3.1. Lisoniy tasnif va uning turlari……………………………………………50-59
3.2. Til birliklarining tavsifi…………………………………………………...59-79
XULOSA……………………………………………………………………...80-84
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………85-88
4
K I R I SH
(ishning umumiy tavsifi)
Mavzuning dolzarbligi.
Ilmiy bilish – ilmiy tadqiqot yo‘li bilan izlanish
natijasida borliq haqida yangi bilim hosil qilish. Tabiat va jamiyatdagi murakkab,
xilma-xil va rang-barang hodisalar mohiyatini, rivojlanish qonunlarini ilmiy
bilishning aniq usullari mavjud bo‘lib, ular ilmiy tadqiqot va izlanishlarning
yo‘nalishini ifodalaydi.
Nazariy bilish empirik, ya’ni fahmiy bilishsiz amalga oshmaydi. Amaliy bilish
jarayonida to‘plangan faktik material nazariy bilish jarayonida aqliy tafakkur yo‘li
bilan umumlashtirilib, ularning mohiyati ochiladi.
O‘zbek tilshunosligi o‘zining (XX asrning 20-yillaridan 90-yillarigacha)
amaliy bosqichni bosib o‘tdi. Bu davrda amalga oshirilgan ishlar quyidagilardan
iborat edi:
1) tilning bo‘limlari aniqlandi;
2) har bir bo‘limga doir birliklar chegaralandi;
3) birliklarning zohiriy alomatlari yoritildi.
Til hodisalarini zamonaviy usullar yordamida o‘rganish ularga tizimiy
yondashish deyiladi. Nazariy tilshunoslik har qanday birlikning mohiyati uning
munosabatini chuqur tahlil qilish bilan ochiladi, degan g‘oyaga tayanib ish ko‘radi.
UMIS va AHVO munosabati dialektikaning (ya’ni butun borliq – tabiat,
jamiyat va inson tafakkurining asosiy yashash) qonuniyatidan biri bo‘lganligi
sababli, u har bir fanda o‘ziga xos tarzda xususiylashadi. UMISning tildagi tajallisi
lison
, AHVOniki esa
nutq
deb yuritiladi. Lison va nutqning majmui
til
deyiladi.
Tilshunoslikda lisoniy va nutqiy jihatni farqlashga intilish ushbu fan bilan
tengdosh. Chunki har qanday fan cheksiz hodisalarni umumlashtirishni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘yadi. Xususiy hodisalar zamiridagi umumiylikni ko‘rishga intilish
bilishning har ikkala bosqichi (fahmiy va idrokiy)da ham mavjud. Shu boisdan
aytish mumkinki, bilishning fahmiy bosqichi mutlaq xususiylik bilan o‘ralashib
5
qolmaganligi kabi, idrokiy bosqich ham mutlaq umumiylikni – UMISni tiklay
olmaydi. Biroq har bosqich o‘z vazifasiga ega. Chunki har bir davr o‘z fani oldiga
muayyan maqsad va aniq talablarni qo‘yadi. «Fanlarning taraqqiyoti shu davrning
ilg‘or falsafiy fikri, davr uchun yetakchi bo‘lgan fan sohalarining yutuqlari bilan
uzviy bog‘liq. Turli fanlarning manbalari ko‘p qirrali bo‘lganligi sababli, davrning
yetakchi falsafiy fikri aniq fanlardan o‘rganish manbaining qaysi tomonlariga
alohida e’tibor berish lozimligini, borliqdagi mavjud qonuniyatlarni mantiqiy
kategoriyalarda qay usulda aks ettirish yo‘llarini belgilab beradi» (H.Ne’matov).
Shu asosda aytish mumkinki, zamonaviy o‘zbek tilshunosligining birinchi
bosqichi, dialektika nuqtayi nazaridan, tildagi UMIS va AHVOni bir-biridan
farqlamay tasnif etish bosqichi.
Tilshunoslikda lison va nutqni izchil farqlab o‘rganish avvalo, tilshunoslar
V.fon Humboldt, B.de Кurtene va F.de Sossyur nomi bilan bog‘liq. Lison va
nutqning farqlanishi, tilga tizim sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida
tub burilish sifatida baholanadi. Chunki u mavjud qarashlarni tubdan o‘zgartirib
yubordi.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi tilshunoslikda ko’p bahslar manbai bo’lgan,
biroq hanuz mohiyati yetarli darajada yoritilmay qolayotgan hodisa – lisoniy
birliklar tavsifiga bag’ishlangan.
Mavzu dolzarbligini oshiruvchi omillardan yana biri shundaki, mazkur
tadqiqot ishi zamonaviy o’zbek tilshunosligi yo’nalishida amalga oshirilgandir.
Tadqiqot manbai
ni o’zbek tili lisoniy birliklari tashkil etadi.
Ishda tahlil etish uchun “O’zbek tilining izohli lug’ati” (5 tomli, -T., 2006-
2008), “O’zbek tili morfem lug’ati” (-T., 1982), Alisher Navoiyning “Lisonut-
tayr” dostoni hamda vaqtli matbuot nashrlari materiallaridan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: