-miz
va
-siz
(
o‘qiymiz – o‘qiysiz
) har xil lisoniy
morfologik birlik bo‘lib, bir paradigmaning turli a’zolari sifatida ziddiyatli
munosabatda bo‘ladi. Biroq turli farqli xossaga ega bo‘lgan til oldi va til orqa
o‘
unlilari bitta
o‘
fonemasining variantlari sifatida fonetik jihatdan farqlansa-da,
funksional jihatdan tafovutga ega emas. Chunki o‘zbek tilida bitta
o‘
fonemasi
mavjud bo‘lib, uning variantlari ma’no farqlash tabiatiga ega emas. Ba’zilar
o‘y
so‘zini aytganda,
o‘
ni til oldi, boshqalar esa til orqa unlisi sifatida talaffuz qiladi.
Baribir, bu so‘z
o‘
tovushlari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, «fikr», «xayol»
ma’nolarini beradi. Lisoniy birlikning varianti orasidagi bunday munosabat
ziddiyatsiz munosabat deyiladi.
Ziddiyat paradigmatik munosabatning xos ko‘rinishi va xossasi sifatida
sintagmatik munosabatga qarama-qarshi qo‘yiladi.
Ma’lum bir lisoniy birlik mansub ziddiyatlar majmui bu birlikning
paradigmatik sifatini aniqlashda, paradigmatik muayyanlashtirishda hal qiluvchi
rol o‘ynaydi. Paradigmatik muayyanlashtirish birlikning boshqa birlikdan
farqlanuvchi substansial tabiatini oydinlashtirish demakdir.
Tilshunoslar lisoniy ziddiyatni bir necha tomondan tasniflaydilar:
1) ziddiyat tizimida tutgan o‘rniga ko‘ra.
2) ziddiyat a’zolarining o‘zaro munosabatiga ko‘ra.
3) turli vaziyatda ziddiyatning amal qilishiga ko‘ra.
Lisoniy ziddiyat ziddiyat tizimiga munosabatiga ko‘ra, o‘lchami va
uchrovchanlik belgilari bilan farqlanadi.
Lisoniy ziddiyat o‘lchoviga ko‘ra, bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli turga
bo‘linadi.
46
Agar belgilar majmui tizimda zidlanuvchi ikki a’zo uchungina amal qilib,
boshqa a’zoga tegishli bo‘lmasa, bir o‘lchamli ziddiyat deyiladi. Masalan, o‘zbek
tilidagi
l
va
h
fonemalari hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra «yon» va «bo‘g‘iz» belgilari
asosida zidlanib, bu belgi undoshlar tizimining boshqa a’zolarida uchramaydi.
Chunki bu undoshlar o‘zbek tili fonologik tizimida yagona yon va yagona bo‘g‘iz
undoshlaridir.
Кo‘p o‘lchamli ziddiyatda zidlanuvchi birlikdagi belgi boshqa a’zoda ham
uchraydi. Masalan, til oldi undoshlari bo‘lgan
m
–
d
zidlanar ekan,
m
dagi «til
oldi»lik belgisi
d
fonemasida ham mavjud. Bunda a’zolar boshqa belgi asosida
zidlanadi.
«Uchrovchanlik» belgisiga ko‘ra ziddiyat ajralgan va muntazam ziddiyatga
bo‘linadi. Ajralgan ziddiyatda shunday belgi asos qilib olinadiki, bu belgi boshqa
ziddiyatga asos bo‘la olmaydi. Masalan, unlilarning lablangan-lablanmaganlik
belgisi faqat teng qiymatli ziddiyat uchun asos bo‘ladi. Bunday ziddiyat «ajralgan»
ziddiyat deyiladi. Lekin tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra belgisi teng qiymatli
ziddiyatga ham asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bir belgi turli a’zoni juftlab zidlash uchun xizmat qilsa, muntazam ziddiyat
deyiladi. Masalan, erlik, ayollik jinsi asosidagi ziddiyat
ota
-
ona
,
Do'stlaringiz bilan baham: |