morfemaga
tilning eng kichik ma’noli birligi sifatida qarash
tub leksemalarni ham, affikslarni ham, yordamchi so’zlarni ham, hatto undov,
modal, taqlid so’zlarni ham morfemalar tarkibida o’rganishga olib keldi.
Faqat A.Martine non-, yoq-, yop- singari morfemalar bilan ni, -(i)m, -chi kabi
morfemalar o’rtasidagi farqni e’tiborga olgan holda,
morfema
atamasi ostida
tushuniladigan obyektni toraytirishni, uni faqat qo’shimchalarni ifodalash uchun,
leksika sohasiga dahldor bo’lgan monemalarni (morfema o’rnida monema
atamasini qo’llaydi) ifodalash uchun,
leksema
atamasini qo’llashni tavsiya etdi.
Natijada ayrim adabiyotlarda leksik ma’no ifodalash uchun xizmat qiluvchi
eng kichik ma’noli qismga leksema, grammatik ma’no ifodalash uchun xizmat
qiladigan va yasama leksemalarni hosil qilish uchun ishlatiladigan eng kichik
ma’noli birliklar uchun esa morfema atamasi qo’llaniladigan bo’ldi. SHu bilan
birgalikda, morfemani keng ma’noda barcha eng kichik ma’noli birliklar uchun
qo’llash ham davom etmoqda. SHuning uchun morfemalar leksik va Grammatik
morfemalarga hamda har ikki turga ham kirmaydigan, lekin bu ikki turning
34
xususiyatlarini ma’lum darajada o’zida mujassam etgan oraliq morfemalarga
bo’lish lingvistik adabiyotlarda tasodifiy hodisa emas.
Akademik A.Hojiyev o’z maqolasida ko’makchi morfemalarni erkin, bog’liq
va nisbiy bog’liq morfemalarga tasnif etish morfemalar mohiyatini yoritishda hech
qanday ahamiyat kasb etmasligini yozadi.
Til sistemalar sistemasi yoki geterogen sistemadir. Til sistemasining
geterogenligi shundaki, u gomogen birliklar munosabatidan tashkil topgan bir
necha kichik birliklarni o’z ichida birlshtiradi. Geterogenlik xususiyati uning
“ko’pqavatliligi”ni belgilaydi. Geterogen sistemalar gomogen elementlar
munosabatidan tashkil topgan kichik sistemalarga bo’linadi.
Gomogenlik va geterogenlik munosabati Kant falsafasining asosi sanaladi
13
.
Morfemalar ham geterogen sistema sifatida leksik, Grammatik va oraliq
morfemalarni o’z ichiga olishi bilan birgalikda, morfem sistema tarkibidagi
yuqoridagi har bir guruhning o’zi, o’z navbatida, yana kichik sistemalarga
bo’linishi uchun asos bo’ladi. Xususan, Grammatik yoki ko’makchi morfemalar
sinfiga kirgan morfemalar “ko’makchilik” belgisi asosida bir butunni, ya’ni
sistemani tashkil qilish bilan birga, ayni paytda ular ma’lum differensial belgilariga
ko’ra yana kichik guruhlarga, sinflarga bo’linadi.Masalan, kelishik qo’shimchalari
bilan ko’makchilar o’rtasidagi farqlovchi belgi nima? Tabiiyki, ular o’rtasidagi
farqlovchi belgi analitiklik va sintetiklikdir. SHu asosda erkin va bog’liq
morfemalar ajratiladi.
Ko’rinadiki, fonema, morfemalarning til birligi ekanligi deyarli barcha
tilshunoslar tomonidan e’tirof etiladi. Leksema morfema (monema)ning bir turi
atash ma’nosiga ega bo’lgan turi sifatida tan olinishi munosabati bilan uning ikki
tomoni alohida-alohida atama bilan farqlanadigan bo’ldi. SHakl tomoni uchun
nomema, mazmun tomoni uchun semema. Demak, leksema nomema va
sememalarning o’zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik sanaladi.
13
Философский словарь. –М., 1980. С.75.
35
Leksemaning mazmuniy tomoni, ya’ni semema ham bir necha semalarning
o’zaro munosabatidan tashkil topgan nisbiy butunlik hisoblanadi. Semema
semalari vazifasiga ko’ra birlshtiruvchi va farqlovchi semalarga bo’linadi.
Leksema yaxlit holda boshqa leksemalar bilan gipo-giperonimin munosabatni
tashkil etgani kabi, mazmuniy tomoni ham ana shunday munosabatdagi semalar
qavatlanishidan tashkil topadi. Birinchi qavatda farqlovchi sema vazifasini
bajargan sema vazifasini bajaradi. Bu V.Gumboldning “Tilda hech qanday alohida
narsalar yo’q, har bir alohida faqat butunning qismini namoyon qiladi xolos”,
degan fikrining naqadar to’g’ri ekanligini tasdiqlaydi. Bu har qanday umumiy
alohidada, alohida orqali mavjud bo’ladi. Har qanday alohida ma’lum darajada
umumiy, har qanday umumiy barcha alohida predmetlarni taxvinan qamrab oladi.
Har qanday alohida umumiylikka to’liq bo’lmagan holda kiradi, degan xulosaga
olib keluvchi umumiylik xususiylik dialektikasini o’zida namoyon qiladi.
Leksema ma’nosini yuqoridagi kabi metodologik tamoyil asosida tadqiq etish
bugungi kunda g’oyat dolzarb bo’lib qolmoqda. CHunki ayrim tadqiqotlarda
leksemalardagi ana shunday dialektik munosabatning mavjudligini inkor qilish
holatlari, “leksemada Bunday dialektikaning o’zi yo’q” degan fikrlar bayon
qilinmoqda.
U.CHeyf ham lingvistik birliklar mazmuniy jihatdan iyerarxik tobelilik
munosabatida bo’lishini ta’kidlagan edi. Uning fikricha, barcha umumiy qo’shilma
birliklar otlar, fe’llar, iyerarxiya cho’qqisi sanaladi. Qo’shilish hajmiga ko’ra
ularning har biri oraliq holatni egallagan semantik guruhlarga bo’linadi. Masalan,
fe’llar harakat, holat, jarayon fe’llariga ajraladi. Xususan,
Do'stlaringiz bilan baham: |