, uning boshlig’i general-gubernator tomonidan tasdiqlangan va 

katta  vakolatga  ega  bo’lgan.  Uyezd  boshlig’i  ma’muriy,  politsiya,  harbiy  hokimiyatlarni  o’zida 

birlashtirgan, odamlarga jarima solish, 7 kungacha hibsda saqlashi mumkin bo’lgan, shu boisdan 

uni  «hokim  to’ra»  deb  ham  atashgan.  Uchastka  boshliqlari  ham  odamlarga  jarima  solish,  3 



kungacha hibsda saqlab turishi mumkin bo’lgan. 

Qishloqlarni  boshqarish  uchun  uchastka  boshlig’iga  bo’ysunuvchi  bo’lis  (volost)  va  ovul 

ma’muriy  boshqaruvi  joriy  etildi.  1-2  ming  xonadon  yashovchi  hudud  bo’lis,  1-2  yuz  o’tovli 

hudud ovul deb ataldi. Mahalliy aholi orasidan bo’lis boshqaruvchisi (oqsoqol yoki mingboshi), 

qishloq  oqsoqollari  (yuz  boshi,  ellik  boshi,  o’n  boshi)  hamda  ovul  oqsoqollari,  ularning 

o’rinbosarlari  saylanadigan  bo’ldi.  Ammo  bu  mahalliy  boshqaruv  tizimi  Rossiya  ma’muriyati 

qo’lida  bo’lgan,  nomigagina  saylangan  mahalliy  aholi  vakillari  ularning  qo’lida  qo’g’irchoq 

bo’lganlar. 

Mustamlakachilar  Toshkent  shahrini  Turkiston  general-gubernatorligining  ma’muriy 

markazi etib tanlashdi. Shaharda 80 mingcha aholi yashardi, uning hududida 270 ta mahalla, 310 

ta  masjid,  17  ta  madrasa,  11  ta  hammom,  15  ta  do’konli  saroy  va  boshqa  inshootlar  bo’lgan. 

Bosqinchilar  Toshkentning  sharqiy  qismidan  joy  tanlab,  tanlangan  joydagi  mahalliy  aholini 

ko’chirib, Rossiyadan kelganlar yashaydigan uylar, ko’chalar, oromgohlar qurdilar. Shaharning 

bu qismi Yangi shahar deb ataldi. Shaharni hokim boshqargan. 

Toshkent  shahar  Dumasi.  Toshkent  shahrini  boshqarish  Nizomi  ishlab  chiqildi  va  u  1877-

yilda Sankt-Peterburgda tasdiqlangach kuchga kirdi. Nizomga ko’ra Toshkent shahar Dumasi va 

boshqarma  saylash  nazarda  tutilgan.  Toshkent  shahar  Dumasi  noiblarining  uchdan  ikki  qismi 

yangi  shahardan,  uchdan  bir  qismi  eski  shahar  aholisidan  saylanadi,  deb  belgilangan  edi. 

Ko’chmas  mulki  miqdoriga  qarab,  saylovchilar  uch  toifaga  ajratiladi.  Mulk  senzi  nuqtai 

nazaridan kelib chiqqan holda, ko’chmas mulk qiymatining bir foizi hisobidan 3000, 1000, 500 

so’mdan  ziyod  ko’chmas  mulk  egalaridan  uch  toifali  saylovchilar  ro’yxati  tuziladi.  Yetarli 

mulkka ega bo’lmagan ziyolilar, ishchilar, dehqonlar, hunarmandlar saylov huquqidan mahrum 

bo’lib qoldilar. 

1877-yilda  Toshkent  shahar  hokimi  raisligida  har  bir  toifa  bo’yicha  saylovchilar  yig’ini 

bo’lib  o’tdi  va  Dumaga  71  noib  (glasniy)  saylandi.  Dumaga  Toshkentning  80  mingdan  ortiq 

aholi  yashaydigan  eski  shahar  qismidan,  ya’ni  tub  yerli  aholidan  atigi  21  nafar  noib  saylandi, 

aksariyat  ko’pchilik  noiblar  esa  4000  mingga  yaqin  kishi  yashaydigan  yangi  shahar  qismidan 

saylandi. Bu holat boshqaruvning mustamlakachilik mohiyatini yaqqol ochib beruvchi dalildir. 

Toshkent  shahar  Dumasi  farmoyish  beruvchi  organ  bo’lib,  uni  shahar  hokimi  -  oqsoqol 

boshqarardi. Turkiston general-gubernatori tomonidan Duma oqsoqoli (glava) etib shahar hokimi 

polkovnik  E.P.Pukalov  tayinlanadi.  Noiblar  orasidan  ijro  etuvchi  hokimiyat  -  shahar 

boshqarmasi (mahkamasi) tuziladi. 

Toshkent  shahar  Dumasi  ma’muriy  va  o’quv  binolari,  yo’l  qurilishi,  obodonlashtirish,  suv 

ta’minoti va boshqa shahar xo’jaligi  bilan bog’liq ishlar bilan shug’ullanardi. Jumladan, 1892-

yilda  shaharda  telefon  aloqasining  yo’lga  qo’yilishi,  1901-yilda  ot  tortuvchi  tramvay  yo’li 



(konka)ning, 1912-yilda  elektr toki bilan  yuruvchi  tramvay  yo’lining barpo etilishi,  ko’chalarni 

yorituvchi  elektr  lampochkalarining  o’rnatilishi  kabilarni  Toshkent  shahar  Dumasining  ijobiy 

ishlari qatoriga kiritish mumkin. 

O’lkada  tashkil  etilgan  politsiya  va  sud  idoralari  ham  mustamlakachilik  tartibini 

mustahkamlashga,  mahalliy  aholining  har  qanday  norozilik  harakatini  bo’g’ish  va  bostirishga 

qaratilgan  edi.  Podshoizmning  ma’muriy  idora  usuli  o’lkani  iqtisodiy  o’zlashtirish,  aholini 

ma’naviy jihatdan tobelikda saqlash, ruslashtirish siyosati bilan uyg’unlashtirilgan edi. 


Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   507




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish