o‘g‘il
-
qiz
,
aka
-
singil
,
chol
-
kampir
ziddiyatida uchrayveradi.
A’zolari orasidagi munosabatga ko‘ra ziddiyat:
a) noto‘liq (privativ);
b) darajali (gradual);
d) teng qiymatli (ekvipolent)
kabi turga bo‘linadi.
Noto‘liq ziddiyatda qarshilanuvchi a’zodan biri ziddiyat belgisiga ijobiy,
boshqasi esa betaraf munosabatda bo‘ladi. Masalan,
bola
va
o‘g‘il
leksemalarini
olaylik. Ular «erkak jinsli» deb atalgan ziddiyat belgisiga ikki xil munosabat
bildiradi. Bu belgi
o‘g‘il
leksemasi semantik tarkibida aniq berilgan, shu boisdan
uning munosabati ijobiy yoki belgilangan deyiladi va shartli ravishda + belgisi
47
bilan beriladi.
bola
leksemasida esa jins belgisi aniq emas. Chunki uning semantik
tarkibida «er» yoki «ayol» (ya’ni jins) semasi yo‘q. Boshqacha aytganda, bola
o‘g‘il ham, qiz ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu leksemaning ziddiyat
ko‘rsatkichiga ishorasi belgilanmagan (noma’lum, majhul) deyiladi va shartli
ravishda +/– yoki 0 (nol) belgisi bilan beriladi. Bu chizmada quyidagicha beriladi:
11-jadval
«erkak»
o‘g‘il
(+)
bola
(0)
Noto‘liq ziddiyat tilning barcha sathida amal qiluvchi muhim qonuniyatdir.
Masalan, morfologiyada leksemalarni umumiy grammatik ma’nosiga ko‘ra
mustaqil va nomustaqil leksemaga bo‘lish privativlik asosida amalga oshiriladi.
Bunda «lug‘aviy ma’no ifodalay olmaslik» noto‘liq ziddiyatning belgisi bo‘lib,
ziddiyatda mustaqil leksema belgilanmagan, kuchsiz a’zo bo‘lsa, nomustaqil
leksema belgili, kuchli a’zo sifatida namoyon bo‘ladi:
12-jadval
«lug‘aviy ma’no ifodalay olmaslik»
nomustaqil
leksemalar (+)
mustaqil leksemalar
(0)
Chunki mustaqil leksema lug‘aviy ma’no ifodalashi ham, nomustaqil leksema
vazifasida kelishi ham mumkin. Masalan, ot ko‘makchi, fe’l ko‘makchi,
ko‘makchi fe’l va h. nomustaqil leksema kabi lug‘aviy ma’noga ega bo‘la olmaydi.
Noto‘liq ziddiyatda belgi tanlash ixtiyoriy emas. Masalan, bir qarashda
yuqoridagi ziddiyatda belgini «lug‘aviy ma’no ifodalash» deb ham, «lug‘aviy
ma’no ifodalay olmaslik» deb ham qo‘yish mumkindek tuyuladi. Кeling, ziddiyat
48
belgisini yuqorida qo‘yilganidek emas, balki «lug‘aviy ma’no ifodalay olish» deb
o‘zgartirib ko‘raylik:
13-jadval
«lug‘aviy ma’no ifodalay olish»
mustaqil leksemalar
(+)
nomustaqil
leksemalar (0)
Bu to‘g‘rimi? Birinchidan, noto‘liq ziddiyatda qaysidir bir a’zo 0 (nol)
belgisini olishi kerak. Oldingi ziddiyatda mustaqil leksemalar ushbu belgiga ega
edi. Bunda endi nomustaqil leksemalar olishi kerakka o‘xshaydi. Yo‘q, bunday
emas. Chunki nomustaqil leksema goh lug‘aviy ma’no ifodalash, goh
ifodalamaslik xossasiga ega emas. Ziddiyatning ikkinchi a’zosi + belgisiga egami?
