Qo‘qon xonligi madaniyati.
Qo‘qon xonligining XVIII-XIX asrlar 1-yarmida kechgan
madaniy hayotida ham sezilarli ijobiy o‘zgarishlar va siljishlar yuz berib borganligi ayondir.
XIX asrda Qo‘qon xonligida tarixnavislik sezilarli ravishda o‘sib borgan. Oldinlari yozilgan bir
necha tarixiy asarlar fors va arab tillaridan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va yangi kitoblar yozildi.
Bu yangi asarlarning o‘ziga xos xususiyatlari ham bor edi – ularning ayrimlari she’riy yoki
qisman she’riy yo‘lda yozildi. Bu esa qo‘qonlik tarixchilarning adabiyotni yaxshi bilibgina
qolmay, o‘zlari ham she’riyatda qalam tebratganliklarini ko‘rsatadi. Masalan, «Tarixi
jahonnamoyi» (Junayd Mullo Avazmuhammad Mullo Ro‘zi Muhammad so‘fi o‘g’li),
«Shohnoma» (Abdulkarim Fazliy Namangoniy), «Shohnomayi Umarxoniy» (Mirzo Qalandar
Mushrif Isfarangiy, u Fazliy Namangoniyning «Zafarnoma» asarini nasriy qilib yozgan).
«Muntaxab attavorix» (Xo‘ja Muhammad Hakimxon to‘ra bin Sayid Ma’sumxon), «Tarixi
Shohruxiy» («Tarixi sayyidi Xudoyorxon», Mullo Niyoz muhammad Xo‘qandiy Niyoziy bin
Mullo bin Ashur Muhammad Xo‘qandiy), «Tarixi jadidai Toshkand (Muhammad Solihxo‘ja ibn
Qorixo‘ja), «Shohnoma» (Mahzun Ziyovuddin Xo‘qandiy), «Jangnomai Xudoyorxon» (Shavqiy
Namangoniy) va b.
XIX asr boshlarida shakllangan Qo‘qon adabiy muhiti ham xonlikning madaniy hayotida
katta o‘rin tutgan. Qo‘qon hukmdorlarining qator namoyandalari temuriylar an’anasini davom
ettirib, o‘zlari ham ilm-ma’rifat bilan shug’ullanib, bu sohani ravnaq topdirishga katta sa’y-
harakat qilganlar. Ayniqsa, bunda Qo‘qon xonlaridan Umarxon (1810-22) va muhammad
Alixon (1822-41) davrlari yaqqol ajralib turadi.
Xususan, Akmal (Maxmurning otasi), Amiriy (Qo‘qon xoni Umarxon), Boqixonto‘ra,
Muhammad Sharif, Gulxaniy, Maxmur (Mahmud), Muntazir, Nizomiy Xo‘qandiy (asl nomi
Nizomiddin Muhammadaminxo‘ja o‘g’li), Nodir, Nozil Muhammad Avaz, Avazmuhammad
Yormuhammad o‘g’li Pisandiy, Fazliy Namangoniy, G’oziy singari shoirlar xalq ichida mashhur
edilar.
Qo‘qon adabiy muhitining yana bir muhim xarakterli jihati shundaki, bu davrda o‘zbek va
fors-tojik tilida bab-baravar qalam tebratgan bir qator taniqli va mashhur o‘zbek shoiralari
iste’dodi keng rivoj topdi. Mas,
Dilshod otin, Zebuniso,
Zinnat, Mohzoda Begim, Mahzuna,
Mushtariy, Nodira, Nozuk Xonim,
Uvaysiylarning
ijodi ayricha ahamiyatga molikdir.
Qo‘qon adabiy muhitining samarali ta’siri o‘laroq bu yurtdan keyinchalik
Muqimiy, Furqat,
Zavqiy
va boshqa yetuk badiiy so‘z san’atkorlari yetishib chiqdilar va o‘z xalqining erki, hurligi
va ozodligi uchun xizmat qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |