morfema
bilan
leksema
masalasidir.
Muallif shu kungacha til birliklari tasnifiga bag’ishlangan ishlarning ko’pida
morfema bilan leksema farqlanmayotgani leksema ham morfemalar qatoriga
kiritilayotganidan afsuslanadi va leksema morfema emasligini, ularni morfema deb
atab bo’lmasligini aytadi. Darhaqiqat, faqat o’zbek tilshunosligidagina emas, balki
dunyoning yirik tilshunoslari asarlarida Bunday holat mavjud va uning chuqur
ildizlari bor.
Xususan, Boduen de Kurtene tomonidan morfema nazariyasiga asos solinishi,
uni tilning markaziy birligi sifatida e’tirof etilishi tilshunoslar diqqatini shu
davrgacha til tuzilishining tayanchi hisoblanib kelgan so’zdan morfema tomon jalb
etdi. Morfema tilshunoslikning markaziga aylandi. Morfemadan kichik birliklar
uning qismi sifatida, katta birliklar esa morfemalar sintagmatikasi natijasi sifatida
qaraladigan bo’ldi.
Boduen de Kurtene tomonidan morfemaga “tilning boshqa mayday
morfologik bo’lakka bo’linmaydigan eng kichik morfologik birligi” sifatida bergan
ta’rifi barcha eng kichik ma’noli birliklarni, jumladan tub leksemalar,
qo’shimchalar, yordamchilar va hatto supersegment vositalar (urg’u, ton)ni ham
morfema qatoriga kiritishga asos bo’lib xizmat qildi.
Xususan, L.Blumfild morfemaning asosiy belgisi “minimallik” (“kichiklik”)
ekanligini e’tiborga olib, tub so’zlarni ham, yordamchi so’zlarni ham, so’zning
qismlarini ham morfema deb hisoblaydi. G.Glison ham barcha tub so’zlarni
morfemalar qatoriga kiritadi. Bunday qarash so’zni til birliklari sirasidan
12
Hojiyev A. Til qurilishining asosiy birliklari haqida. (“Lug’aviy va Grammatik morfema” haqida) // O’zbek tili va
adabiyoti, 2004, 3-son. –B.30.
33
chiqarishga olib keldi. Ayniqsa, so’zning murakkab xususiyatga egaligi, unga aniq
ta’rif berib bo’lmasligi haqidagi F.de Sossyur fikri bunga asos bo’lib xizmat qildi.
Eng kichik ma’noli birlik morfema ekanligi haqidagi fikr davrlargacha
tilshunoslikda ustuvorlik qildi va morfemaning asosiy belgilari sifatida “boshqa
ma’noli bo’lakka bo’linmaslik”, “ma’nolilik”, “eng kichiklik” belgilari e’tirof
etildi.
Faqat B.Skalichka Boduenning morfemaga “mayday bo’lakka bo’linmaslik”
belgisiga asoslanib bergan ta’rifiga tanqidiy yondashadi va unda shakl va mazmun
munosabati e’tiborga olinmaganligini bayon qiladi. Morfemaning mazmun
tomondan kichik elementlarga bo’linishi va bu elementlar sema hisoblanishini
ta’kidlaydi. Bundan ilhomlangan V.M.Solnsev morfemaning ikki tomonlama
mohiyatligini, u ifoda tomondan sonema, mazmun tomondan sememalardan tashkil
topgan butunlik ekanligini aytadi.
SHunday qilib,
Do'stlaringiz bilan baham: |