U (ya’ni mustaqil leksemalar) h a m i s h a «lug‘aviy ma’no ifodalay olish»
belgisiga ega bo‘lib, boshqa xil vazifada qo‘llanila olmaydimi? Yo‘q, u bunday
xususiyatga ega emas; oldingi ziddiyatda ko‘rib o‘tganimizdek, mustaqil leksema
«lug‘aviy ma’no ifodalay olmaslik» belgisiga ega bo‘la oladi. – belgisiga ham ega.
Demak, keyingi «ziddiyat» ziddiyat emas. Ziddiyat lisoniy birlikning mohiyatini,
substansial tabiatini o‘zida aks ettirmog‘i lozim. Aks holda «sun’iy» ziddiyat kelib
chiqadi. Boshqa ziddiyat kabi noto‘liq ziddiyat ham obyektiv va xohish-
irodamizga bog‘liq emas.
Darajali ziddiyat a’zolari kamida uchta bo‘lib, bir belgi (ziddiyat belgisi)ning
o‘sib borishiga ko‘ra a’zolar qator hosil qiladi. Masalan, tilning ko‘tarilishiga ko‘ra
unli fonemalar darajalanishi quyidagicha:
a – e – i
yoki
o – o‘ – u.
Bunda belgi
birinchi a’zoda kuchsiz, ikkinchi a’zoda o‘rtacha va keyingi a’zoda kuchli yoki
aksincha bo‘lishi mumkin. Darajali ziddiyat ham barcha sath birliklarida uchraydi.
Masalan, leksikada
ninni-chaqaloq-go‘dak-bola..., turq-bashara-bet-yuz
-
cheh-
ra...
, morfologiyada harakat nomi-sifatdosh-ravishdosh («fe’lni o‘zgalash
darajasiga ko‘ra» belgisi asosida) kabi.
49
Ekvipolent (teng qiymatli) ziddiyatda ikki a’zo qarshilantirilib, har biri o‘ziga
xos, ikkinchisiga xos bo‘lmagan belgiga ega bo‘ladi. Masalan, ovoz va shovqinga
ko‘ra jarangli va jarangsiz undosh teng qiymatli (o‘ziga xos belgiga ega bo‘lgan
a’zoli) ziddiyatni hosil qiladi.
Muntazam (proporsional) ziddiyatda bir ziddiyat belgisi juftlangan turli
birliklar uchun oppozitiv ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. «jins» belgisi
ota-ona,
aka-opa, singil-uka, tog‘a-xola
lug‘aviy zidlanishlari uchun umumiy.
Ziddiyat a’zolari miqdoriga ko‘ra ziddiyat ikki a’zoli (binar) va ko‘p a’zoli
ziddiyatga bo‘linadi. Masalan, noto‘liq ziddiyat ikki a’zoli, darajali ziddiyat esa
ko‘p a’zoli ziddiyatdir.
Uchinchi belgisiga ko‘ra ziddiyat doimiy va mo‘tadillashgan ziddiyatga
bo‘linadi.
Mo‘tadillashish jarayonida munosabatga kirishayotgan birliklar o‘rtasidagi
ziddiyat kuchsizlanadi. Masalan,
yot-yod
zidlanishda so‘z oxiridagi
t
,
d
tovushlari
jarangli-jarangsizlik bilan farqlanmaydi.
d
fonemasining nutqdagi vaziyatidan
kelib chiqqan holda unda jarangsizlik belgisi kuchsizlanadi. Ammo bu sof nutqiy
hodisa. Mo‘tadillashish lisoniy birlikning nutqiy voqelanishida yuz beradi.
Leksema va morfema ham nutqiy voqelanganda, ularning lisonda boshqa birliklar
bilan ziddiyatli munosabatini belgilaydigan xossasi, belgisi kuchsizlanishi
mumkin.
Yuqorida keltirilgan
t
va
d
undoshlarining jarangli-jarangsizlilik belgisiga
ko‘ra zidlanishini yorqin namoyon qiladigan vaziyat
d
fonemasining so‘z boshi va
so‘z o‘rtasida voqelanishi. Ziddiyatni voqelantiradigan pozitsiya kuchli va uni
so‘ndiradigan nutqiy holat kuchsiz pozitsiya deyiladi.
50
Do'stlaringiz bilan baham: |